| ||
| tuman | ||
|---|---|---|
| Tarkibida | Janubiy Qozogʻiston viloyati | |
| Maʼmuriy markazi | Lenger | |
| Asos solingan sanasi | 1932-yil | |
| Akim | Turgʻimbekov Avelxan Eltayevich | |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
| Aholi (2013) | 132,836 | |
| Zichligi | 42,1 kishi./km² | |
| Millatlar tarkibi | qozoqlar - 69,7 % oʻzbeklar - 13,8 % ruslar - 6,4 % turklar - 3,0 % ozarbayjonlar - 2,1 % boshqalari-5 % | |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar | |
| Maydoni | 3,150 km² | |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 | |
| Telefon kodi | +7 72547 | |
| Avtomobil raqami kodi | X, 13 | |
| Xaritada | ||
![]() | ||
| 42°7′0″N 69°41′0″E / 42.11667°N 69.68333°E | ||
Toʻlebiy tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining janubi-sharqida joylashgan. Maydoni 3,1 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 1932-yili tashkil topgan, 1991-yilgacha Lenger tumani deb nomlanib keldi. Aholisi 132,856 kishi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Lenger shahri.
Aholisi
Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 132,856 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisi koʻp millatli hisoblanadi, aholisining asosiy qismini qozoqlar — 69,7 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar — 13,8 %, ruslar — 6,4 %, turklar — 3,0 %, ozarbayjonlar — 2,1 %, boshqalari-5 %.
Milliy tarkibi
2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 120 598 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:
- Qozoqlar – 83 804 kishi (69,49%)
- Oʻzbeklar – 20 014 kishi (16,59%)
- Ruslar – 6 697 kishi (5,55%)
- Turklar – 4 846 kishi (4,01%)
- Ozarbayjonlar – 1 796 kishi (1,45%)
- Kurdlar – 1 512 kishi (1,25%)
- Boshqalar – 1 929 kishi (1,6%)
Katta qishloqlari
- Lenger shahri
- Pervomaevka qishlogʻi
- Koʻksayek qishlogʻi
- Sultanrabat qishlogʻi
- Qamshaq qishlogʻi
- Toʻgʻis qishlogʻi
- Aqjar qishlogʻi
- Zertas togʻi qishlogʻi
Iqlimi
Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.
- Qozogʻiston tumanlari
