Boxtar (tojikcha: Бохтар) — Tojikiston Respublikasidagi shahar. Qo’rg’ontepa viloyati markazi. Vaxsh vodiysida, Vaxsh daryosining chap sohilida, oʻrtacha 428 m balandlikda. Dushanbe shahridan 99 km janubda joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi (Boxtar orqali Termiz — Yovon temir yoʻli oʻtgan). Aholisi 107,4 ming kishidan ziyod (2016).
| shahar | |
![]() | |
| 37°50′11″N 68°46′49″E / 37.83639°N 68.78028°E | |
| Mamlakat | Tojikiston |
| viloyat | Xatlon viloyati |
| Hukumat | |
| • Hokim | ShohAbror_Davlat |
| Maydon | 28,520 km2 (11,010 kv mi) |
| Markazi balandligi | 506 m |
| Rasmiy til(lar)i | tojik tili|tojikcha |
| Aholisi (2022) | 126 700 |
| Milliy tarkib | oʻzbeklar, tojiklar, ruslar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Telefon kodi | +992-3222 |
| Avtomobil kodi | 03 |
| | |
Tarixi
Yozma manbalar va arxeologik topilmalar tasdiqlashicha kushonlar davrida 1—4-asrlarda vujudga kelgan va oʻsha paytda Levakand deb yuritilgan. Arablar istilosigacha shahar obod boʻlgan. pul zarb qilingan. 7—8-asrlarda shahar xalifalik tarkibida, 13-asrdan moʻgʻullar, soʻng Temuriylar va Shayboniylar tasarrufida boʻlgan. 16-asrda shahar ancha ravnaq topdi. Qoʻrgʻontepaning hozirgi nomi tarixiy manbalarda ilk bor 17-asrdan uchraydi. Shahar yonidagi baland tepalik kushonlar davridan qolgan qoʻrgʻon xarobasi deb taxmin qilinadi.
Ijtimoiy soha
Transformator taʼmirlash, mexanika, paxta tozalash, gʻisht, sut, pivo, mevasabzavot konserva, yogʻ-moy zavodlari, non, goʻsht, don mahsulotlari ishlab chiqarish, maishiy xizmat koʻrsatish kombinatlari, "Tojikatlas" korxonasi, tikuvchilik ishlab chiqarish birlashmasi ishlab turibdi. Pedagogika universiteti, energetika texnikumi, hunar-texnika bilim yurtlari, tibbiyot va pedagogika oʻrta maxsus bilim yurtlari. 12 umumiy taʼlim, musiqa maktablari bor. Shahar markazida Ismoil Somoniyga haykal oʻrnatilgan.

