Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zuhriddin Isomiddinov (1953-yil 1-yanvarda, Andijon, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – adabiyotshunos, tarjimashunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi (

Zuhriddin Isomiddinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Zuhriddin Isomiddinov
Tavalludi 1951-yil 1-yanvar (1951-01-01) (75 yosh)
Kasbi Tarjimashunos olim, tarjimon
Mukofotlari

Zuhriddin Isomiddinov (1953-yil 1-yanvarda, Andijon, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) – adabiyotshunos, tarjimashunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi (1991), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2021), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qirgʻiziston Milliy Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (2019-yildan beri), Chingiz Aytmatov akademiyasi faxriy akademigi (2023).

Hayoti

Yoshligi

Zuhriddin Isomiddinov 1953-yil 1-yanvarda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Maʼmurobod qishlogʻida tugʻilgan. 1959—1969-yillarda Oʻsh viloyati Qorasuv tumanidagi maktabda oʻqigan.

Oliy taʼlimi

1971—1976-yillarda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Universitetni tamomlaganidan soʻng 1976—1998-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tarjima nazariyasi va adabiy aloqalar boʻlimida laborant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim vazifalarida ishlagan. 1991-yilda Gʻaybulla Salomov rahbarligida, "Yaqin turkiy tillardan sheʼriy tarjimaning oʻziga xosligi („Manas“ eposi tarjimasi misolida)" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning ilmiy rahbarligida 3 tadqiqotchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 6 nomzodlik ishiga rasmiy opponentlik qilgan.

Mehnat faoliyati

  • 1969—1970-yillarda Oʻsh paxta tozalash zavodida ishchi;
  • 1970—1971-yillarda Oʻsh viloyat gazetasida musahhih;
  • 1998—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 1-kotibi;
  • 2001—2002-yillarda Oʻzbekiston milliy kutubxonasi direktori;
  • 2010-yildan to hozirgacha Respublika patent idorasi nashri – „Intellektual mulkni boshqarish“ jurnali tahrir hayʼati aʼzosi;
  • 2003—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi direktori;
  • 2011—2014-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi Qoʻlyozmalar va nodir nashrlar xizmati rahbari;
  • 2013-yildan „Jahon adabiyoti“ jurnali tahrir hayʼati aʼzosi;
  • 2021-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy tarjima kengashi raisi;
  • "Oʻzbekiston-Qirgʻiziston“ doʻstlik jamiyatini taʼsis etish tashabbuskori va ijrochi direktori (1997-yildan).

Ijodiy faoliyati

Ilmiy-adabiy asarlari

  1. „Qirgʻiz adabiyotini oʻzbek tiliga, oʻzbek adabiyotini qirgʻiz tiliga tarjima qilish masalalari“ (1976-yil, diplom ishi);
  2. „Qirgʻiz prozasini oʻzbek tiliga tarjima qilishga doir“ (1977-yil, maqola);
  3. „Toʻqtagʻul asarlari tarjimasi“ (1977-yil, maqola);
  4. „Tarjima tahlili“ (1977-yil, maqola, Sultonmurod Olimov bilan hammualliflikda);
  5. „Originaldan oshirib tarjima qilish mumkinmi?“ (1979-yil, maqola);
  6. „Aldoqchi soʻzlar bilan bahs“ (1980-yil, maqola);
  7. „Manas tipologiyasiga doir“ (1981 yil, maqola);
  8. "Sibirning koʻlamli tasviri. Georgiy Markovning „Sibir“ romani oʻzbek tilida" (1982-yil, maqola, Gʻaybulla Salomov bilan hammualliflikda);
  9. „Badiiy tarjima va… adabiy savod“ (1982-yil, maqola);
  10. „Soʻzdan soʻzning farqi bor…“ (1985-yil, maqola);
  11. „Alliteratsiya va tarjima“ (1986-yil, maqola);
  12. „Mirzakalon Ismoiliy“ (1986-yil, ilmiy ocherk);
  13. „Ilmiy anjumanlar“ (1988-yil, maqola);
  14. „Ulugʻ Vatan urushi davri oʻzbek tarjimachiligi“ (1988-yil, maqola);
  15. „Zumrad“ (1988-yil, ilmiy ocherk);
  16. „Xolida Ahrorova“ (1988-yil, ilmiy ocherk);
  17. „Manas“ oʻzbekcha soʻylaganda…" (1988-yil, maqola);
  18. „Tarjima ravnaqini oʻylasak…“ (1988-yil, maqola);
  19. „Qayta yaratish va aksiltarjimachilik“ (1989-yil, Gʻaybulla Salomov bilan suhbat);
  20. „Boqimonda nashrlar va boqibegʻam noshirlar“ (1989-yil, maqola, Gʻaybulla Salomov bilan hammualliflikda);
  21. „Aldoqchi soʻzlar“ bilan bahs" (1990-yil, maqola);
  22. „Ulugʻ Vatan urushi yillarida xorijiy tillardan tarjimalar“ (1990-yil, maqola);
  23. „Muharrir muqaddimasi“ (1991-yil, maqola);
  24. „Ikki olam yuki – tarjima“ (1991-yil, maqola);
  25. „Yaqin turkiy tillardan sheʼriy tarjima qonuniyatiga doir“ (1991-yil, maqola);
  26. „Til va nutq taʼlimi“ (1991-yil, maqola);
  27. "Yaqin turkiy tillardan sheʼriy tarjimaning oʻziga xosligi („Manas“ eposi tarjimasi misolida)" (1991-yil, fil.fan.nom.diss.);
  28. „Badiiy tarjimaning qonuniyatlariga doir“ (1992-yil, maqola);
  29. "Turkiy epos va tarjima masalalari („Manas“ Mirtemir talqinida)" (1995-yil, monografiya);
  30. „Manas“ning oʻzbekcha tarjimalari toʻgʻrisida" (1995-yil, maqola);
  31. „Turkiy xalqlar soʻz sanʼatining mushtarak jihatlariga oid“ (1997-yil, maqola);
  32. „Alpomish“ning sheʼriy tuzilishi haqida" (1998-yil, maqola);
  33. „Dil koʻprigi“ (1998-yil, maqola);
  34. „Pushkin va Choʻlpon“ (1999-yil, maqola);
  35. „Alpomish“ dostonining vaznlari xususida" (1999-yil, maqola);
  36. „Ollohga salom beriladimi?“ (1999-yil, maqola);
  37. „Oʻzbekning birinchi kalomi“ (1999-yil, maqola);
  38. „Olatovlik shoir“ (2000-yil, maqola);
  39. „Til gavhari“ (2000-yil, maqola);
  40. „Ikki soʻzning ishkali“ (2000-yil, maqola);
  41. „Soʻz dehqoni“ (2001-yil, maqola);
  42. „Tasavvuf – mistika deganimi?“ (2001-yil, maqola);
  43. „Tupik emas, tublik“ (2001-yil, maqola);
  44. „Gullarni tonnalab oʻlchab boʻlmaydi“ (2001-yil, maqola);
  45. „Chumchuq soʻysa ham…“ (2003-yil, maqola);
  46. „Har qatrasi durdona“ (2003-yil, maqola);
  47. „Navoiyning benavo nashri“ (2003-yil, maqola);
  48. „Bir stansiyaning toʻrt tarjimasi“ (2003-yil, maqola);
  49. „Millatning onasi“ (2004-yil, maqola);
  50. „Axborot ganjinasi“ (2004-yil, maqola, M.Hakimov bilan hammualliflikda);
  51. „Bizda notiqlar nega kam?“ (2004-yil, maqola);
  52. „Oʻzligimiz koʻzgusi“ (2004-yil, maqola);
  53. „Davrimizning Manas adibi“ (2004-yil, maqola);
  54. „Ona tilidagi joziba va grammatik sxolastika“ (2004-yil, maqola);
  55. „Ilmning boshi – eʼtibor“ (2005-yil, maqola);
  56. „Oʻzbek tilida tovushlar intensivligi“ (2005-yil, maqola);
  57. „Imloni bilmagan mullo boʻlmaydi“ (2005-yil, maqola);
  58. „Mohir tarjimon“ (2005-yil, maqola);
  59. „Manas“ (2005-yil, maqola);
  60. „Jumaniyoz Sharipov“ (2005-yil, maqola);
  61. „Suyunboy Eraliyev“ (2005-yil, maqola);
  62. „Toʻlagan Qosimbekov“ (2005-yil, maqola);
  63. „Rabita emas, robita“ (2006-yil, maqola);
  64. „Chini turganida afsona nechun?“ (2006-yil, maqola);
  65. „Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi“ (2006-yil, maqola);
  66. „Axborot ganjinasi“ (2006-yil, maqola);
  67. „Tarjima millatni jahonga tanitadi“ (2007-yil, davra suhbati);
  68. „Sim qoqdi“ nima degani?" (2007-yil, maqola);
  69. „Zirapchani igna bilan…“ (2007-yil, maqola);
  70. „Shamolga sovurilayotgan… shamol“ (2007-yil, maqola);
  71. „Ikki ayol“ (2007-yil, maqola);
  72. „Zalolatga dalolat (qiluvchi kitoblar)“ (2007-yil, maqola);
  73. „Suv“ (2008-yil, maqola);
  74. „Kitoblar bilan bahs“ (2008-yil, maqola);
  75. „Boburning bir jumlasi“ (2008-yil, maqola);
  76. „Ilmiy-texnikaviy istilohlarni oʻzbek tilida berish prinsiplari va tamoyillari“ (2008-yil, maqola);
  77. „Sarkash savollar“ (2008-yil, maqola);
  78. „ISBN va ISSN. Nashrlarni identifikatsiyalashning yangi tizimlari haqida“ (2008-yil, maqola);
  79. „Oʻzbek tili qanday til?“ (2009-yil, maqola);
  80. „Bir qatraning favvorasi“ (2009-yil, maqola);
  81. „Oʻzbek tilining bir xossasi haqida“ (2009-yil, maqola);
  82. „Adabiy oʻxshashliklar“ (2009-yil, maqola);
  83. „Soʻzimiz va oʻzimiz“ (2009-yil, maqola);
  84. „Tiriklik ustuni“ (2009-yil, Sayyora Zoirovaning „Yaxshilari koʻp dunyo“ kitobiga soʻzboshi);
  85. „Muharrir muqaddimasi“ (2010-yil, Villi Kollinzning „Oq kiyingan ayol“ romaniga soʻzboshi);
  86. „Oʻzbek tilining ayrim xususiyatlari haqida“ (2010-yil, maqola);
  87. „Shevaning shikvasi“ (2010-yil, maqola);
  88. „Avlodlarga meros xazina“ (2010-yil, maqola);
  89. „Kim koʻribtur, ey koʻngul, ahli jahondin yaxshiligʻ…“ (2011-yil, maqola);
  90. „Tarix unutmaydi“ (2011-yil, maqola);
  91. „Klon tarjima“ (2011-yil, maqola);
  92. „Bolalar uchun kitob nashr etish masalasi“ (2011-yil, maqola);
  93. „Ximiya… kimyomi?“ (2011-yil, maqola);
  94. „Yopigʻliq qozon“ning ochilishi" (2011-yil, maqola);
  95. „Majburiy nusxa – majburiydir“ (2011-yil, maqola);
  96. „Tildagi har qatra tillodan qimmat…“ (2011-yil, maqola);
  97. „Til ham – bir vatan!“ (2011-yil, maqola);
  98. „Odamiyligʻ shevasi“ (2011-yil, maqola);
  99. „Til oʻrganish uchun tugʻma qobiliyat kerak“ (2011-yil, maqola);
  100. „Bilmaganlar ne bilar qadriyatlar qadrini…“ (2012-yil, maqola);
  101. „Davomli kulgi“ (2012-yil, Mixail Zoshchenkoning „Xira pashsha“ hikoyalar toʻplamiga soʻzboshi);
  102. „Inson taqdiri“ (2012-yil, Etel Lilian Voynichning „Soʻna“ romaniga soʻngsoʻz);
  103. „Bir taqdimot bahona…“ (2012-yil, maqola);
  104. „Kaminaning nomlari“ (2012-yil, maqola);
  105. „Milliy kutubxonani nodir va noyob manbalar bilan boyitish haqida“ (2012-yil, maqola);
  106. „Til oʻrganish uchun qobiliyat kerak“ (2013-yil, maqola);
  107. „Gʻafur Gʻulom tarjimalari“ (2013-yil, maqola);
  108. "Abdulla Qahhorning „Kartina“ hikoyasi, „Maftuningman“ kinokartinasi va konfliktsizlik „nazariya“si" (2013-yil, maqola);
  109. „Soqoqush fojiasi“ (2013-yil, maqola);
  110. „Luzumiy“ (2013-yil, maqola);
  111. „Hurlik fikrdan boshlanadi“ (2013-yil, suhbat);
  112. „Parilar va qaroqchilar“ (2014-yil, maqola);
  113. „Tarjimada milliylikni saqlash“ (2014-yil, maqola);
  114. „Sheʼriyat va maʼnaviyat oyi (Adabiyotimizning mavlud oyi)“ (2014-yil, maqola);
  115. „Kitob va turkum nashrlarning xalqaro raqamlarini qoʻllashning oʻziga xosliklari“ (2014-yil, maqola);
  116. „Kitob uchun qoʻllanadigan xalqaro standartlar“ (2014-yil, maqola);
  117. „Sogʻinish“ (2014-yil, maqola);
  118. „Tarjimada milliylik masalasi“ (2014-yil, maqola);
  119. „Zarrin koʻzgu“ (2014-yil, maqola);
  120. „Koʻcha yozuvlari. Ularda millat saviyasi aks etadi“ (2014-yil, maqola);
  121. „Terminlar tarjimasida meʼyor“ (2014-yil, maqola);
  122. „Olatogʻ“ bulbulining navolari" (2014-yil, maqola);
  123. „Milliy kutubxona“ fondlarini noyob manbalar bilan boyitish haqida" (2014-yil, maqola);
  124. „Bir qishloqning ming hangomasi“ (2014-yil, Tursunboy Adashboyevning „Gʻaroyib qishloqning ajoyib odamlari“ kitobiga soʻngsoʻz);
  125. „Eng madaniyatli shaxs – avvalo oʻz ona tilini chin qalbdan sevgan odamdir“ (2015-yil, suhbat);
  126. „Mutarjim ham ijodkor“ (2015-yil, maqola);
  127. „Ikki soʻzning ildizi“ (2015-yil, maqola);
  128. „Soqov xotin“ saboqlari" (2015-yil, S.Inomovning „Soqov xotin“ romaniga taqriz);
  129. „Pigmalion“ asari tarjimalari haqida" (2016-yil, maqola);
  130. „Oʻqub oʻtmak – uqub oʻtmak shiori“ (2017-yil, maqola);
  131. „Ne qilayin sening bila, ey til…“ (2017-yil, maqola);
  132. „Kel, noningni tuya qilib beraman!“ (2017-yil, maqola);
  133. „Tili yoʻq xalq bamisoli dili yoʻq odam“ (2017-yil, suhbat);
  134. „Tili yoʻq xalq – dili yoʻq xalq“ (2017-yil, maqola);
  135. „Noningizni tuya qilib beraymi?“ (2017-yil, maqola);
  136. „Manas“ maʼnosini inkishof etib…" (2017-yil, maqola);
  137. „Manas“ eposi va uning yangi tarjimasi haqida" (2017-yil, maqola);
  138. „Millatning nishoni“ (2017-yil, suhbat);
  139. „Yulduzimiz“ (2018-yil, maqola);
  140. „Islom Karimovning jasorati“ (2018-yil, maqola);
  141. „Koʻplar donishmand deb bildilar oʻzni…“(2018-yil, maqola);
  142. „Pochcha“ nima degani?" (2018-yil, maqola);
  143. „Hassa va hassakashlar“ (2018-yil, maqola);
  144. „Sen ham daryo, men ham daryo!..“ (2018-yil, maqola);
  145. „Oʻzbek va qirgʻiz doʻstlik munosabatlarining mustahkamlanishida Chingiz Aytmatovning tutgan oʻrni“ (2018-yil, maqola);
  146. „Pochcha“ soʻzining tarixiga oid" (2018-yil, maqola);
  147. „Qur’oni karimdan nurlangan umr“ (2018-yil, maqola);
  148. „Tarjima – ijodiy ish“ (2018-yil, maqola);
  149. „Mirzakalon Ismoiliy va til madaniyati“ (2018-yil, maqola);
  150. „Chingiz Aytmatov asarlarining oʻzbekcha tarjimalari haqida“ (2018-yil, maqola);
  151. „Adabiy aloqa – abadiy aloqa“ (2018-yil, maqola);
  152. „Oʻzbek alifbosini yana isloh qilish shartmikan?“ (2018-yil, maqola);
  153. „Nazarkarda (Baxtiyor Nazarov haqida)“ (2018-yil, maqola);
  154. „Islom Karimovning jasorati: u xalqaro ahamiyatga loyiq tadbirda Asqar Aqayevni tanqid qilgandi“ (2018-yil, maqola);
  155. „Aytishuvdan Aytmatovgacha“ (2018-yil, maqola);
  156. „Oʻrxoʻn boboning oʻgiti“ (2018-yil, maqola);
  157. „Mahatma Gandi ardoqlagan ulamo“ (2019-yil, maqola);
  158. „Gul tergani ketgan shoir“ (2019-yil, maqola);
  159. „Haqqoniy soʻz baxsh etgan ilhom“ (2019-yil, maqola);
  160. „Ona yurtim – Qirgʻiziston, Oʻsh…“ (2019-yil, risola);
  161. „Oʻzingdan chiqqan baloga…“ (2019-yil, maqola);
  162. „Dunyoda kim koʻp – manqurt koʻp“ (2019-yil, maqola);
  163. „Vijdonning isyoni“ (2019-yil, maqola);
  164. „Qamishdan bel bogʻlab…“ (2019-yil, maqola);
  165. „Imloni bilmagan mullo boʻladimi?“ (2019-yil, maqola);
  166. „Sayyoh“ sarguzashtlarning sabogʻi" (2019-yil, taqriz);
  167. „Tilloga teng tilimizning taqdiri“ (2020-yil, maqola);
  168. „Soʻz qismati (Etnografik etyudlar)“ (2020-yil, risola);
  169. „Asl muddao – boshqa“ (2020-yil, maqola);
  170. „Ona tilimiz jozibasi“ (2020-yil, maqola);
  171. „Moʻkki – mahsi – mokasin“ (2020-yil, maqola);
  172. „Prinsip – tamoyilmi?..“ (2020-yil, maqola);
  173. „Sakkiz elning sakson sakkiz ertagi“ kitobiga soʻzboshi (2020-yil);
  174. „Yomgʻirtus xayol“ (2020-yil, Xurshid Abdurashidning „Oʻsha men edim“ sheʼriy toʻplamiga soʻzboshi);
  175. „Shap-shap deyavermay…“ (2020-yil, maqola);
  176. „Oliymaqom sanʼatning oliyjanob mardumlari“ (2020-yil, maqola);
  177. „Oʻzbek tilida“ emas, oʻzbekcha!" (2020-yil, maqola);
  178. „Mushuk murillaydimi yo xurillaydi?“ (2020-yil, maqola);
  179. „Yangi kitobxonlar mamlakati quramiz!“ (2020-yil, maqola);
  180. „Suvyulduz nima degani?“ (2020-yil, maqola);
  181. „Xalq maqollari“ (2020-yil, „Sakkiz elning son-sanoqsiz oʻgiti“ga soʻzboshi);
  182. „Navoiyning ideali“ (2020-yil, maqola);
  183. „Qoʻshma soʻzlarni qoʻshmaymizmi?“ (2021-yil, maqola);
  184. „Mas’ul muharrir nimaga mas’ul?“ (2021-yil, maqola);
  185. „Tanqid madaniyati haqida“ (2021-yil, maqola);
  186. „Bilmaganlarimiz toʻgʻrisida bilganlarimiz“ (2021-yil, falsafiy esse);
  187. „Sakkiz elning sakson ulugʻ siymosi“ kitobiga soʻzboshi (2021-yil);
  188. „Bahoriy badiiyatdan bahramandlik“ (2021-yil, maqola);
  189. „Tasavvufning asl tarixi“ (2021-yil, maqola);
  190. „Shavqi navo (Alisher Navoiy gʻazallarini oʻqib)“ (2021-yil, risola);
  191. „Mustaqillikka oʻttiz yil toʻlibdi hamki, rus tili ot ustida“ (2021-yil, maqola);
  192. „Til – millatning joni va qoni“ (2021-yil, maqola);
  193. "Ona tilimiz shunchaki „qadriyat“ emas" (2021-yil, maqola);
  194. „Qutbuddin Baxtiyor Kokiy“ (2021-yil, maqola);
  195. „Shrinvasa Ramanujon“ (2021-yil, maqola);
  196. „Qurbonjon dodhoh“ (2021-yil, maqola);
  197. „Toʻqtagʻul“ (2021-yil, maqola);
  198. „Sogʻimboy Oʻrozbaqov“ (2021-yil, maqola);
  199. „Alixontoʻra Sogʻuniy“ (2021-yil, maqola);
  200. „Aali Toʻqamboyev“ (2021-yil, maqola);
  201. „Aliqul Oʻsmonov“ (2021-yil, maqola);
  202. „Vasiliy Radlov“ (2021-yil, maqola);
  203. „Viktor Jirmunskiy“ (2021-yil, maqola);
  204. „Mirzo Fozilbek Qosimbekov“ (2021-yil, maqola);
  205. „Alisher Navoiy“ (2021-yil, maqola);
  206. „Berdaq“ (2021-yil, maqola);
  207. „Habib Abdullayev“ (2021-yil, maqola);
  208. „Rivoyatning hidoyati“ (2021-yil, maqola);
  209. „Navoiyning soʻzlari“ (2021-yil, maqola);
  210. „Turkiy taraqqiyot taraddudida“ (2021-yil, maqola);
  211. „Devkor“ (2021-yil, maqola);
  212. „Tarjima va til“ (2021-yil, maqola);
  213. „Nuri oʻchgan ikki ziyo maskani“ (2021-yil, maqola);
  214. „Tarjima siyosati haqida“ (2021-yil, maqola);
  215. „Davr va tarjima“ (2022-yil, maqola);
  216. „Muhabbat insholari“ (2022-yil, maqola);
  217. „Bayroq, ot… va gʻazal haqida“ (2022-yil, maqola);
  218. „Xotira-yu xayollardan xulosa“ (2022-yil, Oʻ.Domlajonovaning „Saksonning sokinligida“ kitobiga soʻzboshi);
  219. „Biri qosh-u biri koʻz“ (2022-yil, maqola);
  220. „Bobur izidan yurgan olimlar“ (2022-yil, maqola);
  221. "Tarjimadagi „kemtik“lar" (2022-yil, maqola);
  222. „Qoyatosh rasmlari: ular nima maqsadda chizilgan?“ (2022-yil, maqola);
  223. „Til va atama“ (2022-yil, maqola);
  224. „Uzbek emas, Oʻzbekmiz!“ (2022-yil, maqola);
  225. „Ostadon, ostona, Ostonaqul…“ (2022-yil, maqola);
  226. „Atamalar atala boʻlmasin!“ (2022-yil, maqola);
  227. „Tarjima sanʼati tarjima sanoatiga aylanib ketmasligi kerak“ (2022-yil, maqola);
  228. „Turkiy adabiyot durdonalari“ turkumida chop etilgan 82-jild – „Sarchashma“ kitobiga soʻzboshi (2022-yil);
  229. „Togʻ odam“ning togʻday asari" (2022-yil, „Turkiy adabiyot durdonalari“ turkumida chop etilgan 83-jild – ,,Tugalboy Sidiqbekov" kitobiga soʻzboshi);
  230. „Oltin avlod vakillari ijodi toʻgʻrisida“ (2022-yil, „Turkiy adabiyot durdonalari“ turkumida chop etilgan 84-jild – ,,Oltin avlod vakillari"ga soʻzboshi);
  231. „Toʻlagan Qosimbekov ijodi haqida“ (2022-yil, „Turkiy adabiyot durdonalari“ turkumida chop etilgan 86-jild – ,,Toʻlagan Qosimbekov" kitobiga soʻzboshi);
  232. „Ikki roman – ikki olam“ (2022-yil, „Turkiy adabiyot durdonalari“ turkumida chop etilgan 88-jild – ,,Qosim Sulaymonov. Toʻlan Joʻldoʻshev" kitobiga soʻzboshi);
  233. „Zamonaviy qirgʻiz sheʼriyati va uning vakillari ijodi haqida“ (2022-yil, „Turkiy adabiyot durdonalari“ turkumida chop etilgan 89-jild – ,,Zamonaviy qirgʻiz sheʼriyati antologiyasi"ga soʻzboshi);
  234. „Bugungi qirgʻiz nasri haqida“ (2022-yil, „Turkiy adabiyot durdonalari“ turkumida chop etilgan 90-jild – „Qirgʻiz zamonaviy nasri antologiyasi“ga soʻzboshi);
  235. „Salomov saboqlari“ (2022-yil, maqola);
  236. „Navoiyga bagʻishlangan oltin kitob“ (2023-yil, maqola);
  237. „Roman emas, dardli bir qoʻshiq“ (2023-yil, maqola);
  238. „Zamonaviy qirgʻiz sheʼriyati“ (2023-yil, maqola);
  239. „Sheʼr oʻqishni bilasizmi?“ (2023-yil, maqola);
  240. „Odamiylik qissalari“ (2023-yil, Nabi Jaloliddinning „Onasiz tushlar“ kitobiga soʻngsoʻz).

Publitsistik asarlari

  1. „Oʻrim qizgʻin“ (1970-yil, maqola);
  2. „Himmat“ (1970-yil, maqola);
  3. „Ilgʻor sut sogʻuvchi“ (1970-yil, maqola);
  4. „Meditsina xodimlari seminari“ (1970-yil, maqola);
  5. „Surʼat ortmoqda“ (1970-yil, maqola);
  6. „Yoshlar yetakchisi“ (1970-yil, maqola);
  7. „Avtolavkachilar“ (1970-yil, maqola);
  8. „Yangi sex“ (1970-yil, maqola);
  9. „Serfayz dalalar“ (1970-yil, maqola);
  10. „Serzavq dalalar“ (1970-yil, maqola);
  11. „Bogʻbonlar himmati“ (1970-yil, maqola);
  12. „Boyaroq aytmaysizmi“ (1970-yil, maqola);
  13. „Mehnatda topilgan baxt“ (1971-yil, maqola);
  14. „Taxt qilib qoʻyildi“ (1971-yil, maqola);
  15. „Binokorlar vaxtada“ (1971-yil, maqola);
  16. „Suvchi“ (1971-yil, maqola);
  17. „Remontchilar huzurida“ (1971-yil, maqola);
  18. „Yuqori koʻrsatkich“ (1971-yil, maqola);
  19. „Samolyotlar yordamida“ (1971-yil, maqola);
  20. „Kuniga 7-8 gektardan“ (1971-yil, maqola);
  21. „Yordamchilar koʻmagi“ (1971-yil, maqola);
  22. „Pilla punktidan gap“ (1971-yil, maqola);
  23. „Mehnatsevar choʻpon“ (1971-yil, maqola);
  24. „Mexanizator student“ (1971-yil, maqola);
  25. „Paxta zavodi mavsumga tayyor“ (1973-yil, maqola);
  26. „Bogʻbon yodgorligi“ (1973-yil, ocherk);
  27. „Yangi davlat standarti“ (1975-yil, maqola);
  28. „Umidim plenumdan. Ungacha…“ (1989-yil, maqola);
  29. "Shamolni „jilovlash“ kerak" (1991-yil, maqola);
  30. „Til bamisoli bir tirik tan kabidir, uning hamma muchasi oʻzaro uygʻun boʻlishi kerak“ (1995-yil, maqola);
  31. „Avval eʼtiqodingizni oʻzgartirishadi…“ (1998-yil, maqola);
  32. „Dehlimi yoki Delhi?“ (1998-yil, maqola);
  33. „Aravani uch yoqqa tortganda…“ (1999-yil, maqola);
  34. „Test sinovlari: uch tanqidiy mulohaza“ (1999-yil, maqola);
  35. „Soʻzki, haq boʻlsa…“ (1999-yil, maqola);
  36. „Suqrot qoʻlidagi kosa“ (1999-yil, maqola);
  37. „Xalq ruhining jilolari“ (1999-yil, maqola);
  38. „Qogʻozning ham uvoli bor emish…“ (1999-yil, maqola);
  39. „Xurofotning doyasi“ (1999-yil, maqola);
  40. „Yoqlashni yoqlab“ (2000-yil, maqola);
  41. „Suv – gavhar zilol…“ (2000-yil, maqola);
  42. „Boshqacha gaplar“ (2000-yil, maqola);
  43. „Radlovning taassufi“ (2000-yil, maqola);
  44. „Garchi Kalon edi…“ (2000-yil, maqola);
  45. „Gʻoʻza qoʻchqorning dumba yogʻi“ (2000-yil, maqola);
  46. "Qaro tunda qichqirgan „xoʻrozlar“ (2000-yil, maqola);
  47. „Paygʻomlar – tarixning sarvaragʻidir“ (2001-yil, maqola);
  48. „Uchib yurganimni bilmasdim…“ (2002-yil, xotiranoma);
  49. „Tafakkur gulshanining turfa chechaklari“ (2002-yil, maqola);
  50. „Shavq sharorati“ (2003-yil, maqola);
  51. „Gap nimada?“ (2003-yil, maqola);
  52. „Avval pulini toʻla…“ (2003-yil, maqola);
  53. „Tahsil taqozosi“ (2003-yil, maqola);
  54. „Koʻp oʻqisang, yutasan…“ (2004-yil, maqola);
  55. „Zirapchani igna bilan…“ (2004-yil, maqola);
  56. „Sizmi yoki sen?..“ (2005-yil, maqola);
  57. „Sen“ emas, „Siz“…" (2005-yil, maqola);
  58. „Uch uchrashuv“ (2005-yil, maqola);
  59. „Shashmaqom“ni sogʻinib…" (2006-yil, maqola);
  60. „Mezbonlar inoq boʻlsa, qoʻnoqlar quvnoq boʻlar…“ (2006-yil, maqola);
  61. „Shavkat Rahmon“ (2006-yil, maqola);
  62. „Vodiyga avtobus qoʻyish vaqti keldi“ (2006-yil, maqola);
  63. „Sakson sakkiz yillik xotira“ (2007-yil, maqola);
  64. „Dorilmuallimin talabasi (yoki Abdulla Qahhor… Jamila rolida)“ (2007-yil, maqola);
  65. „Kitob… oʻqib qadrlanadi“ (2008-yil, maqola);
  66. „Adibning taqdiri“ (2008-yil, maqola);
  67. „Bu yoʻlda xato qilma“ (2008-yil, maqola);
  68. „Shashmaqom“ sogʻinchi" (2009-yil, maqola);
  69. „Ahmad Ishayevning kutubxonasi“ (2009-yil, maqola);
  70. „Eshitmadim demanglar: – Fargʻonada yangi Nostradamus paydo boʻlgan emish“ (2010-yil, maqola);
  71. „Bolalarga beraylik… kitobni“ (2010-yil, maqola);
  72. „Topganingiz chinmikin?“ (2010-yil, maqola);
  73. „Kimsiz oʻzi, Hayotxon?“ (2010-yil, maqola);
  74. „Dabdabali toʻy“ (2011-yil, maqola);
  75. „Ochilayotgan buloq“ (2011-yil, maqola);
  76. „Axborot“da axborot" (2011-yil, maqola);
  77. „Oqibat yodnomasi“ (2012-yil, maqola);
  78. „Munavvar hayot yoʻllari“ (2012-yil, maqola);
  79. „Yozuvchi va hayot“ (2012-yil, maqola);
  80. „Donishmandlardan biri…“ (2012-yil, maqola);
  81. „Begona qarindoshga aylansin, qarindosh begona boʻlmasin“ (2013-yil, maqola);
  82. „Oilada hayo boʻlsin avvalo“ (2013-yil, maqola);
  83. „Koʻrdingki osh, koʻtarma bosh“ (2013-yil, maqola);
  84. „Somon yoqish yerga ofat“ (2013-yil, maqola);
  85. „Odamiylik olami“ (2015-yil, maqola);
  86. „Jonfidolik nadir?..“ (2015-yil, maqola);
  87. „Oʻzbek talaffuzi“ (2015-yil, maqola);
  88. „Davlat tilini mensimaganlar jarimaga tortilsa, xazinalar toʻlib ketar edi…“ (2015-yil, suhbat);
  89. „Poʻsht, mashinali talaba!..“ (2016-yil, maqola)
  90. „Tafakkur ozuqasi – mutolaa“ (2017-yil, suhbat);
  91. „Hojilik martabami?“ (2017-yil, maqola);
  92. „Mashrab ota hikoyasi“ (2018-yil, maqola);
  93. „Yigit omon boʻlsa“ (2018-yil, maqola);
  94. „Aqtoʻbe fojiasi oʻz-oʻzidan boʻlgani yoʻq…“ (2018-yil, maqola);
  95. „Dabdaba roʻzgʻorni dabdala qiladi“ (2018-yil, maqola);
  96. „Kibr va riyo uchun hajga boriladimi?“ (2018-yil, maqola);
  97. „Dengiz kasaliga yoʻliqtirgan poyezd“ (2018-yil, maqola);
  98. „Hajga borishdan murod“ (2018-yil, maqola);
  99. „Ijodkorga dalda boʻlsa bas…“ (2018-yil, maqola);
  100. „Nosir akaning oʻrindigʻi“ (2019-yil, ,,Nosir Fozilov zamondoshlari xotirasida" kitobidan xotiralar);
  101. „Gohida sudralgan… – chopgandan yaxshi“ (2020-yil, maqola);
  102. „Oʻttiz yillab kutilgan bayram“ (2020-yil, maqola);
  103. „Hujjattalab toʻralardan qutulamiz…mi?“ (2020-yil, maqola);
  104. „Avariya va ovoralar“ (2020-yil, maqola);
  105. „Madaniyat arboblari, yoʻl boshlang!“ (2020-yil, maqola);
  106. „Sodiqlik falsafasi“ qimmatga tushyapti (2020-yil, maqola);
  107. "Men nima uchun „Hurriyat“ni oʻqiyman?" (2020-yil, maqola);
  108. „Chekkagirlar“ (2020-yil, maqola);
  109. „Qaydasiz, Ergash aka?“ (2021-yil, maqola);
  110. „Oyday ayon haqiqatga munkir Qamar“ (2021-yil, maqola);
  111. „Uyqudagi Qonunbek (yoki biz koʻz tikkan pahlavon“ (2021-yil, maqola);
  112. „Dori-darmon, kimga armon“ (2022-yil, maqola);
  113. „Nahanglar oviga monand“ (2022-yil, maqola).

Tarjima asarlari

  1. „Yuka bilan Oymomo“ Aulikki Oksanen (1985-yil, ertak);
  2. „Ayoz ota“ Vladimir Odoyevskiy (1988-yil, ertak);
  3. „Toʻrt karning mashmashasi haqida hind ertagi“ (1988-yil, ertak);
  4. „Qorqiz“ Vladimir Dal (1988-yil, ertak);
  5. „Eng zoʻr qoʻshiqchi“ (1988-yil, ertak);
  6. „Har kim oʻz boshiga oʻzi xoʻjayin“ (1988-yil, ertak);
  7. „Gʻirrom sichqon bilan saxiy chumchuq“ (1988-yil, ertak);
  8. „Yevseykaning hangomasi“ Maksim Gorkiy (1988-yil, ertak);
  9. „Ivanushka tentak toʻgʻrisida ertak“ Maksim Gorkiy (1988-yil, ertak);
  10. „Dovdir ayiq“ Konstantin Paustovskiy (1988-yil, ertak);
  11. „Lahza“ Vladimir Korolenko (1988-yil, badia);
  12. „Farzandlaringizning oliyjanob niyati…“ Lev Tolstoy (2000-yil, maqola);
  13. „Chordoq“ OʻHenri (2007-yil, hikoya);
  14. „Xotin“ Anton Chexov (2008-yil, hikoya);
  15. „Turkiy xalqlarning soʻz sanʼati“ P.Falyov (2008-yil, ilmiy maqola);
  16. „Mexanik oʻqituvchi“ Ayzek Azimov (2009-yil, hikoya);
  17. „Jonivorlar xaritasi“ I.Jigaryov (2009-yil, qoʻllanma);
  18. „Qrimtatar ziyolilari mafkurasiga doir“ P.Falyov (2008-yil, ilmiy maqola);
  19. „Hayvonot va nabotot“ I.Jigaryov (2010-yil, bolalar uchun geografiya va zoologiyadan maʼrifiy kitob);
  20. „Adabiy tanqid qanday boʻlishi kerak“ Lev Tolstoy (2011-yil, maqola);
  21. „Olisroqdan“ Y.Prokushev (2011-yil, xotira);
  22. „Sehrgar bilan bola“ Qirgʻiz xalq ertaklari (2014-yil, ertaklar);
  23. „Toʻqtagʻul. Qoʻshiqqa evrilgan, kuylarga toʻkilgan umr“ Gulzura Jumaqunova (2014-yil, ilmiy risola);
  24. „Ona qasidasi“ Maksim Gorkiy (2016-yil, hikoya);
  25. „Turkiy xalqlarning soʻz san’ati va lahjalari“ P.Falyov (2017-yil, ilmiy risola);
  26. „Manas“ Qirgʻiz xalq qahramonlik eposi (2017-yil, xalq dostoni);
  27. „Xotin“ Anton Chexov (2018-yil, hikoya);
  28. „Yaxshi yangilik“ Anton Chexov (2018-yil, hikoya);
  29. „Manasning dunyodan oʻtishi“ dostondan parcha (2018-yil, epos);
  30. „Tugʻilgan yer“ T.Qosimbekov (2018-yil, hikoya);
  31. „Kunning siri. Kelin bilan tosh“ S.Jusuyev (2018-yil, sheʼrlar);
  32. „Sen haqingda. Soʻnggi oqshom“ S.Jigitov (2018-yil, sheʼrlar);
  33. „Oltin chinor“ S.Jusuyev (2018-yil, lirik sheʼr);
  34. „Katyusha“ M.Isakovskiy (2019-yil, sheʼr);
  35. „Toʻqtagʻul qoʻshiqlari“ (2020-yil, sheʼriy toʻplam);
  36. „Sakkiz elning sakson sakkiz ertagi“ (2020-yil, ertaklar);
  37. „Sakkiz elning son-sanoqsiz oʻgiti“ (2020-yil, maqollar);
  38. „Egam bilan hisobin“ Moʻlda Niyoz Ernazar oʻgʻli (2022-yil, sheʼr);
  39. „Terma“ Toʻqaloq Moʻlda (2022-yil, sheʼr);
  40. „Eshak bilan bulbul“ Toʻqaloq Moʻlda (2022-yil, masal);
  41. „Sheʼrlar“ Toʻqtagʻul (2022-yil, sheʼrlar);
  42. „Sheʼrlar“ Barpi Aliqulov (2022-yil, sheʼrlar);
  43. „Sheʼrlar“ Aali Toʻqambayev (2022-yil, sheʼrlar);
  44. „Qirgʻiz zamonaviy sheʼriyati antologiyasi“ kitobida sheʼrlar (2022-yil);
  45. „Shoxli qoʻzichoq“ Sh. Beyshenaliyev (2022-yil, hikoya);
  46. „Bir quti gugurt“ A.Saspayev (2022-yil, hikoya);
  47. „Birinchi muhabbat“ T.Miyashev (2022-yil, hikoya).

Muharrirlik va toʻplab nashrga tayyorlagan ishlari

  1. „Tasavvuf tarixi“ Usmon Turon (1999-yil, risola, muharrirlik);
  2. „Hajning fazilatlari va nozik jihatlari“ Mahmud Asad Joʻshan (2000-yil, diniy risola, muharrirlik);
  3. „Don Kixot“ M.Servantes (2005-yil, romandan parcha, nashrga tayyorlovchi);
  4. „Xalqaro standart kitob raqami – ISBN“ U.Karimov, M.Rahmatullayev, A.Umarov (2006-yil, qoʻllanma, mas’ul muharrirlik);
  5. „Oʻzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi“ Ahmadali Asqarov (2007-yil, monografiya, muharrirlik);
  6. „Oq kiyingan ayol“ Vilki Kollinz (2010-yil, roman, muharrirlik);
  7. „Istiqlolga intilgan qalb (Shavkat Rahmon haqida)“ Nilufar Mirzayeva (2010-yil, risola, muharrirlik);
  8. „Olimlik va odamiylik“ (2011-yil, toʻplab nashrga tayyorlovchi);
  9. „Rauf Parfi saboqlari“ (2014-yil, risola, muharrirlik);
  10. „Oʻzbek xalq ertaklari (ingliz va nemis tillarida)“ (2014-yil, ertaklar toʻplami, toʻplovchilik);
  11. „Sehrgar bilan bola (qirgʻiz xalq ertaklari)“ (2014-yil, ertaklar toʻplami, toʻplovchilik);
  12. „Tarjimashunoslik: tarjima, tahlil, tafsir, talqin, tabdil, tahrir“ Komiljon Joʻrayev (2015-yil, qoʻllanma, muharrirlik);
  13. „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016-yil, risola, muharrirlik);
  14. „Bolaligim“ Chingiz Aytmatov (2018-yil, qissa, mas’ul muharrirlik);
  15. „Oʻsha men edim“ Xurshid Abdurashid (2020-yil, sheʼriy toʻplam, mas’ul muharrirlik);
  16. „Sakkiz elning sakson sakkiz ertagi“ (2020-yil, ertaklar toʻplami, toʻplovchilik);
  17. „Sakkiz elning son-sanoqsiz oʻgiti“ (2020-yil, ertaklar toʻplami, toʻplovchilik);
  18. „Bu yurak dogʻindadir“ Abdumannop Egamberdi (2020-yil, sheʼriy toʻplam, mas’ul muharrirlik);
  19. „Butirkada bitilgan baytlar“ Komil Avaz (2021-yil, sheʼrlar toʻplami, mas’ul muharrirlik);
  20. „Sarchashma“ (2022-yil, antologiya, toʻplovchilik);
  21. „Zamonaviy qirgʻiz sheʼriyati antologiyasi“ (2022-yil, antologiya, toʻplovchilik);
  22. „Oltin avlod vakillari“ (2022-yil, antologiya, toʻplovchilik);
  23. „Qosim Sulaymonov. Toʻlan Joʻldoʻshev“ (2022-yil, toʻplam, toʻplovchilik);
  24. „Qirgʻiz zamonaviy nasri antologiyasi“ (2022-yil, antologiya, toʻplovchilik);
  25. „Toʻlagan Qosimbekov“ (2022-yil, toʻplam, toʻplovchilik);
  26. „Tugalboy Sidiqbekov“ (2022-yil, toʻplovchilik);
  27. „Gʻaybulla as-Salom zamondoshlari xotirasida“ (2022-yil, xotiralar, mas’ul muharrirlik);
  28. „Tanlangan asarlar“ Gʻaybulloh as-Salom (2023-yil, toʻplovchilik);
  29. „Tarjima sanʼati. 7-kitob“ (2023-yil, mas’ul muharrirlik).

Mukofotlari

Zuhriddin Isomiddinov 2021-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga binoan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2019-yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. 2015-yilda Gulzura Jumaqunovaning „Toʻqtagʻul. Qoʻshiqqa evrilgan, kuylarga toʻkilgan umr“ kitobi tarjimasi uchun TASAM (Turkiya) tashkilotining „Qizil olma“ mukofotiga sazovor boʻlgan. 2013-yil Abdulla Qahhorning „Kartina“ hikoyasi, „Maftuningman“ kinokartinasi va konfliktsizlik nazariyasi" maqolasi uchun „Sharq yulduzi“ jurnalida eʼlon qilingan „Eng yaxshi badiiy va ilmiy asarlar“ tanlovi gʻolibi boʻlgan. 2023-yilda Chingiz Aytmatov xalqaro akademiyasining faxriy akademigi etib saylandi.

Yuqori