Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Safvet Neslişah Sulton (usmonli turkcha: نسل شاہ سلطان‎‎; 1925-yil dekabr — 2014-yil 30-may), Kichik Neslişah Sulton nomi bilan ham tanilgan Usmoniylar malikasi

Neslişah Sulton

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Neslişah Sulton
Tugʻilishi 25-dekabr 1925-yil
Budapesht, Vengriya
Vafoti 30-may 2014-yil(2014-05-30)
(88 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Dafn etilgan joy
Karadjaahmet qabristoni, Istanbul, Turkiya
Turmush oʻrtogʻi
  • Damat Avni Reda Bey
    (turm. 1953; ajr. 1969)
  • Damat Mehmed Shefik Ziyo
    (vaf. 1980)
Farzandlari
  • Sultonzoda Solih Reda Bey
  • Sultonzoda Umar Reda Bey
Toʻliq nomi
Safvet Neslişah Sulton
Sulola Usmoniylar
Otasi Shahzoda Mehmed Abdulqodir
Onasi Meziyet Xonim
Dini Islom, sunniylik

Safvet Neslişah Sulton (usmonli turkcha: نسل شاہ سلطان; 1925-yil dekabr — 2014-yil 30-may), Kichik Neslişah Sulton nomi bilan ham tanilgan Usmoniylar malikasi, sulton Abdulhamid II ning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Abdulqodirning qizi.

Yoshligi

Neslişah Sulton 1925-yil 25-dekabrda Vengriyaning Budapesht shahrida Usmoniylar imperiyasi tugatilganidan 3 yil oʻtib dunyoga kelgan. Sulola surgun qilingandan keyin tugʻilgani sababli u hech qachon toʻliq huquq bilan Sulton unvonini olmagan. Uning otasi Shahzoda Mehmed Abdulqodir Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulhamid II va Bidar Sultonning oʻgʻli edi. Onasi esa imperiya polkovnigi Mejid Beyning qizi Fotima Meziyet Xonim boʻlgan. Neslişah otasining yettinchi va soʻnggi farzandi hamda ikkinchi qizi, onasining esa ikkinchi farzandi boʻlib, undan bir yosh katta Bidar Sulton ismli opasi bor edi.

1940-yilda Ikkinchi Jahon urushi tufayli ularning oilasi Bolgariyaning Sofiya shahriga koʻchib oʻtdi va Neslişah xolasi Oysha Sultonning yonida Nice va Parijda yashadi.

Nikohlari

Neslişah Sulton Misrning Qohira shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda 1953-yilda Avni Reda Beyga turmushga chiqdi. Avni Reda Bey unga uylanib, damat boʻldi. Ularning birinchi farzandi, oʻgʻli Sultonzoda Solih Reda Bey 1954-yilda, ikkinchi oʻgʻli Sultonzoda Umar Reda Bey esa 1957/1959-yilda dunyoga kelgan. Ularning har ikkalasi ham Qohirada tugʻilgan. Keyinchalik ular Istanbulga koʻchib oʻtishdi va 1969-yilda ajrashishdi. Shundan soʻng Neslişah 1894-yilda tugʻilgankipr-turk millatiga mansub Amerika fuqarosi Mehmed Shefik Ziyoga turmushga chiqqan. U valiahd shahzoda Shahzoda Yusuf Izzeddinning qizi Shukriye Sulton eri boʻlgan va xotinidan keyin beva qolgan. Mehmed Shefik Ziyo ham unga uylangach, damat boʻlgan. 1980-yilda eri vafot etgach, Neslişah beva qolgan.

Keyingi hayoti va vafoti

2000-yil 2-aprelda Neslişah Shahzoda Mehmed Ziyoyiddinning qizi Mehrimoh Sultonning dafn marosimida qatnashgan. 2012-yil 2-aprelda esa oʻgʻillari bilan birga Shahzoda Umar Faruk va Sabiha Sultonning qizi Neslişah Sultonning dafn marosimida qatnashgan.

Neslişah Sulton 2014-yil 30-may kuni 88 yoshida Istanbuldagi Marmara taʼlim va ilmiy-tadqiqot shifoxonasida vafot etgan. U Shahzoda Mehmed Abdulqodirning oxirgi tirik farzandi va Abdulhamidning soʻnggi tirik nabirasi edi. Uning dafn marosimida qarindoshlari va Usmoniylar sulolasi aʼzolari qatnashgan. Neslişah Karacaahmet qabristonida onasi Fotima Meziyet Xonimning qabri yoniga dafn etilgan.

Farzandlari

Avni Reda Bey va Neslişah Sultonning ikki oʻgʻil koʻrgan:

  • Sultonzoda Solih Reda Bey (1954-yilda Qohirada tugʻilgan);
  • Sultonzoda Umar Reda Bey (1957/1959-yilda Qohirada tugʻilgan) 1995-yil 27-iyulda Istanbuldagi Shveysariya mehmonxonasida Ceylan Fethiye Redaga (qizlik familiyasi Palay; 1971-yilda tugʻilgan) uylangan va ikki qiz farzandli boʻlgan;
    • Meziyet Dilara Reda (1998-yilda tugʻilgan);
    • Neslişah Reda (2000-yilda tugʻilgan).

Nasl-nasabi

Yuqori