Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kepa Arrizabalaga Revuelta (3-oktyabr 1994-yil) – Ispaniyalik professional futbolchi, Kepa hozirda La Ligada Real Madrid jamoasi tarkibida darvozabon sifatida o

Kepa Arrizabalaga

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kepa Arrizabalaga
Arrizabalaga 2021-yilda Chelsea tarkibida top surgan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kepa Arrizabalaga Revuelta
Tavallud sanasi 1994-yil 3-oktyabr (1994-10-03) (31 yosh)
Tavallud joyi Ondarroa, Ispaniya
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 25
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011–2013 Basconia 31 (0)
2012–2015 Athletic Bilbao B 50 (0)
2015–2018 Athletic Bilbao 53 (0)
2015 → Ponferradina (ijara) 20 (0)
2015–2016 → Real Valladolid (ijara) 39 (0)
2018– Chelsea 109 (0)
2023– → Real Madrid (ijara) 13 (0)
Milliy terma jamoa
2012 Ispaniya U18 2 (0)
2012 Ispaniya U19 6 (0)
2013–2017 Ispaniya U21 22 (0)
2017– Ispaniya 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(26-aprel uchun)

Kepa Arrizabalaga Revuelta (3-oktyabr 1994-yil) – Ispaniyalik professional futbolchi, Kepa hozirda La Ligada Real Madrid jamoasi tarkibida darvozabon sifatida oʻynab kelayotgan, Real Madrid tarkibiga ijara sifatida Chelsea jamoasidan olingan.

Arrizabalaga oʻzining katta jamoalardagi karyerasini Athletic Bilbao jamoasida boshlagan. U Baskonya tarkibida oʻynagan va 2011–2016-yillar orasida Ponferradina va Real Valladolidga ketma-ket ijara oʻyinchi sifatida oʻtgan. Keyin Bilbaoga qaytdi, ammo 2018-yilda Kepa Chelseaga 80 million yevro (72 million funt sterling) evaziga oʻtdi, bu narx oʻsha paytda qimmat transferlardan biri hisoblangan. Bu jamoada futbolchi UEFA Yevropa ligasi, UEFA chempionlar ligasi va UEFA Superkupasini oʻz jamoasi tarkibida qoʻlga kiritgan.

Arrizabalaga 2012-yilgi Yevropa chempionatini Ispaniyaning 19 yoshlilar terma jamoasi tarkibida qoʻlga kiritgan. U 2017-yilda Ispaniya terma jamoasida birinchi debyut oʻyinini oʻtkazgan va 2018-yilgi jahon chempionatida Milliy terma jamoa safida qatnashgan, ammo biror marta ham oʻyinga tushirilmagan.

Klubdagi faoliyati

Atletik Bilbao

Arrizabalaga Biska Ondarroa shahrida tavallud topgan. Arrizabalaga 2004-yilda Lezama Athletic Bilbao yoshlar jamoasi tarkibiga qoʻshilgan. U 2012-yil yanvar oyida Baskonya jamoasida Tercera Divisiónda oʻzining birinchi debyut oʻyinini oʻtkazgan.

5-may 2012-yilda Arrizabalagani Getafega qarshi La Liga oʻyinida asosiy tarkibga chaqirilib, lekin San Mamés stadionda boʻlib oʻtgan oʻyinda oʻyinga tushirilmagan oʻyin esa 0-0 hisobida yakunlangan. U iyul oyida mavsumdan oldin ham chaqirilib, 23-sentyabr kuni Malagaga qarshi oʻyinda ham zaxirada qoldirligan.

Arrizabalaga oʻyinda jarohatlangani sababli Jon Ander Serantes oʻyinchi oʻrnini qoplash uchun 2013-yil yanvar oyida Bilbaoning zaxira jamoasiga oʻtkazilgan. U zaxira jamoada 2013-yil 16-fevral kuni debyut oʻyinini oʻtkizgan va Segunda División B-da Logroñés jamoasi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. 3-mart kuni jamoa Amorebieta ustidan 3-1 hisobida gʻalaba qozongan. Arrizabalaga aprel oyida pubalgiya kasalligiga chalingan va sentyabr oyida maydonga qaytgan.

Yuqori