Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) (ozarbayjoncha: Türk Dövlətləri Təşkilatı, qozoqcha: Түрік Мемлекеттері ұйымы, qirgʻizcha: Түрк мамлекеттеринин уюму, turkcha:

Turkiy Kengash

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Turkiy davlatlar tashkiloti

gerb
Ishga tushgan sanasi 3-oktabr 2009-yil
Joylashuvi Turkiya bayrogʻi Turkiya, Istanbul (Kotibiyat)
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon, Boku (Parlament assambleyasi)
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston, Ostona (Turk kengash akademiyasi)
Asoschi(lar)i

 Ozarbayjon
 Qozogʻiston
 Qirgʻiziston
 Turkiya
 Oʻzbekiston
Kuzatuvchilar:

Til(lar)i

Qozoq tili
Ozarbayjon turkchasi
Qirgʻiz tili
Turk tili
Oʻzbek tili

Ingliz tili
Vebsayti turkicstates.org
Conseilturcique.svg

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) (ozarbayjoncha: Türk Dövlətləri Təşkilatı, qozoqcha: Түрік Мемлекеттері ұйымы, qirgʻizcha: Түрк мамлекеттеринин уюму, turkcha: Türk Devletleri Teşkilatı, veng.: Török Államok Szervezete, inglizcha: Organization of Turkic States; 2021-yilgacha sobiq Turkiy kengash) — turkiyzabon davlatlardan tashkil topgan xalqaro tashkilot. Tashkilotning asosiy maqsadi aʼzo davlatlarning har tomonlama doʻstlik va hamkorlikni rivojlanirishiga qaratilgan. Ushbu tashkilotga 2009-yil 3-oktabrda Ozarbayjonning Naxichevan shahrida asos solingan.

Havo rangda — aʼzo davlatlar, och havo rangda — Kuzatuvchi davlatlar.

Tarixi

1992-yilda ilk bor "Turkiyzabon davlatlar sammitiʻʻ boʻlib oʻtdi. 2009-yilning 3-oktabr kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkiya oʻrtasida „Naxichevan kelishuvi“ imzolandi va „Turkiy kengash“ xalqaro tashkilotiga asos solindi. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashishi aniqlab olindi.

Ushbu tashkilotga asos solinishdan avval, 1992-yilda Qozogʻistonning oʻsha paytdagi poytaxti Olmaotada „Birlashgan turkiylar tili va sanʼati maʼmuriyati“ga asos solingan edi. 1998-yilda esa Ozarbayjonning Boku shahrida „Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi“ tashkil etildi. Yaqin kelajakda „Turkiy Kengash“gaTurkmaniston kirishi kutilmoqda.

Yigʻilishlar

2021-yilning 23—24-iyun kunlari Oʻzbekistonning Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi oʻtkazildi. 24-iyun kuni turizm sohasidagi vazirlarning yigʻilishida Oʻzbekiston Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov taklifiga binoan Qoʻqon shahri Turkiy kengashning turizm poytaxti deb eʼlon qilindi.

Aʼzo davlatlar

DavlatPoytaxtiMaydoniAholisi soni
(ming)
YIMYIM
Aholi jon boshiga
 OzarbayjonBoku86 600 km²10 073130 mlrd. doll.18 500 doll.
 OʻzbekistonToshkent448 976 km²37 143167 mlrd. doll.2800 doll.
 QirgʻizistonBishkek198 500 km²6 38914mlrd. doll.1655 doll.
 QozogʻistonNur-Sulton2 724 902 km²20 000320mlrd. doll.10000 doll.
 TurkiyaAnqara783 562 km²84 1551400 mlrd. doll.13500 doll.
Jami:-4 242 540 km²157 76011880mlrd. doll.11000doll.

Turkiy Kengashdagi kuzatuvchi davlat

Davlat PoytaxtiAholisi soniMaydoniYIMYIM
Aholi jon boshiga
 Mojariston Budapesht 9 778 371 93 036 km² 242 mlrd. doll. 24 498 doll.
 Turkmaniston Ashxobod 5 240 500 491 200 km² 95,5 mlrd. doll. 17 485 doll.
Shimoliy Qibris Turk Respublikasi Lefkosiya 3 300 km² 294 900 1.7 mlrd. doll. 10 095 doll.

Tashkilot sohalari

  • Istanbul kotibiyati
  • Prezidentlar kengashi
  • Tashqi ishlar vazirlari kengashi
  • Yuqori martabalilardan tashkil topgan komitet
  • Turkiyzabon davlatlar oqsoqollari kengashi
  • Bokudagi parlament assambleyasi
  • Ostonadagi turkiy akademiya
  • Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti

Tashkilot bosh kotiblari

Xalil AqinchiTurkiya bayrogʻi Turkiya3.10.200916.09.2014
Ramil HasanovOzarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon16.09.20143.09.2018
Bagʻdod AmreyevQozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston3.09.20182022
Kubanichbek Omrualiyev  Qirgʻiziston 2022 hozirgi kunga qadar

Yana qarang

Yuqori