| Vladimir Qodirov | |
|---|---|
| Tavalludi | Vladimir Qodirov 1929-yil Surxondaryo viloyati Termiz |
| Vafoti | 1974-yil 4-oktyabr Samarqand viloyati |
| Fuqaroligi | |
| Mukofotlari | |
Vladimir Nikolayevich Qodirov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. 1955-yildan KPSS aʼzosi. Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston LKSM Surxondaryo viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, Surxondaryo viloyat komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi va Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi.
Hayoti va faoliyati
1929-yilda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tugʻilgan.
1955-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol boʻlgan. 1955—1974-yillarda viloyat komsomol komiteti instruktori, pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi, boʻlim mudiri, Surxondaryo viloyat komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi, raykom birinchi kotibi, Surxondaryo viloyati Komsomol komiteti kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Oʻzbekiston, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti maʼmuriy organlar boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi sifatida faoliyatini davom ettirgan.
Faoliyati
1947-yilda Termiz pedagogika bilim yurtini tamomlagan. 1947-yildan beri— Oʻzbekiston komsomol (LKSM) viloyat qoʻmitasi instruktori. 1953-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
1953—1954-yillarda — pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi.
1954—1959-yillarda — Oʻzbekiston LKSM Surxondaryo viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri, 1-kotibi.
1959-yilda — Oʻzbekiston KP Sherobod tuman qoʻmitasining 1-kotibi.
1959—1963-yillarda — Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi kotibi.
1963—1966-yillarda — KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi talabasi.
1966—1967-yillarda — Oʻzbekiston SSR Termiz davlat pedagogika instituti rektori.
1967—1973-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti maʼmuriy organlar boʻlimi mudiri.
1973-yil apreldan — 1974-yil 4-oktyabrgacha— Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi.
SSSR Oliy Kengashining IX-chaqiriq deputati etib saylangan. 1974-yilda Samarqand viloyatida vafot etgan.
Mukofotlari
- Oktyabr Inqilobi ordeni
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- Hurmat belgisi ordeni
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- 1929-yilda tugʻilganlar
- Termizda tugʻilganlar
- 1974-yilda vafot etganlar
- 4-oktyabrda vafot etganlar
- Samarqandda vafot etganlar
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining birinchi kotiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi kotiblari
- Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari