Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Joel Kojo (inglizcha: Joel Kojo, 1998-yil 21-avgustda tugʻilgan) – Ganalik professional futbolchi. Hozirda Qirgʻiziston fuqarosi Eronning „Istiqlol“ klubi va Qi

Joel Kojo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Joel Kojo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joel Kojo
Tavallud sanasi 1998-yil 21-avgust (1998-08-21) (28 yosh)
Tavallud joyi Akkra, Gana
Boʻyi 1.74 m (5 ft 8 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Neftchi (Istiqlol jamoasidan ijara)
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
KK Adonteng Stars
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017—2021 Alay 59 (52)
2021—2023 Dordoy Bishkek 35 (14)
2023—2024 Dinamo Samarqand 50 (26)
2025— Istiqlol 11 (2)
2025   Neftchi 11 (3)
Milliy terma jamoa
2023— Qirgʻiziston 23 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 22-noyabr uchun)

Joel Kojo (inglizcha: Joel Kojo, 1998-yil 21-avgustda tugʻilgan) – Ganalik professional futbolchi. Hozirda Qirgʻiziston fuqarosi Eronning „Istiqlol“ klubi va Qirgʻiziston terma jamoasida hujumchi ampulasida oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati

Kojo oʻz vatani, Ganada „KK Adonteng“ jamoasida oʻynagan. 2017-yilgi mavsumda Qirgʻizistonning „Alay“ (Oʻsh) klubiga oʻtgan va 2018-yilgi mavsum yakunida 26 gol bilan Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Kojo shuningdek, Alay jamoasi bilan vitse-chempion boʻlgan va Qirgʻiziston kubogi finaliga qadar yetib borgan. Alay jamoasi bilan OFK kubogi oʻinlaridan ishtirok etgan.

2021-yilning yanvarida Qirgʻizistonning boshqa bir jamoasi, Bishkekning „Dordoy“ klubiga oʻtgan. Kojo 2022 yilgi mavsumni klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi, ligada 10 ta va Qirgʻiziston Superkubogida bir marta gol urdi . Dordoy jamoasi safida 2 mavsum davomida oʻynagan va 39 oʻyinda 15 ta gol muallifi boʻlgan. 2023-yilning yanvarida klubni tark etgan.

2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirok etgan Samarqandning „Dinamo“ klubi bilan shartnoma imzolgan. 2023-yil 29-mart kuni Kojo Samarqandning „Dinamo“ jamoasi safida Namanganning „Navbahor-2“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) xet-trik qayd etgan. Mavsum davomida Samarqand jamoasi safida 23 ta oʻyinda ishtirok etgan va 14 ta gol muallifi boʻlgan.

Oʻzbekiston Superligasining 2024-yilgi mavsumida ham „Dinamo“ jamoasining asosiy futbolchilaridan boʻlgan. 2024-yil aprel oyida oyning eng yaxshi futbolchi boʻlishi uchun davogarlar roʻyxatiga kirgan. Superliga 2024-yiligi mavsumining oʻrtasida Kojo „Dinamo“ klubi bilan 2025-yil yakuniga qadar shartnoma imzolagan. 2024-yilgi yozgi transferlar oynasida Eronning „Istiqlol“ klubidan transferini sotib olish taklif boʻladi, ammo „Dinamo“ klubining bosh direktori Dilshod Sharofutdinov forslarning bu taklifiga rad javobini beradi.

Joel Kojo 2024-yil yakunlari boʻyicha Qirgʻiz Respublikasining eng yaxshi futbolchisi deb topiladi. Oʻzbekiston Superligasining 2024-yiligi mavsumi yakunlangach Joel Kojo „Dinamo“ bilan xayrlashadi. Eronning „Istiqlol“ klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi. Kojo „Dinamo“ safida barcha turnirlarda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushib 26 ta gol va 7 ta golli uzatma beradi.

Terma jamoadagi faoliyati

2023-yil 18-may kuni Kojo 2023-yilgi CAFA Millatlar kubogi tarkibida ilk bor Qirgʻiziston terma jamoasiga chaqirilgan. 2023-yil 16-iyunda Kojo Qirgʻiziston terma jamoasi safida debyut qilgan va Eron terma jamoasiga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Atay Jumashevning oʻrniga 58-daqiqada maydonga tushgan.

2024-yil 25-yanvarda Kojo Qirgʻiziston terma jamoasining 2023-yilgi Osiyo Kubogidagi yagona golini Ummonga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan.

2024-yil 26-mart kuni Kojo 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Xitoy Taypeyiga qarshi oʻz uyida 5:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, oʻzining ilk terma jamoasi tarkibidagi xet-trikiga erishgan.

Shaxsiy hayot

Kojo Ganada tugʻilgan va musulmon diniga eʼtiqod qiladi. Joel 2017-yildan Qirgʻizistonda istiqomat qilmoqda va Qirgʻiziston futbol ligalarida ishtirok etgan. 2023-yil Qirgʻiziston fuqaroligiga qabul qilganidan soʻng Qirgʻiziston terma jamoasiga jalb etilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Statistika 2024-yil 7-noyabrga oid
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Jami
DivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Alay 2018 Qirgʻiziston Premyer-ligasi 2126612716
2019 2419202619
2020 147147
Total 5941816752
Dordoy Bishkek 2021 Qirgʻiziston Premyer-ligasi 13421155
2022 2210202410
Total 3514413915
Dinamo Samarqand 2023 Oʻzbekiston Pro ligasi 1711642315
2024 Oʻzbekiston Superligasi 227332510
Jami 3918974825
Career total 133739712215482
  1. OFK kubogidagi ishtiroki va gollari

Xalqaro

2024-yil 19-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika

Qirgʻiziston terma jamoasi
YilOʻyinlarGollar
202392
2024148
Total2310

Terma jamoa safidagi gollari

Hisob va natijalar birinchi boʻlib Qirgʻizistonning gollar sonini sanab oʻtadi.
SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.2023-yil 11-sentyabrThe Sevens stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari Kuvayt
2–1
3–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
2.
3–1
3.2024-yil 9-yanvarAl Egla Training Facility, Doha, Qatar Vyetnam
1–0
2–1
Oʻrtoqlik uchrashuvi
4.2024-yil 25-yanvarAbdulloh bin Xalifa stadioni, Doha, Qatar Ummon
1–1
1–1
AFC Osiyo Kubogi 2023
5.2024-yil 26-martDolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston Xitoy Taypeyi
1–0
5–1
2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi
6.
2–0
7.
3–0
8.2024-yil 10-sentyabrDolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston Oʻzbekiston
1–0
2–3
2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi
9.2024-yil 19-noyabrDolen Omurzakov stadioni, Bishkek, Qirgʻiziston Eron
1–2
2–3
2026-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashining 2-bosqichi
10.
2–2

Yutuqlar

Alay
Dordoy
  • Premyer-liga gʻolibi: 2021
  • Qirgʻiziston Superkubogi gʻolibi: 2021, 2022
Istiqlol Tehron
  • Eron Superkubogi sohibi: 2024/25
Neftchi

Individual

  • Qirgʻiziston Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2018
Yuqori