- Vikipediyada ismi Nasiba va familiyasi Abdullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Nasiba Abdullayeva | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 1961-yil 15-noyabr Samarqand, OʻzSSR |
| Janrlar | estrada musiqasi |
| Kasbi | qoʻshiqchi aktrisa |
| Faoliyat yillari | 1979-yildan |
| Leybllar | Blue Flame Records |
| Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
| Mukofotlari | |
| Veb-sayt | http://nasibaabdullaeva.com/ |
Nasiba Melikovna Abdullayeva (1961-yil 15-noyabr, Samarqand, Oʻzbekiston SSR) – sovet va oʻzbek estrada xonandasi. Oʻzbekiston (1993) va Ozarbayjon (2022) xalq artisti. Oʻzbek, fors, ozarbayjon, arab, tojik, rus va boshqa tillarda qoʻshiqlar ijro etadi.
Hayoti
Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Melik Yarmuhamedov (eron) va onasi Xalchuk Xalimakulova (millati tojik) oilasida tugʻilgan. Nasiba Abdullayeva bolaligida musiqa maktabida akkordeonda oʻqigan. Boʻlajak xonanda arxitektura-qurilish institutiga kira olmaganidan keyin, maktabda musiqa oʻqituvchisi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.
1980-yilda Nasiba yangi tashkil etilgan „Samarqand“ vokal-cholgʻu ansambliga solist sifatida taklif qilingan. Oʻsha yili uning qoʻshiqlari bilan ikkita – „Bari Gal“ va „Samarqand“ nomli albomlari chiqqan.
1989-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat institutini tamomlab, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga ishga oʻtdi.
1990-yilda „Ayriliq“ nomli birinchi yakkaxon albomini chiqaradi.
2000-yilda eri bilan ajrashgach, ikki yil davomida sahnani tark etadi.
2002-yilda esa sahnaga qaytadi. Nasiba Abdullayeva 2004-yildan beri Davlat konservatoriyasida estrada ijrochiligi kafedrasida dars beradi.
2018-yilda „Farida“ qoʻshigʻidan parcha Fendi savdo uyi reklama roligida ishlatilgan.
2022-yil 30-avgustda Ozarbayjon prezidentining farmoni bilan Nasiba Abdullayevaga Ozarbayjon xalq artisti faxriy unvoni berilgan.
Shaxsiy hayoti
Nasiba Abdullayeva 1979-yilda ganjalik gitarachi Eldor Abdullayevga turmushga chiqqan. Afsuski, ular 2000-yilda ajrashishgan.
Diskografiyasi
1980-yil – „Bari gal“
1980-yil – „Samarqand“
1990-yil – „Ayriliq“
2000-yil – „Sogʻinch“
2002-yil – „Umr bahori“
2006-yil – „Eslanar“
2014-yil – „Baxt oʻzi nimadur?“
Filmografiyasi
Film
| Yil | Film nomi | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 1989 | „Nasiba“ | Nasiba Abdullayeva | Kameo |
| 1995 | „Yulduzingni ber osmon“ („Verni zvezdu moyu“) | Malika | Vokal |
| 2003 | „Munis onam“ | Nasiba Abdullayeva | Kameo |
| 2006 | „Suiqasd“ | ||
| 2008 | „Madagaskar 2“ (oʻzbekcha tarjimasi) | Flori | Ovoz bergan |
Mukofotlari
Nasiba Abdullayeva 1987-yilda O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan artist, 1999-yilda Oʻzbekiston xalq artisti, 1999-yilda Mehnat shuhrati ordeni, 2018-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2022-yilda Ozarbayjon xalq artisti unvoni bilan taqdirlangan.
- 15-noyabrda tugʻilganlar
- 1961-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston xalq artistlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Ozarbayjon xalq artistlari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bitiruvchilari
- Oʻzbek tojik kishilari
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
