Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Otabek Abdurashidovich Hasanov (1985-yil 9-martda tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, siyosiy fanlar doktori (DSc). Oʻzbekiston davlat arbobi. Oʻzbekiston Respubl

Otabek Hasanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Hasanov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Abdurashidovich Xasanov

Otabek Xasanov (2022-yil)
 Respublika Ma’naviyat va maʼrifat markazi rahbari
 
Mansab davri
2024-yil 2-fevral  hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Minhojiddin Hojimatov
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2020-yil  2024-yil 2-fevral
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1985-yil 9-mart (1985-03-09) (41 yosh)
Toshkent viloyati Olmaliq shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Dini islom
Ilmiy unvoni Siyosiy fanlar doktori (DSc)
Mukofotlari

Otabek Abdurashidovich Hasanov (1985-yil 9-martda tugʻilgan) — oʻzbek siyosatchisi, siyosiy fanlar doktori (DSc). Oʻzbekiston davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi oʻrinbosari. Ayni vaqtda agentlik direktorining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi. 2024-yil 2-fevralda „Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi“ rahbari etib tayinlangan.

Biografiya

Otabek Xasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tugʻilgan.

Taʼlim

Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi siyosatshunoslik, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan. 2008-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini magistraturasini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati

Otabek Xasanov mehnat faoliyatini 2006-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Mintaqaviy siyosat jamgʻarmasi bosh eksperti sifatida boshlagan. Mazkur lavozimda 2010-yilga qadar ishlagan. 2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor yordamchisi, 2011—2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi „Xorijiy davlatlar siyosiy tizimi va xalqaro iqtisodiy aloqalar“ kafedrasi kabinet mudiri va assistent oʻqituvchisi, 2013—2017-yillarda Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori, 2017—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi boshqaruvi akademiyasi „Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash“ fakulteti dekani, 2019—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

Kitoblari

2020-yilda Otabek Xasanov muallifligidagi „Liderlar kitobi“ nashr etilgan.

Mukofotlari

2021-yilda „Sodiq xizmatlari uchun“ medali bilan mukofotlangan.

Ilmiy ishlari va maqolalari

Otabek Xasanov quyidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi:

  • Realizatsiya programmi sokrasheniya bednosti v utverjdenii prinsipov sotsialnoy spravedlivosti.
  • Sistema raboti „maxallabay“ kak effektivniy mexanizm dialoga s narodom i raboti s naseleniem.
  • Davlat xizmatchilarini tayyorlashning yangi maktabi.
Yuqori