„Oʻrik gullaganda“ – shoir Hamid Olimjon tomonidan yozilgan mashhur sheʼr. Sheʼr koʻplab taniqli oʻzbek xonandalari tomonidan ijro etilgan boʻlib, musiqa va soʻzlari bahor ramziga aylangan.
Tarixi
1937-yilning mart oyida Hamid Olimjon Oʻzbekiston SSRning hukumat delegatsiyasi tarkibida Qozogʻistonga borgan. U yerda tashkil etilgan tantanali tadbirda ishtirok etib, tadbir davomida „Qozogʻiston“ nomli mashhur sheʼrini yozgan va tadbir ishtirokchilariga oʻqib bergan. Hamid Olimjon Qozogʻistonda boʻlib turgan vaqtda, respublikaning oʻsha vaqtdagi poytaxti – Olmaota shahri qalin qor ostida qolgan edi. Mart oyi oxirlarida Toshkentga qaytgan shoir, hovlisiga ekilgan oʻrikning gullaganiga guvoh boʻlgan va mashhur „Oʻrik gullaganda“ sheʼrini yozgan[manba kerak].
Sheʼr „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasining 1937-yil 5-aprel sonida ilk bor eʼlon qilingan[manba kerak].
Ijro etilishi
Sheʼrni ilk bor qoʻshiq qilib kuylaganlardan biri Muhabbat Shamayevadir. Qoʻshiq, shuningdek, Nasiba Abdullayeva, Malika Egamberdiyeva kabi taniqli xonandalar tomonidan ham ijro etilgan. Musiqasi mashhur kompazitor Manas Leviyevga tegishlidir.
Matni
| Derazamning oldida bir tup Va shabboda qurgʻur ilk sahar Qancha tirishsam ham u beor Har bahorga chiqqanda yakkash, Etgan kabi goʻyo bir talab, Men yurganda bogʻlarga toʻlar Bunda tole har narsadan moʻl, Har bahorni yigʻlab qarshilab |
|---|
- Hamid Olimjon sheʼrlari
- Sheʼrlar