Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Uels (Wales) — Buyuk Britaniyanning maʼmuriy-siyosiy qismi (tarixiy-geografik hudud). Uels yarim orol va unga yondosh Anglsi orolida joylashgan. Maydoni- 20,8 m

Uels (hudud)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Senedd Cymru — Uels parlamenti, Kardiff

Uels (Wales) — Buyuk Britaniyanning maʼmuriy-siyosiy qismi (tarixiy-geografik hudud). Uels yarim orol va unga yondosh Anglsi orolida joylashgan. Maydoni- 20,8 ming km². Aholisi 3 mln. kishiga yaqin (2000). Eng katta shahri — Kardiff. Maʼmuriy jihatdan 8 graflikka boʻlingan. Tub aholisi — valliy (uels)lar tashkil etadi.

Fayl:Cynhadleddii'r Wasg Press Conference 14.05.21.jpg
Mark Dreykford, Uels PA parlamentining birinchi vaziri; 2021-yil may

Yer yuzasining koʻp qismi togʻlik hisoblanadi. Eng baland joyi 1085 m. Iqlimi-moʻʼtadil dengiz iqlimi tashkil etadi. Oʻrmon, oʻtloq va yalangliklar bor. Toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari konlari mavjud.

Tarixi

Uels hududida qadimda kimvrlarning kelt qabilalari yashagan. Anglosaks (V—VI asrlar) va normand (Pa.)larning Britaniya orolarini bosib olishlari natijasida Uels hududidagi kelt qabilalaridan biri boʻlgan brittlarning bir qismi boshqa joylarga koʻchirilgan. XIII asr oxirida U. hududini Angliya egallab olgan (1536-yil gacha muxtor knyazlik). 1301-yildan ingliz taxtining vorislari „Uels shahzodasi“ unvoniga egadirlar.



Yuqori