Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Almatov Zokir Almatovich (1949-yil 10-oktabr, Toshkent viloyati, Qibray tumani) – 1991—2006-yillarda Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri. 2018-yil 24-fevraldan Oʻzb

Zokir Almatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Almatov Zokir Almatovich
Алматов Зокир Алматович

Akbar Joʻrayev ogʻir atletika maktabining ochilishida, 2026-yil
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
1991-yil 16-sentyabrdan  2006-yil 5-yanvargacha
Hukumat boshligʻi Shukrullo Mirsaidov
Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Vyacheslav Kamolov
Vorisi Bahodir Matlyubov
Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti
Mansab davri
1995-yildan  2005-yilgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Abdulhoshim Mutalov
Vorisi Mirabror Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1949-yil 10-oktyabr (1949-10-10) (76 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1971—2006, 2018-yildan
Unvoni General-polkovnik

Almatov Zokir Almatovich (1949-yil 10-oktabr, Toshkent viloyati, Qibray tumani) – 1991—2006-yillarda Oʻzbekiston Ichki ishlar vaziri. 2018-yil 24-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi.

Tarjimai holi

1965—1967 – Harbiy xizmat.

1967—1971 – Toshkent universiteti yuridik fakulteti talabasi.

1971—1975 – Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi pasport boʻlimi inspektori, katta inspektori.

1975—1976 – Toshkent viloyati Toshkent tumani ichki ishlar boʻlimi pasport boʻlinmasi boshligʻi.

1976—1979 – Toshkent viloyati Toshkent tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.

1979—1983 – Toshkent viloyati Toshkent tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.

1983—1991 – Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

1991-yil 16-sentabrda Prezident Islom Karimov tomonidan ichki ishlar vaziri etib tayinlandi.

1995—2005-yillarda Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti.

2006-yilda nafaqaga chiqarildi.

2018-yil 24-fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi.

Mukofotlari

1999-yil 25-avgustda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan.

2005-yil 21-dekabrda jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, el-yurt osoyishtaligini taʼminlashdagi koʻp yillik samarali mehnati hamda oʻz xizmat burchini ado etishdagi jasorati va fidoiyligi uchun Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

2019-yil 10-oktyabrda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

2024-yil 25-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni berilgan.

Yuqori