Uchlamchi sistema (davr) — Yer geologik tarixida kaynozoy erotemasining birinchi davri. „Uchlamchi sistema“ terminini 1759-yil italyan geologi Arduino taklif etgan. Uchlamchi sistema yotqiziklari mezozoy erasining boʻr davri jinslari ustida joylashgan boʻlib, antropogen (toʻrtlamchi) davri jinslari bilan qoplangan. Hozirgi vaqtda 2 mustaqil — neogen va paleogen sistemalariga ajratilgan; ilgari bu davrlar Uchlamchi sistemaning boʻlimlari hisoblanardi. Yana q. Neogen sistemasi), Paleogen sistemasi (davri).
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Turkum::
- Geologiya