| Navruz Mammadov | |
|---|---|
Novruz Məmmədov | |
| Ozarbayjon Bosh vaziri | |
| Mansab davri 2018-yil 21-apreldan – 2019-yil 7-oktyabrgacha | |
| Prezident | Ilhom Aliyev |
| Oʻtmishdoshi | Artur Rosizoda |
| Vorisi | Ali Asadov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1947-yil 15-mart Bobek |
| Siyosiy partiyasi | Yangi Ozarbayjon |
| Mukofotlari | |
Navruz Ismoil oʻgʻli Mammadov (ozarbayjoncha: Novruz İsmayıl oğlu Məmmədov; 15-mart 1947) – Ozarbayjon davlat arbobi, 2018-2019-yillarda bosh vazir, 1997-2018-yillarda tashqi ishlar masalalari boʻyicha Prezident maslahatchisi. 2019-yildan Ozarbayjon tillar universiteti prorektori.
Biografiyasi
Navruz Ismoil oʻgʻli Mamedov 1947-yil 15-martda Naxichevan Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Naxichevan tumani, Shihmahmud qishlogʻida tugʻilgan. 1964-yilda maktabni tugatgach, Ozarbayjon tillar universiteti Yevropa tillari fakultetining fransuz tili boʻlimiga oʻqishga kirdi. 1967-1968-yillarda Jazoirda, 1971-1973-yillarda Gvineyada, 1978-1981-yillarda yana Jazoirda tarjimon va katta tarjimon lavozimlarida ishlagan. 1991-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan Novruz Mamedov filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. 1992-1993-yillarda Ozarbayjon chet tillar pedagogika institutining tayyorgarlik fakulteti dekani, 1993-1997-yillarda esa fransuz tili fakulteti dekani lavozimlarida ishlagan. 1997-yil 12-aprelda Ozarbayjon Prezidenti Administratsiyasi tashqi aloqalar boʻlimi mudiri lavozimiga tayinlandi.
2002-yil yanvar oyida Ozarbayjon Prezidentining farmoni bilan unga Favqulodda va Muxtor Elchi unvoni berilgan. 2005-yil sentabridan – YUNESKO ishlari boʻyicha Ozarbayjon Milliy komissiyasining aʼzosi.
2017-yil 1-iyundan Ozarbayjon Prezidentining tashqi siyosat masalalari boʻyicha yordamchisi – boʻlim boshligʻi. 2018-yil 21-aprelda Ozarbayjon Milliy Majlisi Ozarbayjon Bosh vaziri lavozimiga Novruz Mammadov nomzodini tasdiqladi. 2018-yil 21-aprelda Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Novruz Mammadov Bosh vazir etib tayinlandi. 2019-yil 8-oktyabrda Bosh vazir lavozimidan isteʼfoga chiqdi.
2019-yil 19-noyabr kuni Ozarbayjon Tillar universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori etib tayinlandi.
Mukofotlari
1998-yilda Ozarbayjon-Fransiya doʻstlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Novruz Mammadov Fransiya Prezidenti Jak Shirak tomonidan „Faxriy legion“ ordeni bilan taqdirlangan.
2007-yilda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev farmoni bilan Novruz Mamedov „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan.
2009-yilda Ozarbayjon-Polsha munosabatlarini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Polsha Prezidenti Lex Kachinski tomonidan Polsha Respublikasining xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.
2017-yil 13-martda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning farmoni bilan „Sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan.
2019-yil 29-iyulda Fransiya Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ofitser darajasidagi Faxriy legioni ordeni bilan taqdirlangan.
- 15-martda tugʻilganlar
- 1947-yilda tugʻilganlar
- Bobekda tugʻilganlar
- Faxriy legion ordeni sohiblari
- Ozarbayjon Bosh vazirlari
- Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar