Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zaporojye sechi - XVI-XVIII asrlarda Ukrain kazaklarining Dnepr ostonalari ortidagi tashkiloti. Asosiy istehkom — Sech nomidan olingan. 1654-yilgacha kazaklar "

Zaporojye sechi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zaporojye sechi - XVI-XVIII asrlarda Ukrain kazaklarining Dnepr ostonalari ortidagi tashkiloti. Asosiy istehkom — Sech nomidan olingan. 1654-yilgacha kazaklar "respublikasi" boʻlib, uning yuqori organi Sech radasi hisoblangan. Qoʻshboshi ataman tomonidan boshqarilgan. Qoʻsh (qoʻshin)larga boʻlingan. Qrim xonligi, Usmonli turk saltanati, polyakukrain hukmron doiralariga qarshi kurash olib borgan.

XVI—XVII asrlarda ukrain xalqining ozodlik kurashida katta rol oʻynagan. 1709-yil "Eski Sech" deb atalmish tashkilot tugatilgan, 1734-yil hukumat tomonidan "Yangi Sech" deb atalgan tashkilot tashkil etilgan; 1775-yil tugatilgan.

Yuqori