„Birinchi muallim“ (qirgʻizcha: Биринчи мугалим) — qirgʻiz yozuvchisi Chingiz Aytmatov qalamiga mansub qissa. Ilk bor 1961-yil qirgʻiz tilida chop etilgan. Qissa dastlab „Xalq muallimi haqida ballada“ (qirgʻizcha: Элдик мугалим жөнүндө баллада) deb nomlangan. 1962-yil muallifning oʻzi A. Dmitriyeva bilgan qilgan ruscha tarjimasi chop etilgan. Ruscha tarjima qirgʻizcha originalidan farq qiladi. Qissada taʼlim-tarbiyaning Qirgʻizistonning olis qishloqlariga yetib borishi haqida soʻz yuritiladi.
![]() „Birinchi muallim“ qirgʻiz tangasida | |
| Asl nomi | Биринчи мугалим |
|---|---|
| Muallif(lar) | Chingiz Aytmatov |
| Til | qirgʻizcha |
| Janr(lar)i | qissa |
| Nashr etilgan sanasi | 1961 |
„Birinchi muallim“ Aytmatovning eng taniqli asarlaridan biri boʻlib, bir necha tilga tarjima qilingan. Rejissyor Andrey Konchalovskiy 1965-yil qissa asosida „Birinchi muallim“ filmini suratga olgan.
Tarjimalari
„Oq kema“ qissasi bir necha tilga tarjima qilingan. Muallifning oʻzi A. Dmitriyeva bilan hamkorlikda rus tiliga oʻgirgan. Ruscha tarjima ilk bor 1962-yil iyulda „Noviy mir“ jurnalida chop etilgan.
Asarni oʻzbek tiliga Zaynab tarjima qilgan. Qissa oʻzbek tilida bir necha marta chop etilgan. Jumladan, 1986-yil „Oʻqituvchi“ nashriyotida „Boʻtakoʻz“ va „Oq kema“ qissalari bilan bir qatorda toʻplam oʻlaroq bosilib chiqqan.
