Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

„Oq kema“ (qirgʻizcha: Ак кеме), „Ertakdan keyin“ deb ham ataladi — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurn

Oq kema

„Oq kema“ (qirgʻizcha: Ак кеме), „Ertakdan keyin“ deb ham ataladi — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1970-yil „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan. „Oq kema“ bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Oq kema

„Oq kema“ qirgʻiz markasida
Asl nomi Ак кеме
Muallif(lar) Chingiz Aytmatov
Tarjimon(lar) Asil Rashidov
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1970
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1973
Sahifalar soni 168

Qissada Issiqkoʻl boʻyida yashovchi yetti yoshli yetim bola haqida hikoya qilinadi. 1975-yil qissa asosida „Qirgʻizfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

Oʻzbekcha tarjimasi

„Oq kema“ bir necha tilga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga 1971-yil „Qirgʻiziston“ nashriyoti chop etgan ruscha nashirdan Asil Rashidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1973-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Qissa oʻzbek tilida bir necha marta chop etilgan. Jumladan, 1986-yil „Oʻqituvchi“ nashriyotida „Birinchi muallim“ va „Boʻtakoz“ qissalari bilan bir qatorda toʻplam oʻlaroq bosilib chiqqan.

Yuqori