Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kalidou Koulibaly (talaffuzi: Kalidu Kulibali; 1991-yil 20-iyun kuni Fransiyaning Sent-Die-des-Vosges shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Al-Hilal“ futb

Kalidou Koulibaly

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kalidou Koulibaly
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kalidou Koulibaly
Tavallud sanasi 1991-yil 20-iyun (1991-06-20) (35 yosh)
Tavallud joyi Saint-Dié-des-Vosges, Fransiya
Boʻyi 1.86 m
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Hilal
Raqami 26
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1999—2003 Saint-Dié
2003—2006 Metz
2006—2009 Saint-Dié
2009—2010 Metz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Metz II 31 (2)
2010—2012 Metz 41 (1)
2012—2014 Genk 64 (3)
2014—2022 Napoli 236 (13)
2022—2023 Chelsea 23 (2)
2023— Al-Hilal 64 (4)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Fransiya U20 11 (0)
2015— Senegal 94 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 9-sentyabr uchun)

Kalidou Koulibaly (talaffuzi: Kalidu Kulibali; 1991-yil 20-iyun kuni Fransiyaning Sent-Die-des-Vosges shahrida tugʻilgan) — fransuz futbolchisi, „Al-Hilal“ futbol klubi himoyachisi va Senegal terma jamoasi sardori. 2018—2022-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati

Faoliyatining boshida Kalidou Koulibaly oʻzining „Saint-Dié“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan. Keyinchalik Fransiya havaskorlar chempionatida 2 mavsumni ushbu klubning asosiy jamoasida oʻtkazgan. Shundan keyin 2009-yil 1-iyulda „Metz“ professional futbol klubining yoshlar akademiyasi jamoasiga qoʻshilgan.

2012-yil 29-iyun kuni Kalidou Koulibaly Belgiyaning „Genk“ jamoasiga o‘tib, to‘rt yillik shartnoma imzolagan. 2012-yilning 23-avgustida Kalidou Koulibaly yangi jamoasi safida UEFA Yevropa ligasi doirasidagi „Luzern“ futbol klubiga qarshi o‘yinda debyut qilgan. 26-avgust kuni „Zulte Waregem“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 23-dekabr kuni „Anderlecht“ futbol klubiga qarshi bahsda Kalidou Koulibaly yangi jamoasi safida ilk golini urgan. 2013-yilda Kalidou klubga Belgiya kubogini yutishda yordam bergan.

2022-yilning 16-iyulida u Angliyaning „Chelsea“ futbol klubiga o‘tib, to‘rt yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilgan. 6-avgust kuni „Everton“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Angliya premyer ligasida debyut qilgan. 14-avgust kuni „Tottenham“ futbol klubiga qarshi bahsda Kalidou Koulibaly „Chelsea“ safidagi ilk golini urgan.

Xalqaro faoliyati

2011-yilda Kalidou Koulibaly Fransiya yoshlar terma jamoasining Kolumbiyadagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun arizasiga kiritilgan. Turnirda u Kolumbiya, Janubiy Koreya, Mali, Nigeriya, Portugaliya va Meksika terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yilda Kalidou Koulibaly oʻzining vatani Senegal terma jamoasida oʻynash taklifini olgan va uni qabul qilgan. 8-sentyabr kuni Janubiy Afrikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida u Senegal terma jamoasi safida debyut qilgan.

2017-yilda Kalidou Koulibaly Gabonda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Zimbabve, Tunis va Kamerun terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2018-yilning may oyida Kalidou Koulibaly Rossiyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga chaqirilgan. Turnirda senegalliklar saralash bosqichining barcha uchta o‘yinini Polsha terma jamoasi, Yaponiya terma jamoasi va Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan, ammo yakunda Senegal turnirdan chetlashtirilgan.

2019-yilda Kalidou Koulibaly ikkinchi marta Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Tanzaniya, Jazoir, Keniya, Tunis, Benin va Uganda terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2022-yil 11-noyabrda u Senegal terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCh-2022 o‘yinlarida ishtirok etish uchun rasmiy tarkibga kiritilgan. 2022-yilning 29-noyabr kuni guruh bosqichining uchinchi o‘yinida Ekvador terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, terma jamoadagi ilk golini kiritgan.

Statistikasi

Klub, mavsum va musobaqalar bo‘yicha ko‘rinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Jami
DivizionOʻyinlar GollarOʻyinlar GollarOʻyinlar GollarOʻyinlar GollarOʻyinlar GollarOʻyinlar Gollar
Metz II 2009–10 CFA 2 160160
2010–11 CFA 152152
Jami 312312
Metz 2010–11 Ligue 2 1912000211
2011–12 Ligue 2 2203000250
Jami 4115000461
Genk 2012–13 Belgiya Pro ligasi 3116090461
2013–14 Belgiya Pro ligasi 332309010462
Jami 6439018010923
Napoli 2014–15 Serie A 271209010391
2015–16 Serie A 3302070420
2016–17 Serie A 2822080382
2017–18 Serie A 3552080455
2018–19 Serie A 35220110482
2019–20 Serie A 2502070340
2020–21 Serie A 260317010371
2021–22 Serie A 2730070343
Jami 236131516402031714
Chelsea 2022–23 Premyer-liga 232101070322
Al-Hilal 2023–24 Saudiya Pro ligasi 302408080502
2024–25 Saudiya Pro ligasi 3022012061503
2025–26 Saudiya Pro ligasi 40100050
Jami 644702001411055
Umumiy faoliyatida 4592537110109017162327
  1. Includes Coupe de France, Belgian Cup, Coppa Italia, FA Cup, King's Cup
  2. Includes EFL Cup
  3. Appearance in Belgian Super Cup
  4. Two appearances in UEFA Champions League, seven appearances in UEFA Europa League
  5. Seven appearances in UEFA Champions League, one appearance in UEFA Europa League
  6. Six appearances in UEFA Champions League, five appearances in UEFA Europa League
  7. Six appearances in Arab Club Champions Cup, two appearances in Saudi Super Cup
  8. One appearance in Saudi Super Cup, five appearances and one goal in FIFA Club World Cup
  1. Appearances in UEFA Europa League
  2. Appearance in Supercoppa Italiana
  3. Appearances in UEFA Champions League
  4. Appearances in AFC Champions League
Yuqori