![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jasurbek Jumaboy oʻgʻli Yaxshiboev | ||
| Tavallud sanasi | 1997-yil 24-iyun | ||
| Tavallud joyi | ChinozToshkent viloyati | ||
| Boʻyi | 1.80 cm (1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Vinger | ||
| Vazni | 75 kg | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nassaji Mazandaran | ||
| Raqami | TBD | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016—2020 | Paxtakor | 46 | (3) |
| 2019 | → AGMK | 9 | (0) |
| 2020 | → FC Energetik-BGU Minsk | 14 | (9) |
| 2020 | → FC Shakhtyor Soligorsk | 13 | (7) |
| 2021—2022 | Legia Warsaw | 1 | (0) |
| 2021—2022 | FC Sheriff Tiraspol | 6 | (1) |
| 2022—2023 | Navbahor | 26 | (6) |
| 2024 | Ordabasi | 17 | (10) |
| 2025— | Nassaji Mazandaran | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2016 | Oʻzbekiston U-20 | 3 | (1) |
| 2017—2020 | Oʻzbekiston U-23 | 26 | (10) |
| 2018— | Oʻzbekiston | 9 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Jasurbek Yaxshiboev (Jasurbek Jumaboy oʻgʻli Yaxshiboyev; 1997-yil 24-iyunda tugʻilgan) – oʻzbek professional futbolchisi, Eronning „Nassaji Mazandaran“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining vingeri, hujumchisi.
Klub faoliyati
Yaxshiboyev 1997-yil 24-iyunda Oʻzbekistonning Toshkent viloyati Chinoz shaharchasida tugʻilgan. U 7 yoshida Toshkentning „Paxtakor“ yoshlar tizimiga qoʻshilgan.
Yaxshiboev professional faoliyatini 2016 yilda boshlagan va qisqa vaqt ichida Toshkentning „Paxtakor“ asosiy jamoasining oddiy futbolchisiga aylangan. 2019 yilning iyul oyida u Oʻzbekiston Superligasi mavsumining ikkinchi yarmi uchun AGMK jamoasiga ijaraga berilgandi. 2020 yilda Yaxshiboev bir mavsumga ijara asosida Belarusning „Energetik-BGU“ klubiga oʻtdi. 2020-yil 19-mart kuni BATE Borisovga qarshi oʻyinda Yaxshiboev oʻzining debyut oʻyinida boʻlgan klub uchun 2 ta gol urdi. 2021-yil 13-fevralda u Ekstraklasa ligasi klubi Legia Varshava bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. U „Visla Krakov“ klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2021-yil 30-avgustda Moldovaning „Sherif Tiraspol“ klubiga ijara asosida oʻtdi. 2021-yil 28-sentabrda u UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Real Madrid“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, birinchi golni urdi.
2022-yilning 5-iyulida Yaxshiboyev „Legiya“ bilan shartnomasini oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilgan. 2022-yilning 16-iyulida Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2023-yil 7-noyabr „Navbahor“ jamoasini tark etgani maʼlum qilingan.
2024-yil 7-fevralda Qozogʻiston Premyer ligasi amaldagi chempioni „Ordabasi“ jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.
Terma jamoadagi faoliyat
2016-yilda 20 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 3 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta gol urgan. 2016-yildan 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilning yanvar oyida 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan birgalikda 2018-yilgi AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 musoboqasida gʻolib chiqdi.
Yaxshiboyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 2018-yilning 18-may kuni Xitoy kubogi turnirida Eronga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan.
Klub Statistikasi
Klub
- 2021-yil 28-sentabrda boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra.
| Club | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | Isht | Gol | ||
| Paxtakor Toshkent | 2016 | Oʻzbekiston Superligasi | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||
| 2017 | Oʻzbekiston Superligasi | 11 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 12 | 0 | ||
| 2018 | Oʻzbekiston Superligasi | 27 | 3 | 4 | 2 | 1 | 0 | — | 32 | 5 | ||
| 2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 6 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 9 | 0 | ||
| Jami | 46 | 3 | 5 | 2 | 4 | 0 | — | 55 | 5 | |||
| AGMK (ijara) | 2019 | Oʻzbekiston Superligasi | 9 | 0 | 1 | 0 | — | — | 10 | 0 | ||
| Energetik-BGU (ijara) | 2020 | Belarus Premyer-ligasi | 14 | 9 | 0 | 0 | — | — | 14 | 9 | ||
| Shaxtyor Soligorsk (ijara) | 2020 | Belarus Premyer-ligasi | 13 | 7 | 1 | 2 | 1 | 0 | — | 15 | 9 | |
| Legia | 2020-21 | Ekstraklasa | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | |
| Sheriff Tiraspol (ijara) | 2021-22 | Moldova milliy divizioni | 4 | 1 | 0 | 0 | 2 | 1 | — | 6 | 2 | |
| Umumiy | 88 | 20 | 7 | 4 | 7 | 1 | — | 102 | 25 | |||
Xalqaro
- 2020 yil 8 oktyabrda bo'lib o'tgan o'yin holatiga ko'ra
| Terma jamoa | Yillar | Oʻyin | Gollar |
|---|---|---|---|
| Oʻzbekiston | 2018 | 1 | 0 |
| 2019 | 0 | 0 | |
| 2020 | 2 | 0 | |
| 2021 | 0 | 0 | |
| Total | 3 | 0 | |
Yutuqlari
- AFC U-23 Osiyo chempionati 2018 chempionati gʻolibi : 2018
- Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori : 2017
- Belarus chempioni : 2020
- Polsha chempioni : 2020/21
- Moldova chempioni : 2021/22
- 24-iyunda tugʻilganlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- Chinozda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari
- FC Shakhtyor Soligorsk futbolchilari
- Legia Varshava futbolchilari
- FC Sheriff Tiraspol futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- Ordabasi klubi futbolchilari
- F.C. Nassaji Mazandaran futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Belarus Premyer-ligasi futbolchilari
- Ekstraklasa ligasi futbolchilari
- Moldova Super Ligasi futbolchilari
- Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari
- Eron Pro ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Polshadagi muhojir erkak futbolchilar
- Moldovadagi muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
