Beshqoʻrgʻon Beshqoʻrgʻon mahallasi | |
|---|---|
| Mahalla | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Shahar | Toshkent |
| Tuman | Chilonzor |
| Avvalgi nomlari | Usmon Yusupov mahallasi |
| Aholisi (2009-yil) | 5 200 |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +998 (71) |
| Pochta indeks(lar)i | 700003 |
| Avtomobil kodi | 01 |
Beshqoʻrgʻon mahallasi (Beshqoʻrgʻon koʻchasi, 3) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi mahalla. Tumandagi Bek Toʻpi, Tirsakobod, Yangihayot tumanining Choshtepa mahallalari, Zangiota tumanining Eshonguzar, Erkin shaharchalari bilan chegaradosh. Mahalla nomi mahalla hududida oʻtmishda Beshqoʻrgʻon mavzesi boʻlganligi sababli shunday nomlangan. Mahalla 1998—2008–yillarda Usmon Yusupov nomi bilan atalgan, 2008-yil 28-apreldan hozirgi nomini olgan. Aholisi 5 200 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida 24 ta koʻcha, 75 davlat tashkiloti, oʻrta maktab, 16-oilaviy poliklinika, 2 ta masjid („Boʻta buva“, „Choshtepa“) joylashgan.
- Chilonzor tumanidagi mahallalar