Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Usmonov Mirabror Zufarovich (4-iyul 1947-yil− 15-mart 2019-yil) -Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy a

Mirabror Usmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirabror Zufarovich Usmonov
Мираброр Зуфарович Усмонов
 Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi Prezidenti
Mansab davri
2015-yildan  2018-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Umid Ahmadjonov
 Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti
 
Mansab davri
2013-yildan  2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Malik Babaev
Vorisi Alisher Sultonov
 Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti
Mansab davri
2006-yil  2017-yilgacha
Oʻtmishdoshi Zokir Almatov
Vorisi Umid Ahmadjonov
 Oʻzbekiston Respublikasi Savdo Vaziri
 
Mansab davri
1990-yil  1992-yilgacha
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-iyul 1947-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Vafoti 15-mart 2019-yil(2019-03-15)
(71 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Turmush oʻrtogʻi Rinata Usmonova
Bolalari qizi: Dilya, oʻgʻli: Jahongir
Dini islom, sunniylik mazhabi
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Usmonov Mirabror Zufarovich (4-iyul 1947-yil− 15-mart 2019-yil) -Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (2005-2019), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti (2005-2017) hamda Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti (2015-2018-yillarda).

Tarjimai holi

  • 1947-yil 4-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan.
  • 1978-yilda Samarqand kooperativ institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Islom Karimov va Mirabror Usmonov Braziliyaga tashrif davomida
  • 1961-yildan 1967-yilgacha — Toshkent shahridagi „Bahor“ restoranida oltinchi razryadli oshpaz.
  • 1970-yilda — Toshkent shahridagi „Guliston“ restoranining ishlab chiqarish boʻyicha mudiri.
  • 1970-yildan 1986-yilgacha — „Doʻstlik“ va „Zarafshon“ restoranlari direktori, Toshkent shahri restoranlar tresti direktori.
  • 1986-yildan 1990-yilgacha — Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasining Umumiy ovqatlanish bosh boshqarmasi boshligʻi.
  • 1990-yildan 1992-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi savdo vaziri.
  • 1992-yildan 1994-yilgacha — Oʻzbeksavdo kompaniyasi raisi.
  • 1994-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
  • 2005-yildan 2019-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator.
  • 2006-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti.
  • 2013-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti
  • 2015-yildan 2018-yilgacha — Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti.
  • 2019-yil 15-martda nafas organlari kasalligi tufayli vafot etgan.

Mukofotlari

  • 1995-yilda Mehnat shuhrati ordeni.
  • 1997-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Maqtov yorligʻi.
  • 2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni.
  • 2012-yilda El-yurt hurmati ordeni bilan mukofotlangan..
  • 2016-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni.
  • 2017-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi.

Oilasi

  • Oʻgʻli — Jahongir Usmonov, „Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro jamoatchilik xayriya fondi“ Vasiylar kengashi raisi.
Yuqori