Sariosiyo | |
|---|---|
| shahar | |
| 38°24′48″N 67°57′26″E / 38.41333°N 67.95722°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Surxondaryo viloyati |
| tuman | Sariosiyo tumani |
| Aholisi | 14 300 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Sariosiyo — Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi shaharcha. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi mavjud — Sariosiyo (7 km). Aholisi 14,3 ming kishini tashkil etadi (2000). Xoʻjaliklari va aholisi Toʻpolondaryodan suv oladi. Shaharcha yonida Toʻpolon suv ombori bor. Mahalliy toponimistlarning fikricha, tuman nomi "cap—bosh va osiyo — tegirmon, yaʼni "tegirmon boshi" maʼnosini anglatadi. S.da sanoat, transport, aloqa korxonalari, dehqon bozori, savdo madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud.
Parrandachilik korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim maktablari, kollej, maxsus internat maktab, madaniyat uylari, stadion, kasalxona, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Bundan tashqari Sharg'un toshko'mir koni ham mavjud.
- Oʻzbekiston:Shaharchalar
- Sariosiyo tumani
