- Vikipediyada ismi Nazar va familiyasi Toʻrayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Toʻrayev Nazar Yoʻldoshevich (1938. 19.5, Denov tumani — 2023-yil 3-oktyabr, Oʻzbekiston) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), fizikamat, fanlari doktori (1980), professor (1982). Samarqand davlat universitetini tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida (1961—67), Elektronika institutida (1968—77, 2000—2001), Toshkent texnika universitetida (1977—83) ishlagan. Termiz unta rektori (1983—2000). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ilmiyoʻquv markazi direktori (2001-yildan). Ilmiy ishlari atom zarralarning qattiqjismlar sirtida sochilishi nazariyasi, ionlarning birlamchi va ikkilamchi sochilishiga oid. U nazariy fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib amalga oshirgan. Uning rahbarligida lazer nuri bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini nurlantirish ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan. Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputata (1990—95). "Mehnat shuxrati" ordeni bn mukofotlangan (1998).
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari