- Vikipediyada ismi Nosir va familiyasi Fozilov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Nosir Fozilov | |
|---|---|
| Tavalludi | 10-iyun 1929-yil Turkiston |
| Vafoti | 11-mart 2018-yil (88 yoshda) Toshkent |
| Mukofotlari | |
Fozilov Nosir (1929.10.6, Qozogʻiston Respublikasining Turkiston tumani) — yozuvchi, tarjimon. O‘zbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990). O‘rta Osiyo universitetini tugatgan (1954). „Gulxan“ jurnalida masʼul kotib(1955-59), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida boʻlim mudiri (1959-1963; 1975-1982), „Sharq yulduzi“ jurnalida masʼul kotib (1963-1995; 1982-84; 1986-92). Birinchi toʻplami — „Irmoq“ (1959). „Oqim“ (1962), „Robinzonlar“ (1964), „Qush qanoti bilan“ (1965), „Qorxat“ (1968), „Koʻklam qissalari“ (1970), „Bolaligim — poshsholigim“ (1989), „Bir otar toʻpponcha“ (1995), „Shum bolaning nabiralari“ (1995), „Toshkentning nosi“ (1996) va boshqa asarlar muallifi. Hikoya va qissalari milliy boʻyoqlarining yorqinligi, tilining jozibadorligi, xalq turmushi manzaralarining, ayniqsa, bolalarning ichki dunyosi, oʻykechinmalarining jonli tasviri, koʻtarinki ruhi bilan ajralib turadi. Asarlarida choʻl tabiatiga xos manzaralar shoirona chizilgan. Qoraqalpoq va qozoq yozuvchilarining asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (1999).
- 10-iyunda tugʻilganlar
- 1929-yilda tugʻilganlar
- Turkistonda tugʻilganlar
- 11-martda vafot etganlar
- 2018-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Adiblar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari
- Alifbo boʻyicha yozuvchilar