Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Medhi Amine El Mouttaqi Benatia (1987-yil 17-aprelda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Benatia xalqaro oʻyinlarda

Medhi Benatia

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Medhi Benatia
Benatia 2018-yil Jahon chempionati Marokash safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Medhi Amine El Mouttaqi Benatia
Tavallud sanasi 1987-yil 17-aprel (1987-04-17) (39 yosh)
Tavallud joyi Courcouronnes, Fransiya
Boʻyi 1.90 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000-2002 Clairefontaine
2002-2003 Guingamp
2003-2005 Marseille
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005-2008 Marseille 0 (0)
2006-2007 Tours (ijara) 29 (0)
2007-2008 Lorient (ijara) 0 (0)
2008-2010 Clermont 57 (2)
2010-2013 Udinese 80 (6)
2013-2014 Roma 33 (5)
2014-2017 Bayern Munich 29 (2)
2016-2017 Juventus (ijara) 12 (1)
2017-2019 Juventus 28 (2)
2019-2021 Al-Duhail 38 (1)
Milliy terma jamoa
2005 Fransiya U18 1 (0)
2006-2007 Marokash U20 4 (0)
2009-2019 Marokash 66 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-dekabr uchun)

Medhi Amine El Mouttaqi Benatia (1987-yil 17-aprelda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi, markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. Benatia xalqaro oʻyinlarda Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U terma jamoa safida 66 ta xalqaro oʻyinda ishtirok etgan va eng muhimi, 20 yil ichida birinchi Jahon kubogida sardorlik qilgan.

Hayoti

Benatia Fransiyaning Kurkuron shahrida marokashlik ota va jazoirlik ona oilasida tug‘ilgan.

Klublardagi faoliyati

Marsel

Benatia 2003-yilda „Marsel“ga kelib qoʻshilgan va ular bilan ilk professional shartnomasini imzolagan. Tours va Lorientda ijarada oʻynaganidan soʻng, u 2008-yilning 1-iyulida Liga 2 klubi „Clermont“ga tekinga oʻtib ketadi.

Udinese

2010-yilning 1-iyulida Benatia A Seriyaning „Udineze Calcio“ klubiga yana erkin agent sifatida oʻtadi. U „Udineze“ safida 80 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan.

Roma

2013-yilning 13-iyulida Benatia 13,5 million yevro evaziga Romaga transfer qilindi va 5 yillik shartnomaga imzoladi. 26-sentyabr kuni Benatia klub safida birinchi golini „Sampdoriya“ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi.

Bavariya

Benatiya 2014-yilda „Bavariya“da oʻynagan

2014-yil 27-avgustda Myunxenning „Bavariya“ klubi Benatiani 26 million yevro evaziga Roma klubidan transfer qildi va besh yillik shartnoma imzoladi. „Bavariya“dan tashqari Benatia uchun „Manchester City“, "Chelsea", "Barcelona" va "Real Madrid" kabi klublar kurash olib bordi. U „Roma“ni tark etganidan hafsalasi pir boʻlganini aytadi va klub uni pul uchun sotib yuborganligini taʼkidlab oʻtadi. Buni eshitgan „Roma“ prezidenti Jeyms Pallotta gʻazablanib, „poisonous liar“ (yolgʻonchi) boʻlgani uchun uni sotib yuborganini aytib javob qaytaradi.

Yuventus

Benatia „Yuventus“ bilan 2018-2019-yilgi mavsumoldi oʻyinlarida

2016-yilning 15-iyulida Italiya chempioni "Yuventus" Benatiani 3 million yevro evaziga Bavariyadan 17 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. U klubdagi debyutini 27-avgust kuni A Seriya doirasida „Lazio“ ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi.

2017-yilning 10-martida Benatia „Yuventus“ stadionida A Seriya doirasida „Milan“ga qarshi o‘yinda (2:1) „Yuventus“ safidagi ilk golini urdi. 12-may kuni „Yuventus“ Benatiani 2020-yilgacha doimiy ravishda sotib olish imkoniyatidan foydalandi.

Al-Duhayl

2018-2019-yilgi mavsumning birinchi yarmida atigi beshta o‘yinda maydonga tushganidan so‘ng, 2019-yilning yanvar oyida Benatia Qatar Yulduzlar ligasining „Al-Duhail“ klubiga o‘tdi. 28-yanvar kuni „Yuventus“ Benatia transferidan 8 million yevro va bonuslar bilan 2 million yevro ishlab oldi. U 16-fevral kuni Qatar Yulduzlar ligasida „Al-Sayliya“ga qarshi o‘yinda (1:0) „Al-Duhail“ safida debyut qildi.

Fotih Karagümrük

2021-yilning yozida u Turkiya Superligasining „Fotih Karagumruk“ klubiga oʻtdi. U 2021-yil 9-dekabrda professional futbol faoliyatini yakunlashdan oldin oltita ligada oʻynadi.

Terma jamoadagi faoliyat

Benatia 2011-yil iyun oyida Jazoirga qarshi oʻyinda.

Benatia Marokash terma jamoasi safida debyutini 2008-yil 19-noyabrda Kasablankadagi Muhammad V stadionida Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) o‘tkazdi. U oʻzining birinchi golini 2011-yilning 4-iyunida „Stad de Marrakech“ stadionida Afrika Millatlar kubogi-2012 saralash bosqichi doirasida Jazoirga qarshi oʻyinda urdi.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub safida mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Kontinental Boshqa Umumiy Manba
LeagueOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Tours (ijara) 2006-07 Ligue 2 2901000300
Lorient (ijara) 2007-08 Ligue 1 00100010
Clermont 2008-09 Ligue 2 2711000281
2009-10 Ligue 2 3010020321
Total 5721020602
Udinese 2010-11 Serie A 34300343
2011-12 Serie A 27100111382
2012-13 Serie A 1920060252
Total 80600171977
Roma 2013-14 Serie A 33540375
Bayern Munich 2014-15 Bundesliga 151207100242
2015-16 Bundesliga 14110601022
Umumiy 2923013110463
Juventus 2016-17 Serie A 151105000211
2017-18 Serie A 202328010324
2018-19 Serie A 5000100060
Umumiy 4034214010595
Al-Duhail 2018-19 Qatar Yulduzlar ligasi 711071152
2019-20 Qatar Yulduzlar ligasi 1802060260
2020-21 Qatar Yulduzlar ligasi 1301050190
Total 3814018100602
Fatih Karagümrük 2021-22 Süper Lig 6000000060
Umumiy 312191826234039624

Xalqaro

Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlar va gollar
Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Marokash 200970
201040
201151
201280
201370
201440
201540
201640
201791
201880
201950
Umumiy662
Medhi Benatia tomonidan kiritilgan xalqaro oʻyinlardagi gollar roʻyxati
No. Sana Maydon Raqib Hisob Natija Competition
12011-yil 4-iyunStade de Marrakech, Marrakech, Marokash Jazoir1-04-02012-yilgi Afrika Millatlar kubogi saralashi
22017-yil 11-noyabrStade Félix Houphouët-Boigny, Abidjan, Kot-dʼIvuar Kot-dʼIvuar2-02-02018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar

Benatia (chapdan beshinchi) „Yuventus“ safida

Marsel

  • UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil

Bavariya

  • Bundesliga: 2014-15, 2015-16
  • DFB-Pokal: 2015-16

Yuventus

  • A Seriya: 2016-17, 2017-18, 2018-19
  • Italiya kubogi: 2016-17, 2017-18
  • Italiya Superkubogi: 2018-yil
  • UEFA Chempionlar ligasi 2-oʻrin: 2016-17

Al-Duhayl

  • Qatar Yulduzlar ligasi: 2019-20
  • Qatar Amir kubogi: 2019

Shaxsiy sovrinlari

  • Yilning CAF jamoasi aʼzosi: 2013, 2014, 2015, 2018
  • Mars d’Or (Eng yaxshi Marokash futbolchisi): 2013, 2014
  • Yilning eng yaxshi arab futbolchisi El Heddaf: 2015-yil
  • „Roma“da mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2013-14
  • „Gran Galà del calcio AIC“ eng yaxshi markaziy himoyachi: 2014-yil
  • Yevropa sport mediasining Yevropadagi mavsumning eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2013-14
  • A Seriyaning yil jamoasi aʼzosi: 2013-14
  • Qatar Yulduzlar ligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2019-20
  • Globe Soccer Awards yilning eng yaxshi arab futbolchisi: 2014
  • France Football Africa Yil jamoasi aʼzosi: 2017
  • Goal Afrikaning yil jamoasi aʼzosi: 2018
  • IFFHS CAF 2011-2020 oʻn yillikning eng yaxshi erkaklar jamoasi aʼzosi
  • IFFHS barcha vaqtlardagi Marokash erkaklar jamoasi aʼzosi
Yuqori