Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Roʻzimat Masharipov (1895 - Xiva — 1968.19.3) — meʼmor va naqqosh. Naqqoshlik, ganchkorlik va meʼmorlikni otasi usta Masharipdan oʻrgangan. M. ijodida anʼanaviy

Masharipov Roʻzimat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Roʻzimat Masharipov (1895 - Xiva — 1968.19.3) — meʼmor va naqqosh. Naqqoshlik, ganchkorlik va meʼmorlikni otasi usta Masharipdan oʻrgangan. M. ijodida anʼanaviy meʼmorlik va bezak sanʼati zamonaviy uslub bilan uygʻunlashgan. Polvonkrri (1905), Mamad Maxram (1908), Husaynbek (1910) madrasalari, Mamad yasovul uyi (1910), Asfandiyorxon uyi (1911), Dishan qalʼadagi qoʻsh darvoza (1912), xonning shahar tashqarisidagi Tozabogʻ saroyi (1914) va boshqalarni qurish va bezatishda qatnashgan. 1915-yildan koʻplab turar joylar, jamoat binolarini qurgan va bezagan. 1947-yil M. Toshkentdagi Navoiy teatri binosining Xiva zalini bezashda shogirdlari bilan qatnashgan, 1950—60-yillarda Xivadagi meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda ishtirok etgan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan.

Yuqori