| Marlon Brando | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 3-aprel 1924-yil |
| Vafoti | 1-iyul 2004-yil (80 yoshda) |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor, rejissor |
| Mukofotlari |
|
Marlon Brando (1924-yil 3-aprelda tugʻilgan; 1-iyul 2004-yilda vafot etgan) – amerikalik aktyor, rejissor va siyosiy faol. Ikkita Oscar, ikkita Oltin Globus va uch karra BAFTA mukofoti sovrindori. Kino tarixidagi eng buyuk aktyorlardan biri.
The Godfather filmidagi mafiya sardori obrazi bilan mashhurlikka erishgan. Brando 1955-yilda „Eng yaxshi aktyor“ nominatsiyasida Oscar mukofotini olgan. 1973-yilda esa ikkinchi marotaba The Godfather filmi uchun berilgan „Eng yaxshi aktyor“ uchun Oscar mukofotini rad etgan va marosimga kelmagan.
Marlon Brando 2004-yil 1-iyulda nafas yetishmovchiligidan vafot etgan. Soʻnggi yillarda u semirib ketgan va deyarli uydan chiqmagan.
Oʻlimidan sal oldin aktyor Amerika Film Instituti tomonidan tuzilgan "100 yillikning 100 ta eng buyuk kino yulduzlari " roʻyxatida toʻrtinchi oʻringa joylashtirildi.
Time jurnali esa uni XX asrning eng nufuzli odamlari roʻyxatiga kiritgan.
- 3-aprelda tugʻilganlar
- 1924-yilda tugʻilganlar
- 1-iyulda vafot etganlar
- 2004-yilda vafot etganlar
- Oscar mukofoti sohiblari
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Alifbo boʻyicha aktyorlar