Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bokkachcho (Boccaccio) Jovanni (1313, Parij—1375.21.12, Chertaldo, Florensiya yaqinida) – italyan yozuvchisi, Yevropa Uygʻonish davri adabiyotining yirik vakili

Bokkachcho Jovanni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Genealogia deorum gentilium, 1532
Bokkachcho Jovanni

Bokkachcho (Boccaccio) Jovanni (1313, Parij—1375.21.12, Chertaldo, Florensiya yaqinida) – italyan yozuvchisi, Yevropa Uygʻonish davri adabiyotining yirik vakili. Neapolda huquq fanlarini oʻrgangan. Bokkachcho Florensiya siyosiy hayotida faol qatnashgan. Dastlabki asarlari („Filokolo“, 1336; „Filostrato“, 1338)da ishqiy sarguzashtlar tasvirlangan. Bokkachchoning antik mifologiya syujetlari asosida yaratilgan „Ameto“ (1341), „Fyezolan parilari“ (1345) pastorallari, „Fyametta“ (1343) qissasi hamda sonetlari bor. Yuzta novelladan iborat „Dekameron“ (1350—53) asari Bokkachcho ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Unga 7 juvon va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan hikoyalari asos boʻlgan. Asar nomlanishi (yunoncha: dekameron – oʻn kunlik) shundan. Bokkachcho bu asarida xurofotga qarshi oddiy inson va uning erkin muhabbatini ulugʻlab, zohidona hayotni rad qilgan. Bokkachchoning ijodi Uygʻonish davri italyan hikoyachiligidagina emas, balki XV—XVI asrlar Yevropa adabiyotida ham realizmning shakllanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. Yozuvchi hayotining soʻnggi yillarida „Quzgʻun“ (1354—55) dostoni va „Dante Aligyeri hayoti“ (taxminan 1360) kitobini yozgan. „Dekameron“ oʻzbek tiliga Qodir Mirmuhamedov tomonidan tarjima qilingan (1978).

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Yuqori