Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov (2002-yil 23-mart, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2020-yilgi hamda 2024

Ulugʻbek Rashitov

Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov (2002-yil 23-mart, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. 2020-yilgi hamda 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari gʻolibi. Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Butunjahon harbiy oʻyinlari va taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni. 2023-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori. „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni sohibi.

Ulugʻbek Rashitov
Ulugbek Rashitov at the 2024 Summer Olympics 01.jpg
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 2002-yil 23-mart (2002-03-23) (24 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Boʻyi 185 sm
Vazni 68 kg
Mukofotlar

Oʻzbekiston iftixori

Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport taekvondo
Murabbiy(lar)i Pavel Xan
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
OltinParij 202468 kg
OltinTokio 202068 kg
Jahon chempionati
BronzaBoku 202368 kg
„Gran-Pri“ turniri
OltinRim 202368 kg
OltinParij 202368 kg
KumushAr-Riyod 202268 kg
BronzaTayyuan 202368 kg
Osiyo oʻyinlari
OltinXanchjou 202268 kg
Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati
OltinChuncheon 202268 kg gacha
„Grand Slam“ turniri
OltinWuxi 202268 kg
Islom birdamligi oʻyinlari
OltinKonya 202168 kg
Yoshlar Olimpiya Oʻyinlari
KumushBuenos Ayres 201848 kg
Taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati
BronzaHammamet 201851 kg
Butunjahon harbiy oʻyinlari
OltinUxan 201958 kg gacha
Taekvondo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati
OltinAtirau 201745 kg
OltinAmman 201955 kg

Hayoti

Ulugʻbek Rashitov 2002-yilning 23-mart kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 18-sonli umumtaʼlim maktabda oʻqigan. Ulugʼbek Rashitov Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakultetida tahsil olgan.

Faoliyati

Ulugʻbek Rashitov 2016-yildan Oʻzbekiston kadetlar terma jamoasi, keyin oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibidan oʻrin olgan, soʻng terma jamoaga oʻtgan.

2018-yilda Tunisda oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

2018-yilda Ulugʻbek Rashitov Buenos Ayresda (Argentina) boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida yoshlar oʻrtasida 48 kg gacha vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi va finalda rossiyalik sportchi Dmitriy Shishkoga yutqazdi.

2019-yilda oʻsmirlar oʻrtasida taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida 55 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Shu yilning oʻzida u 2019-yilgi Xalqaro harbiy oʻyinlarida 58 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi va finalda xitoylik sportchi Liang Yushuayni magʻlub etdi.

2021-yilda Amman shahrida (Iordaniya) taekvondo boʻyicha Osiyo Olimpiya saralash turnirida u Tokioda (Yaponiya) XXXII Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 68 kg vazn toifasida ishtirok etdi. Saralash bosqichida u Mali sportchisi Seydu Fofanani magʻlub etdi. Nimchorak finalda u koreyalik ikki karra Olimpiada sovrindori Li Da Xuni yengdi. Yarim finalda u Nedzad Xushichga (Bosniya va Gersegovina) qarshi jangga chiqdi va 28:5 hisobida yirik gʻalabaga erishdi. U finalda britaniyalik taekvondochi Bredli Sindenni 34:29 hisobida magʻlub etib, Oʻzbekiston terma jamoasi tarixida taekvondo boʻyicha Olimpiada oʻyinlarida birinchi oʻrin sohibi boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2022-yilda 24-iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida u 68 kg gacha vazn toifasida final bahsida iordaniyalik sportchi Zaid Karimni magʻlub etib, oltin medalini qoʻlga kiritdi.

2022-yilning 9-12-avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom birdamligi oʻyinlarida 68 kg vazn toifasida dayanga chiqib, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Finalda ozarbayjonlik Javad Agayevni magʻlub etgan.

2023-yilda Boku shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 68 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Rashitov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Yarim finalda janubiy koreyalik sportchi Jin Xo Junga magʻlub boʻlgan.

Ulugʻbek Rashitov Italiyada oʻtkazilgan Gran-prida 68 kg vazn toifasida oltin medal sohibi boʻlgan. Finalda vengriyalik Levente Józsani magʻlub etgan.

2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari

Ulugʻbek Rashitov 2024-yilgi Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining 1/16 finalida Hong konglik sportchi Lo Wai Fungga qarshi dayanga tushdi va 2:0 (12:0, 9:2) hisobida gʻalaba qozondi. Chorak finalda unga xitoylik Liang Yushuai raqiblik qildi. Liang Yushuai 0:2 (1:2, 2:9) hisobida magʻlub boʻldi. Ulugʻbek Rashitov ispaniyalik raqibi Javier Perez Poloni yengib final bosqichiga oʻtdi. Finalda 2:0 hisobida iordaniyalik raqibi Zaid Karimni magʻlubiyatga uchratdi va oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Musobaqalardan chetlatilishi

Xalqaro doping-test agentligi (ITA) hisobotiga koʻra, Ulugʻbek Rashitov soʻnggi bir yil ichida uch marotaba doping qoidalarini buzgan. Shu sababli, 2027-yil 12-mayga qadar musobaqalardan chetlatildi va 2025-yil 3-fevraldan boshlab erishgan barcha shaxsiy natijalari bekor qilingan.

Unvon va mukofotlari

Yuqori