| António Manuel de Oliveira Guterres | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 1-yanvar 2017-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Pan Gi Mun |
| Mansab davri 28-oktyabr 1995-yil – 6-aprel 2002-yilgacha | |
| Prezident | Mario Soares |
| Oʻtmishdoshi | Anibal Silva |
| Vorisi | Jose Manuel Barrosu |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1949-yil 30-aprel Lissabon, Portugaliya |
| Mukofotlari | |
Antonio Guterres (portugalcha: António Manuel de Oliveira Guterres; 30-aprel, 1949-yil, Lissabon) — Birlashgan millatlar tashkilotining bosh kotibi (2017-yildan). Portugaliya Sotsialistik partiyasi bosh kotibi (1992—2002), Bosh vazir (1995—2002), BMTning qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari (2005—2015).
Tarjimai holi
1973-yilda Oliy texnika institutini tugatgan. 1974-yildan sotsialistik partiya aʼzosi. 1992—2002 yillarda bosh kotib. 1995-2002 yillarda Portugaliya Bosh vaziri. 2005-2015 yillarda BMTning qochoqlar boʻyicha oliy komissari. 2016-yil 5-oktyabrda BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tashkilot bosh kotibi etib saylandi. 2017-yil 1-yanvardan bosh kotib lavozimiga kirishdi. 2017-yilning 8-9 iyun kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammitida ishtirok etdi. 10-iyun kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Samarqand shahrida marhum prezident Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qoraqalpogʻistonda boʻlib, Orol dengizidagi ahvol bilan tanishdi. Shu kuni Qirgʻizistonga joʻnab ketdi.
- 30-aprelda tugʻilganlar
- 1949-yilda tugʻilganlar
- Lissabonda tugʻilganlar
- Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni sohiblari
- Muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni sohiblari
- Qozogʻistonning Doʻstlik ordeni sohiblari
- 1-darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni sohiblari
- BMT Bosh kotiblari
- Portugaliya Bosh vazirlari
- Buyuk Karl mukofoti sovrindorlari
- Yashayotgan insonlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar



