| tuman | |
|---|---|
| Tarkibida | Akmola viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Qoʻrgʻaljin |
| Asos solingan sanasi | 1932-yil |
| Akim | Riskeldinov Qair Oʻmirsadiqovich |
| Rasmiy tillar | qozoq, rus |
| Aholi (2013) | 9,476 |
| Zichligi | 1 kishi./km² |
| Millatlar tarkibi | Qozoqlar - 87,26% Ruslar - 5,20% Ukrainlar - 2,54% Beloruslar - 1,79% Olmonlar - 1,41% boshqalar - 1,80% |
| Dinlar tarkibi | musulmonlar, xristianlar |
| Maydoni | 9 300 km² |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 |
| Pochta indeksi | 021300-021309 |
| Avtomobil raqami kodi | C, 03 |
| Xaritada | |
![]() | |
| 50°28′48″N 70°13′12″E / 50.48000°N 70.22000°E | |
Qoʻrgʻaljin tumani — Akmola viloyatining janubiy qismida joylashgan. 1932-yili tashkil topgan. Maydoni 9,3 ming km². Aholisi 9,476 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Qoʻrgʻaljin qishlogʻi.
Aholisi
Aholisi 9,4 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 1 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)
- qozoqlar — 8 610 kishi (87,26 %)
- ruslar — 513 kishi (5,20 %)
- ukrainlar — 251 kishi (2,54 %)
- beloruslar — 177 kishi (1,79 %)
- olmonlar — 139 kishi (1,41 %)
- tatarlar — 72 kishi (0,73 %)
- boshqalari — 105 kishi (1,06 %)
- Umumiy — 9 867 kishi (100,00 %)
Iqlimi
Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi (180 kungacha qor erimaydi, qalinligi 20 sm-day), yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 20 — 21 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mm.
Ijtimoiy soha
Tumanda taʼlim va madaniyat sohalarida maktabgacha boʻlgan 8 ta bolalar mahkamasi, 5 ta boshlangʻich, 8 ta toʻliqsiz, 11 ta oʻrta maktab, 33 ta kutubxona, xalq teatri, muzey, 22 ta klub, 3 ta madaniyat uyi bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, 5 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 13 ta feldsher-akusherlik punkt bor. Tuman „Shamshiraq nuri“ (1934-yildan buyon), „Svet mayaka“ (1957-yildan buyon) roʻznomalari chiqariladi.
Katta qishloqlari
- Qoʻrgʻaljin
- Ariqti
- Kenbidayiq
- Janteke
- Sabindi
- Qozogʻiston tumanlari
