Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Navbahor – Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi shaharcha (2009-yil 13-martdan), tuman markazi. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi – Yaypan

Navbahor (qishloq)

(dan yoʻnaltirildi)
Navbahor
Shaharcha
40°28′51″N 70°46′15″E / 40.48083°N 70.77083°E / 40.48083; 70.77083
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Fargʻona viloyati
tuman Furqat tumani
Aholisi
 (2003)
3 100
Vaqt mintaqasi UTC+5
Navbahor xaritada

Navbahor – Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi shaharcha (2009-yil 13-martdan), tuman markazi. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi – Yaypan. Navbahordan Fargʻonagacha 105 km. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). Soʻx soyidan suv oladi. Navbahorda tuman tashkilot va idoralari, „Ishonch“ ip-yigiruv korxonasi, 2 ta umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan litsey, madaniyat uyi, markaziy stadion, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Navbahor orqali Toshkent—Andijon temir yoʻl va Xoʻjand—Qoʻqon avtomagistrali oʻtgan.

Yuqori