(dan yoʻnaltirildi)
Navbahor | |
|---|---|
| Shaharcha | |
| 40°28′51″N 70°46′15″E / 40.48083°N 70.77083°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| viloyat | Fargʻona viloyati |
| tuman | Furqat tumani |
| Aholisi (2003) | 3 100 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| | |
Navbahor – Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyati Furqat tumanidagi shaharcha (2009-yil 13-martdan), tuman markazi. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi – Yaypan. Navbahordan Fargʻonagacha 105 km. Aholisi 3,1 ming kishidan ziyod (2003). Soʻx soyidan suv oladi. Navbahorda tuman tashkilot va idoralari, „Ishonch“ ip-yigiruv korxonasi, 2 ta umumiy taʼlim maktabi, ixtisoslashtirilgan litsey, madaniyat uyi, markaziy stadion, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Navbahor orqali Toshkent—Andijon temir yoʻl va Xoʻjand—Qoʻqon avtomagistrali oʻtgan.
Turkumlar::
- Oʻzbekiston geografiyasiga oid chala maqolalar
- Fargʻona viloyati geografiyasiga oid chala maqolalar
- Fargʻona viloyatining shahar tipidagi aholi punktlari
- Furqat tumani
