Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rta

MAN Auto-Uzbekistan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
JV Man Auto-Uzbekistan
Vebsayti www.man-avto.uz
«MAN Auto-Uzbekistan» pochta markasida
MAN TGS 26.280
MAN TGS 41.440

JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari o'rtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi. Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinadi.

Mahsulotlari

TuriModel
Ogʻir yuk mashinalariTGS 19.360, TGS 19.400 (Standart / Comfort), TGS 26.400 (Medium / ADR), TGS 33.480, CLA 18.280
SamosvallarCLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400, TGS 40.400
Beton aralashtirgichlarCLA 18.280, CLA 26.280, TGS 33.360, TGS 41.400
Suv tashgichlarCLA 18.280
AvtogudronatorCLA 18.280
AvtokranCLA 26.280
Kran-boshqaruvchiCLA 16.220
Axlat tashuvchiCLA 16.220
Suv sepuvchiCLA 18.280
Pritseplar, yarim-pritseplarbarcha turdagi pritseplar
Furgonlarbarcha turdagi furgonlar

Ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

2009100 dona
2010480 dona
2011658 dona
20121016 dona
20131300 dona
20141400 dona

Ссылки

Yuqori