Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Starboy“ — kanadalik qo‘shiqchi va qo‘shiqlar muallifi The Weekndning fransuz elektron musiqasi dueti Daft Punk ishtirokidagi qo‘shig‘i. 2016-yil 21-sentabrda

Starboy (qoʻshiq)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Starboy“
Fayl:The Weeknd - Starboy (single).jpg
Daft Punk ishtirokidagi The Weeknd singli
Starboy albomidan
Chiqarilgan sanasi 2016-yil 21-sentyabr (2016-09-21)
Yozilgan sanasi 2016-yil iyul
Studiya
  • Conway, Hollywood, Kaliforniya
  • Gang (Parij, Fransiya)
Janr
  • R&B
  • elektropop
Davomiyligi 3:50
Leybl
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Daft Punk
  • Don McKinney
  • Cirkut
  • The Weeknd
The Weeknd xronologiyasi
„Wild Love“
(2016)
„Starboy“
(2016)
„False Alarm“
(2016)
Daft Punk xronologiyasi
„Gust of Wind“
(2014)
"Starboy"
(2016)
"I Feel It Coming"
(2016)
Klipi
„Starboy“ YouTubeda

„Starboy“ — kanadalik qo‘shiqchi va qo‘shiqlar muallifi The Weekndning fransuz elektron musiqasi dueti Daft Punk ishtirokidagi qo‘shig‘i. 2016-yil 21-sentabrda XO va Republic Records leybllari orqali, The Weekndning trek nomidagi uchinchi studiyaviy albomining ilk singli sifatida chiqarilgan. Qo‘shiq mualliflari va prodyuserlari — The Weeknd, Daft Punk, Doc McKinney hamda Henry "Cirkut" Walter bo‘lib, Jason "DaHeala" Quenneville qo‘shimcha mualliflik huquqlariga ega. Trek R&B va elektropop janrlarida bo‘lib, hashamatli hayot va mashhurlik mavzularini aks ettiradi.

„Starboy“ qo‘shig‘i Kanada, Fransiya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya va Shvetsiya kabi mamlakatlarda, shuningdek, AQShning Billboard Hot 100 chartida birinchi o‘rinni egallagan. Qo‘shiq The Weekndning uchinchi, Daft Punkning esa yagona charttopperiga aylandi. Qo‘shiq uchun suratga olingan musiqiy klip The Weeknd bilan muntazam hamkorlik qiluvchi rejissyor Grant Singer tomonidan ishlangan. U avvalroq xonandaning boshqa charttopper kliplari — "Can't Feel My Face" va "The Hills"ni ham suratga olgan. Videoklipda The Weeknd o‘zining avvalgi "men"idan voz kechishga urinayotgani, jumladan, Beauty Behind the Madness albomi uchun olgan mukofotlarini yo‘q qilayotgani tasvirlanadi. Klip The Weeknd tomonidan o‘zining oldingi shaxsiyatini "yo‘q qilishga urinish" sifatida talqin qilingan.

2016-yil 11-noyabr kuni Kygo tomonidan yaratilgan remiks versiyasi chiqarildi. Ushbu remiks keyinchalik 2023-yil mart oyida chiqarilgan albomning deluxe versiyasiga kiritilgan.

Tarixi va chiqarilishi

2016-yil mart oyida The Weeknd yangi loyiha ustida ishlayotganini aytib, "bob" — bir yil avval chiqqan ikkinchi studiyaviy albomi Beauty Behind the Madness erasi yakunlanganiga ishora qildi. 2016-yil may oyida u yangi materiallar tayyorlay boshladi va Vogue jurnali muharriri Mark Guiduccini Conway Recording Studiosga taklif qildi. U yerda The Weeknd 2011-yilgi House of Balloons nomli ilk miksteypi ustida ishlagan jamoa bilan yana hamkorlik qilayotganini oshkor qildi. 2016-yil 15-iyulda Republic Recordsning ijrochi vitse-prezidenti, The Weeknd fransuz elektron dueti Daft Punk bilan ikki kundan keyin ovoz yozish sessiyasi o‘tkazishi rejalashtirilganini ma’lum qildi.

The Weeknd 2016-yil avgust oyida karnay ustiga qo‘yilgan ikki robot figurasi tasvirini joylab, Daft Punk dueti bilan hamkorlik bo'lishini tasdiqladi. 2016-yil 20-sentabrda The Weeknd Instagram sahifasidagi barcha postlarini o‘chirib tashlab, bir nechta sirli tvitlar joyladi. 21-sentabr kuni u o‘zining uchinchi studiyaviy albomi Starboyni e’lon qildi. Oradan bir necha soat o‘tib, u Daft Punk ishtirokidagi albomning asosiy singli bo‘lgan nomdosh trekni ommaga taqdim etdi.

Yaratilishi va kompozitsiyasi

Yozuv jarayonidan avval The Weeknd uzoq vaqt davomida Daft Punk bilan yaqindan ishlashni istagan. U duet a’zolaridan biri — Guy-Manuel de Homem-Christo bilan ilk bor Los-Anjelesdagi bir ziyofatda tanishgan. Variety jurnalisti Jem Aswadga bergan intervyusida u shunday deydi:

Men faqat ular bilan studiyaga kirishni istardim — hattoki musiqa yaratmasak ham farqi yo‘q edi, men shunchaki do‘stlashishni xohlaganman. Men avval Guy-Man bilan tanishganman, Los-Anjelesdagi bir ziyofatda. Aslida, u bilan ishlaganimdan ko‘ra ko‘proq birga sayr-u bazmlarda bo‘lganmiz. U musiqa baland yangrayotganida va ichimliklar ustida, mening ijodimni qanchalik qadrlashini aytardi.

Parijdagi yozuv studiyasida The Weekndga duet tomonidan tayyorlangan instrumental kuy namunalaridan biri taqdim etildi — ulardan biri keyinchalik “I Feel It Coming”ga aylandi. Yozuvlar orasidagi tanaffuslarda u bir necha marta bir xil baraban siklini eshitdi; keyinchalik bu ovoz Homem-Christoning telefonidagi “Starboy” qoʻshigʻining baraban ritmi ekanini bildi. “Starboy” qoʻshigʻi 30 daqiqa ichida yozilgan va “I Feel It Coming” bilan birga 4 kun ichida yakunlangan.

“Starboy” qoʻshigʻi The Weeknd, Thomas Bangalter, Guy-Manuel de Homem-Christo, Doc McKinney, Cirkut va DaHeala tomonidan yozilgan. Kompozitsiya Daft Punk tomonidan prodyusserlik qilingan boʻlib, McKinney, The Weeknd va Cirkut esa hammuallif-prodyusserlar sifatida ishtirok etgan. Qoʻshiq Fransiyaning Parij shahridagi Gang Studio va AQShning Los-Anjeles shahridagi Conway Recording Studiosda yozilgan. Yozuv jarayonlarida Florian Lagatta, McKinney, Cirkut va Josh Smithlar muhandis sifatida ishlashgan. Miksing ishlari Virginia-Beachdagi MixStar Studios studiyasida Serban Ghenea tomonidan amalga oshirilgan, Jon Hanes esa miksing muhandisi sifatida xizmat qilgan. Mastering ishlari esa Nyu-Yorkdagi Sterling Sound studiyasida Tom Coyne va Aya Merrill tomonidan bajarilgan. “Starboy” musiqasining notalariga koʻra, kompozitsiya lya minor tonalligida boʻlib, temp 94 zarb/daqiqani tashkil etadi, vokal esa A4 dan A5 gacha boʻlgan diapazonda ijro etilgan.

Tanqidiy qabul

Qo‘shiq tanqidchilar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Pitchfork nashridan Mehan Jayasuriya qo‘shiqni “bejirim va yuqori unumdorlikka ega avtomobil kabi sirpanuvchi” deb ta’rifladi. Renowned for Sound nashridan Christopher Bohlsen esa shunday yozdi: “The Weekndning qorong‘u R&B’sini Daft Punkning nu-disko tovushi bilan uyg‘unlashtirgan ushbu trek dance va hip-hop o‘rtasidagi nozik chegarada nafis tarzda yangraydi — bu ikki janr Starboyda uyg‘unlashadi”. The Independentdan Christopher Hooton esa shunday dedi: “Bu — niyatlar bayonoti va albomning rekordlar o‘rnatgan, ilk singli. Bu qo‘shiqda hi-hatlar (baraban to‘plamidagi element) yo‘q, uning o‘rniga 80-yillardan ilhomlangan to‘lqinsifat baraban naqshlari va kuchli snare zarbi bor. Bu pop uslubida, lekin unda o‘ziga xos keskinlik bor”.

Billboard „Starboy“ni 2016-yilning "100 ta eng yaxshi pop qo‘shiqlari" ro‘yxatida to‘rtinchi o‘ringa qo‘ydi: "The Weekndning markaziy pop uslubi, lekin unda biroz yot elementlar borligi, u Fifty Shades of Grey treklari uchun birinchi marta ish boshlaganidan beri uning odati bo‘lib kelgan, va „Starboy“ esa shu uslubning cho‘qqisi, ehtimol, yakunidir. Daft Punk esa fon vokallarini taqdim qilib, qo‘shiqni ba’zan ramkadan chiqib ketish xavfi bilan boyitadi. Abel Tesfayening mashinadagi tungi sehrli sayri yangi, o‘ziga xos ikkinchi shaxsini, o‘zining laqabini o‘zi tanlaydigan darajadagi yulduzni ishonch bilan namoyish etadi. Qo‘shiq boshidagi satrlar ("I'm tryna put you in the worst mood, ah / P1 cleaner than your church shoes, ah") deyarli vaziyatni tushuntirmaydi, chunki tinglovchi oldingi voqealarni allaqachon eslaydi. „Starboy“ nomi Ziggy Stardustga (David Bowie qahramoni) bag‘ishlangan bo‘lmasligi mumkin, ammo bu qo‘shiqda Tesfaye, Bowie kabi, musiqasi va obrazini doimiy rivojlantirish muhimligini yaxshi tushunganligi aks etadi". Yardbarker uni 2016-yilning eng yaxshi qoʻshiqlaridan biri deb eʼlon qildi: “U oson esda qoladi, va The Weekndning oʻziga xos vokal uslubi Daft Punkning house musiqasi bilan uygʻunlashgan ritmlariga juda mos tushadi”.

Tijoriy muvaffqiyati

Qo‘shiq Kanada, Daniya, Fransiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Meksika, Shvetsiya va AQSh chartlarida birinchi o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, u boshqa ko‘plab mamlakatlarda ham top-5 qatoridan joy oldi — xususan, Avstraliya va Irlandiyada ikkinchi, Germaniyada esa uchinchi o‘ringa chiqdi. Singl Billboard Hot 100 chartida 40-o‘rinda debyut qildi, Digital Songs chartida esa bor-yo‘g‘i bir kunlik ko‘rsatkich bilan 28 000 marta yuklab olinib 22-o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, Radio Songs chartida 36 millionlik tinglovchi auditoriyasi bilan 37-o‘ringa joylashdi. Bu qo‘shiq The Weeknd uchun chartdagi uchinchi eng yuqori debyut, Daft Punk uchun esa ikkinchi marta top-40 ichiga kirgan qo‘shiq bo‘ldi. Keyingi haftada “Starboy” 37 pog‘ona yuqorilab, uchinchi o‘ringa chiqdi — bu The Weekndning beshinchi top-10 xitiga, Daft Punk uchun esa ikkinchi marta top-10 ga kirishga aylandi. Bundan tashqari, “Starboy” Taylor Swiftning “Bad Blood” qo'shig'i 2015-yil iyun oyida 53-o‘rindan to‘g‘ridan-to‘g‘ri birinchi o‘ringa ko'tarilgan paytdan beri, Hot 100 charti beshligiga eng katta sakrashni amalga oshirgan qo‘shiq bo‘ldi. “Starboy” ikkinchi haftasida 88,000 nusxada, uchinchi haftasida esa 92,000 nusxada sotildi.

„Starboy“ qo‘shig‘i Billboard Hot 100 chartida ketma-ket bo‘lmagan sakkiz hafta davomida ikkinchi o‘rinda turgan — besh hafta davomida The Chainsmokersning "Closer" qo‘shig‘idan, undan keyin esa uch hafta davomida Rae Sremmurdning "Black Beatles"idan ortda qolgan. 2017-yil 7-yanvar haftasida esa nihoyat chartning eng yuqori — birinchi pog‘onasiga ko‘tarilib, The Weekndning uchinchi va Daft Punkning esa ilk birinchi o‘rindagi xitiga aylandi. Bundan tashqari, „Starboy“ AQShning Hot R&B/Hip-Hop Songs chartida ham birinchi o‘rinni egallab, The Weeknd uchun bu chartdagi to‘rtinchi, Daft Punk uchun esa birinchi marotaba birinchi o‘rinni zabt etgan qo‘shiq bo‘ldi. 2022-yil 5-aprelda ushbu qo‘shiq RIAA tomonidan 11-Platina sertifikatiga loyiq deb topildi, bu esa 11 million dona sotilganini bildiradi.

Yangi Zelandiyada chartiga singl beshinchi o‘rinda kirib keldi va keyingi ikki hafta davomida ketma-ket ikkinchi o‘rinda qoldi. 2016-yil 24-oktabr haftasida esa birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu The Weeknd uchun mamlakatdagi ikkinchi, Daft Punk uchun esa ilk birinchi o‘rinli trek bo‘ldi. Buyuk Britaniyada qo‘shiq 2016-yil 6-oktabr haftasida chartga uchinchi o‘rinda kirdi. Keyingi hafta James Arthurning "Say You Won't Let Go" qo‘shig‘idan keyingi o'rinni egallab, chartning eng yuqori pog‘onasiga chiqolmadi. Navbatdagi haftada esa The Chainsmokersning "Closer" qo‘shig‘i sababli uchinchi o‘ringa tushib ketdi va ketma-ket to‘rt hafta davomida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Uch hafta o‘tgach, albom chiqishi ortidan qo‘shiq sakkizinchi o‘rindan uchinchi o‘ringa keskin ko‘tarildi. O‘sha haftada u UK Streaming Chartda ham yangi cho‘qqi — ikkinchi o‘ringa chiqdi (ilgari u yerda eng yuqori natijasi uchinchi o‘rin bo‘lgan). So'ng ketma-ket ikki hafta davomida uchinchi o‘rinda turdi, so‘ngra pasayishni boshladi. Umumiy hisobda „Starboy“ ushbu chartida ketma-ket 15 hafta davomida top-10 da saqlanib qoldi.

Qo‘shiq AQSh bilan bir qatorda Braziliya, Kanada, Fransiya, Gretsiya va Polshada ham olmos sertifikatiga ega bo‘ldi. Bu The Weekndning Fransiya va Polshadagi birinchi, Braziliya, Gretsiya hamda Kanadada esa ikkinchi olmos bilan sertifikatlangan qo‘shig‘i hisoblanadi.

Musiqiy klipi

Qo‘shiq va videoklipda tasvirlangan The Weekndning shaxsiy McLaren P1 avtomobili, klip oxirida aynan shu mashinani haydab ketadi.

Tarixi va yaratilishi

Qo‘shiq uchun suratga olingan videoklip The Weeknd bilan ko‘p bora hamkorlik qilgan rejissyor Grant Singer tomonidan suratga olingan. U ilgari The Weekndning “Can't Feel My Face” va “The Hills” qo‘shiqlari uchun ham videokliplar suratga olgan. Klip 2016-yil 28-sentyabr kuni YouTubedagi The Weekndning rasmiy Vevo sahifasida taqdim etildi. Shu bilan birga, Rolling Stone tomonidan klipga bag'ishlangan poster ham chop etildi. Videoklipda The Weeknd o‘zining oldingi qiyofasini yo‘q qilishga uringani tasvirlangan — ehtimol bu uning yangi albomi orqali o‘zini qayta kashf etayotganini anglatadi. Klipda u o‘zini bo‘g‘ib o‘ldiradi, avvalgi soch turmagini qirqtiradi va oynali ramkalarga joylashtirilgan platina sertifikatlarini sindirib tashlaydi.

Qo‘shiq matnida va videoklipda The Weekndga tegishli bo‘lgan bir nechta mashinalar tilga olingan va ko‘rsatilgan. Jumladan, Lamborghini Aventador SV Roadster, u haqida u ikkinchi kupletda kuylanadi: "Pull off in that Roadster SV / Pockets overweight, getting hefty", shuningdek Bentley Mulsanne: "The competition, I don't wanna listen / I'm in the blue Mulsanne bumping New Edition" va McLaren P1: "I'm trying to put you in the worst mood / P1 cleaner than your church shoes". Billboard nashri ushbu mashinalardan biri — McLaren P1 ning egasini aniqlash uchun McLaren Automotive kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktori John Paolo Canton bilan bog‘langan. Keyinchalik, Canton ushbu McLaren P1 mashinasi The Weekndga tegishli ekanini tasdiqlagan.

3 haftada video 100 million marta ko‘rilgan. Keyingi 3 oy ichida esa ko‘rishlar soni 500 millionga yetgan. 2025-yil may oyiga kelib, video YouTubeda salkam 2,6 milliard ko‘rilishga erishib, eng ko‘p tomosha qilingan 50 ta video qatoriga kiradi. Bu natija The Weekndning yana bir AQShda 1-o‘rinni egallagan hit qo‘shig‘i — “The Hills” videosidan ham ko‘proq ko‘rilganini ko‘rsatadi. “The Hills” esa uning 1 milliard ko‘rishga erishgan ikkinchi klipi hisoblanadi.

Syujeti

Videoda qora niqob taqqan va olmos bilan bezatilgan xoch taqinchoq taqqan bir odam The Weekndning qarshisida o‘tirgan holda tasvirlanadi; The Weeknd esa stulga bog‘lab qo‘yilgan bo'ladi. Keyinchalik bu niqobli shaxs plastik paket bilan The Weekndni bo‘g‘ib o‘ldiradi. Ma’lum bo‘lishicha, bu niqobli odam — The Weekndning yangi Starboy qiyofasi bo‘lib, u avvalgi Beauty Behind the Madness erasidagi o‘zini ramziy ma’noda yo‘q qiladi. So‘ng, u o‘zining ilgari olgan mukofotlari bilan to‘la uy ichida yuradi. U yerda Daft Punk (qo‘shiqda hamkorlik qilgan) va pantera rasmi hamda boshqa belgilar ko‘rsatilgan. U katta, porlab turgan pushti neon xochni olib, undan o‘zining oldingi shaxsiga tegishli bo‘lgan nishonalar — kuboklar, plakatlar va kristalli lyustralarni yo‘q qilish uchun foydalanadi. Keyin esa shkafni yoqib yuboradi va oxir-oqibat butun uyni yo‘q qiladi. Garajdan o‘tayotib, bir nechta hashamatli avtomobillar yonidan o‘tadi va McLaren P1 mashinasini tanlaydi. Yon o‘rindiqda o‘tirgan mushuk esa mashina harakatlanayotganda panteraga aylanishi bilan videoga dramatik ohang qo‘shiladi. U Mulholland Drive bo‘ylab ketar ekan, sahnada kiyim brendi PUMA ning mahsuloti ham namoyish etiladi.

„Starboy“ qo‘shig‘ining klipi suratga olingan uy ilgari Samsung, Microsoft, Range Rover va Mercedes-Benz reklamalarida ham ishlatilgan. 2025-yil may holatiga ko‘ra, ushbu musiqiy video YouTubeda salkam 2,6 milliard marta ko‘rilgan bo‘lib, eng ko‘p tomosha qilingan kliplar qatoriga kiradi.

Qabul qilinishi va mukofotlar

Billboard jurnalidan Kat Bein musiqiy videoni "g‘amgin va hissiyotli" deb ta’rifladi. Slate yozuvchisi esa videoni Michael Jacksonning "Black or White" klipi bilan taqqosladi, bu o‘xshatish The Weekndning musiqiy uslubiga nisbatan ilgari ham ko‘p uchragan. Videodagi mashhurlik va o‘zgarish mavzusiga qaratilgan qorong‘u yondashuv, shuningdek mushukning qora panteraga aylanishi – bularning barchasi Jacksonning videosidagi estetika bilan o‘xshash jihatlardir.

Videoklip 2016-yilgi MTV Europe Music Awardsda “Eng yaxshi video” nominatsiyasiga rasmiy chiqarilishidan bir kun avval nomzod qilib ko‘rsatildi, bu esa ko‘plab kuzatuvchilar ushbu nominatsiyaning asosli tanlovga asoslanganmi yoki The Weekndning telekanaldagi mashhurligi bilan bog‘liq holda amalga oshirilganmi, degan savollarni o‘rtaga tashladilar.

Jonli ijrodagi chiqishlar

The Weeknd “Starboy” qo‘shig‘ini ilk bor 2016-yil 1-oktabrda Saturday Night Live shousining 42-mavsumining birinchi qismida, “False Alarm” qo‘shig‘i bilan birgalikda jonli ijro etgan. 2016-yil 24-noyabrda esa u “Starboy”ni The Tonight Show Starring Jimmy Fallon dasturida “I Feel It Coming” bilan medley shaklida ijro qilgan. Qo‘shiqning ayrim elementlari The Weeknd va Daft Punk tomonidan 59-Grammy Awards marosimidagi chiqishida ham ishlatilgan.

Treklar ro‘yxati

Raqamli yuklab olish
№NomiDavomiyligi
1.„Starboy“3:50
Raqamli yuklab olish – Kygo Remix
№NomiDavomiyligi
1.„Starboy“ (Kygo remix)4:04
Germaniya CD singli
№NomiDavomiyligi
1.„Starboy“ (explicit)3:50
2.„Starboy“ (clean)3:50
Jami davomiyligi:7:40

Chartlar

Sertifikatsiya

„Starboy“ning sertifikatsiyasi
Hudud Sertifikatsiya Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar
Amerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA) 15× Platina 15,000,000
Avstraliya (ARIA) 15× Platina 1,050,000
Belgiya (BRMA) 2× Platina 40,000
Birlashgan Qirollik (BPI) 5× Platina 3,100,000
Braziliya (Pro-Música Brasil) 4× Olmos 1,000,000
Daniya (IFPI Danmark) 4× Platina 360,000
Fransiya (SNEP) Olmos 233,333
Germaniya (BVMI) 3× Oltin 600,000
Ispaniya (PROMUSICAE) 3× Platina 180,000
Italiya (FIMI) 4× Platina 400,000
Kanada (Music Canada) Olmos 800,000
Meksika (AMPROFON) Platina+Oltin 90,000
Norvegiya (IFPI Norway) 3× Platina 120,000
Polsha (ZPAV) Olmos 250,000
Portugaliya (AFP) 7× Platina 70,000
Yangi Zelandiya (RMNZ) 7× Platina 210,000
Shvetsiya (GLF) 4× Platina 160,000
Striming
Gretsiya (IFPI Greece) Olmos 10,000,000
Global (IFPI) — 1,000,000,000

Chiqarilish tarixi

Hudud Sana Format Versiya Leybl(lar) Manba
Global 2016-yil 22-sentabr raqamli yuklab olish Original
Italiya 2016-yil 23-sentabr Contemporary hit radio Universal
Birlashgan Qirollik
  • XO
  • Republic
Rhythmic contemporary
Amerika Qoʻshma Shtatlari 2016-yil 27-sentabr Contemporary hit radio
Rhythmic contemporary
Germaniya 2016-yil 4-noyabr CD singl Republic
Global 2016-yil 11-noyabr raqamli yuklab olish Kygo remix
  • XO
  • Republic
Yuqori