Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Boboyev Malik Qurbonaliyevich – oʻzbekistonlik davlat va jamoat arbobi, sport funksioneri. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sobiq prezidenti.

Malik Babaev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Vikipediyada ismi Malik va familiyasi Babayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Malik Boboyev
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti
Oʻtmishdoshi Rustambek Qurbonov
Vorisi Mirabror Usmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1962-yil 30-iyun (1962-06-30) (63 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Boboyev Malik Qurbonaliyevich – oʻzbekistonlik davlat va jamoat arbobi, sport funksioneri. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sobiq prezidenti.

Biografiyasi

1962-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1984-yili Toshkent universiteti (hozirgi O'zMU)ning sharqshunoslik fakultetini tugatgan.

1984—1987 – Sovet Ittifoqi Iroqdagi elchixonasining iqtisod boʻyicha maslahatchisi apparatida referent-tarjimon.

1987—1991 – Chet mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy aloqalar jamiyati katta referenti.

1991—1997 – „Intersport“ sport firmasining bosh direktori.

1993—1994 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi.

1995—1999 – „Arms“ firmasi direktori.

1999—2009 – Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasining Olimpiya birdamligi dasturi boʻyicha milliy kurslari direktori.

1999—2003 – Osiyo Olimpiya Kengashining axborot va statistika qoʻmitasining doimiy aʼzosi.

2000—2004 – Osiyo Olimpiya Kengashi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi.

2001—2009 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi.

2009—2013 – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Prezidenti.

2013—2017 – Oʻzbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti.

Yuqori