Sevimli TV — 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan butun oila uchun moʻljallangan nodavlat musiqiy-koʻngilochar va maʼrifiy nodavlat televizion kanal. Kanal oʻz nomini Caravan TV dan Sevimli TV ga 2017-yil 1-dekabrda oʻzgartirgan.
| Sevimli TV | |
|---|---|
| Sevimli telekanali („Master media production & broadcast“ MChJ) | |
![]() Telekanal logosi | |
| Mamlakat | |
| Namoyish vaqti | 24 soat |
| Namoyish hududi | |
| Til(lar)i | Oʻzbek tili Rus tili |
| Boshqaruv markazi | Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 53-uy |
| Tasvir formati | 576i 16:9 (SDTV) 1080i (HDTV) |
| Mazmuni | Oilaviy |
| Efirga chiqqan | 2017-yil 1-aprel |
| Asoschisi | Firdavs Abduxoliqov |
| Rahbarlari | Davlat Rashidov |
| Aloqador telekanallar | Zoʻr TV Milliy TV MY5 |
| Shiori | Birga baxtlimiz! |
| Sayt | sevimlitv.uz |
Faoliyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev „2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha harakatlar strategiyasi“ loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bagʻishlangan media-haftalikning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Firdavs Abduxoliqov „Caravan TV“, „Zoʻr TV“, „Futbol TV“ telekanallari ish boshlash arafasida turganini aytdi. Koʻp vaqt oʻtmay 2017-yil 1-aprel kuni Caravan TV nomi bilan oʻz faoliyatini boshladi. Va keyinchalik oʻz nomini Sevimli TV ga oʻzgartirgan. Telekanal koʻrsatuv va dasturlari butun Oʻzbekiston boʻylab 24 soat davomida toʻxtovsiz efirga uzatiladi.
