| Ahmad Masʼud | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1989-yil Piyu, Taxor viloyati, Afgʻoniston Demokratik Respublikasi |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Kingʻs College London, City, University of London |
| Kasbi | Massoud Foundation bosh direktori |
| Faoliyat yillari | 2021–hozirgacha |
| Millati | tojik |
| Dini | islom |
| Ota-onasi |
|
Ahmad Masʼud (dariycha: احمد مسعود) — afgʻonistonlik siyosiy arbob, millati – tojik. Afgʻoniston qahramoni — Ahmad Shoh Masʼudning oʻgʻli va izdoshi. 2016-yildan „Massoud Foundation“ bosh direktori. 2019-yil 5-sentabrda Panjsher vodiysidagi maqbarada otasining izdoshi deb eʼlon qilingan.
Tarjimai holi
Ahmad Masʼud Taxor viloyatida tojik oilasida tugʻilgan. Eronda oʻrta maktabni tugatgach, Sandhurst Qirollik harbiy akademiyasida oʻqigan. 2012–2015 yillarda u London Qirollik kollejining harbiy tadqiqotlar fakultetida oʻqigan. 2016-yil London shahar universitetida magistr darajasini olgan.
2016-yil Afgʻonistonga qaytgan Ahmad Masʼud „Massoud Foundation“ bosh direktori etib tayinlanadi.
Ahmad Masʼud 2019-yil martdan rasman siyosat bilan shugʻullana boshlaydi.
2021-yil Tolibon hujumlari fonida Masʼud Panjsher viloyatida Tolibonga qarshi kurashish uchun katta harbiy kuch toʻpladi. Kobul qulaganidan soʻng u Afgʻonistonning birinchi vitse prezidenti Amrulloh Solih bilan qoʻshilgan holda „Tolibon“ hokimiyatini tan olmadi va qarshilik koʻrsatishda davom etmoqda.
- Panjsher viloyatida tugʻilganlar
