Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ilmira Rahimjanova (1969-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kino va teatr aktrisasi, rejissor va teleboshlovchi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. Toshkent vi

Ilmira Rahimjonova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Ilmira Rahimjanova
Tavalludi 1969-yil 27-sentyabr (1969-09-27) (56 yosh)
Toshkent, Oʻzbek SSR, SSRI
Kasbi Aktrisa, rejissor, teleboshlovchi
Faoliyat yillari 1997 — hozirgi kun
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston

Ilmira Rahimjanova (1969-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — kino va teatr aktrisasi, rejissor va teleboshlovchi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida tugʻilgan. Aktrisaga 1997-2000-yillarda suratga olingan Sharof Boshbekovning „Charxpalak“ teleserialidagi „Loʻli Maryam“ obrazi katta shuhrat olib kelgan.

Ilmira Rahimjonova Toshkent shahridagi Madaniyat texnikumini tamomlagan. 1990-1994-yillari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi „Gulyor“ folklor etnografik xalq ansamblida baletmeyster boʻlib ishlagan.

Keyinchalik Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat institutida tahsil olgan.

1994-2005-yillarda Muqimiy nomidagi oʻzbek davlat musiqali teatrining xor artisti boʻlib ishlagan.

2005-2016-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida rejissor yordamchisi boʻlib ish boshlaydi. Rejissor va senarist Sobir Nazarmuhammedov shogird boʻlib, rejissorning yordamchi sifatida faoliyat yuritadi. Bu paytda Rustam Sa’diyevning „Muhabbat sinovlari“ (birinchi va ikkinchi qismlari), „Nahotki sen“ filmlarida, Bahrom Yoqubovning „Sarvinoz“, „Fotima va Zuhra“ badiiy filmlarida rejissor yordamchi sifatida ijod qiladi. Muzrob Boymurodovning „Qonli olishuv“ (2003), Umid Hamdaomovning „Shunqorlar“, Farhod Xudoyberganovning „Barakasini bersin“ badiiy filmlarida ishlaydi.

Ilmira Rahimjonova 2002-yil „Yoshlar“ telekanalidagi „Askar maktublari“ koʻrsatuvida boshlovchi sifatida ish boshlagan.

2016-2017-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida aktrisa sifatida faoliyat koʻrsatadi.

2018-2020-yillarda Oʻzbekiston Respiblikasi Mudofaa vazirligi madaniyat va ma’rifat markazi qoshidagi „Turon“ davlat harbiy teatri akrisasi. Aktrisa Husniya rolini ijro etgan „Faridaning ikki ming qoʻshigʻi“ filmi 94-Academy Awards, Oscar taqdimotida Oʻzbekiston nomidan „Eng yaxshi xalqaro film“ nominatsiyasida qatnashgan. 2026-yil 28-mayda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Filmografiyasi

Filmlarda
Yil Sarlavha Rol Izoh
2000 Chayongul Guli Drama
2003 Muhabbat sinovlari Bank xodimasi Melodrama
2004 Devona Pochtachi Drama
2005 Fotima va Zuxra Detektiv
2007 Zabarjad Zabarjad Drama
2007 Soʻginch sohili Maryam Drama
2008 Iblis devori Ofat Drama
2008 Oydinov Zebo Drama
2010 Farishta Dilhush Drama
2010 Narigi sohildagi bolalik Drama
2010 "Ona" qisqa metrajli film Mushtarak Drama
2020 Faridaning ikki ming qoʻshigʻi Husniya Drama
Seriallarda
Yil Sarlavha Rol Izoh
1997-2000 Charxpalak Loʻli Maryam
2019 Ojiza
2019 Malak
2020 Muhabbat liboslari
2020 Chegaradagi qishloq
Teatrlarda
Yil Sarlavha Rol
2006 Toʻmaris Toʻmaris
2006 Chiston
2018 Sarvqomat dilbarim[sayt ishlamaydi]
2019 Oʻlan (Wayback Machine saytida 2025-01-28 sanasida )
2024 Omon boʻlsang unutma
2024 Qizil olma
2025 Ota Shafiqa Veliyeva
2025 Oyanda-da go'zaldir Ona
2025 Taq-taq-taq, eshigingni och, qizaloq!
2025 Chag'alay
Yuqori