| Qrimtatar tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | Qırımtatar tili, Qırım tili, Къырымтатар тили, Къырым тили |
| Mamlakatlar | Rossiya/Ukraina, Oʻzbekiston, Turkiya, Ruminiya, Bolgariya |
| Rasmiylik holati |
|
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 484 000 |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Yevroosiyo tillari |
| Til oilasi | |
| Alifbosi | lotin, Kirill, 1920-yilgacha Arab |
| Til kodlari | |
| ISO 639-2 | crh |
| ISO 639-3 | crh |
Qrimtatar tili — turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub til. Asosan, Oʻzbekiston va Ukrainaning bir qator hududlarida, qisman Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston, Gruziya, Ozarbayjon, Ruminiya va Turkiyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 800 ming kishiga yaqin (1990-yillar oxiri). Qrimtatar tili tarixan tipologik jihatdan bir tekis rivojlanmagan. Unda 3 ta: shimoliy (dasht), oʻrta va janubiy lahjalar mavjud boʻlib, ularning birinchisi noʻgʻay tiliga, uchinchisi oʻgʻuz tillariga yaqin turadi. Lahjaviy farqlar fonetika, morfologiya va leksika sohalarida kuzatiladi. Fonetik xususiyatlari sifatida lab va tanglay ohangdoshligining 2-boʻgʻinga taʼsiri, 2-darajali choʻziq unlilarning mavjudligi, baʼzan soʻz boshidagi va oxiridagi h undoshining tushib qolishi (ava XX asrgacha boʻlgan adabiy Qrimtatar tili Oltin Oʻrda turkiy adabiy tilidan kelib chiqqan va unda Qrim xonlarining koʻplab farmon va yorliqlari saqlanib qolgan. Eng qad. yozma yodgorligi XIII asrga mansub. XIX asrdan adabiy til bir necha marta isloh qilingan va soʻzlashuv tiliga yaqinlashtirilgan. Hozirgi adabiy til oʻtgan asrning 20-yillarida oʻrta lahja asosida shakllangan. 1929-yilgacha arab grafikasi, keyinchalik lotin grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanilgan, 1938-yildan esa rus grafikasiga asoslangan yozuv joriy etilgan.
Adabiyotlar
- Baskakov N. A., Vvedeniye v izucheniye tyurkskix yazikov, 2-izd., M., 1969: Memetov A., Istochniki formirovaniya leksiki kr1mskotatarskogo yazshka. T., 1988.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Tillar
- Turkiy tillar