| Nikolaye Timofti | |
|---|---|
| rumincha: Nicolae Timofti | |
![]() | |
| Tavalludi | 1948-yil 22-dekabr Chutuleshti, Moldova, SSRI |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Margarita |
| Bolalari | Aleksey Nikolay Shtefan |
| Mukofotlari | |
Nikolaye Timofti (rumincha: Nicolae Timofti, Николае Тимофти) – Moldova davlat va siyosat arbobi, 2012-yil 23-martdan 2016-yil 23-dekabrgacha mamlakat Prezidenti.
Biografiyasi
Nikolae Timofti 1948-yil 22-dekabrda Moldaviya SSR Floresti tumani Chutulesti qishlogʻida siyosiy sabablarga koʻra deportatsiya qilinganlar oilasida tugʻilgan. Otasi Vasiliy Timofti (rumincha: Vasile Timofti), onasi Yelena Timofti (rumincha: Elena Timofti). U katta oilada oʻsgan, oʻrta maʼlumotni mahalliy maktabda olgan.
1964—1965-yillarda Floresti shahar tuman yoʻl boshqarmasida ishchi. Keyin, 1967 yilgacha Timofti mexanik va avtoulovchi boʻlib ishladi. Keyin u Moldova davlat universitetining yuridik fakultetida tahsil oldi. Universitetni tugatgandan soʻng, Nikolay Timofti Sovet armiyasida xizmat qilgan va „katta leytenant“ harbiy unvoniga ega.
1974-1976-yillarda Moldaviya SSR Adliya vazirligida maslahatchi lavozimida ishlagan.
1976-1980-yillarda Kishinyov shahrining Frunzenskiy tumani sudyasi.
1980-1990-yillarda Moldaviya SSR Oliy sudi sudyasi.
1990-1996-yillarda Oliy sud raisining oʻrinbosari, sudyalar hay’ati raisi.
1996-yildan 2001-yilgacha Moldova Respublikasi Apellyatsiya sudi raisi, Sudyalar uyushmasi raisi, Moldova Respublikasi Oliy magistratura kengashi aʼzosi.
2005-yilda u yana Moldova Oliy sudining sudyasi etib tayinlandi.
1995-2000 va 2005-2009-yillarda – Oliy magistratura kengashining aʼzosi.
2012-yil 16-martda Nikolaye Timofti parlamentning 62 aʼzosi ovozi bilan Moldova Respublikasi Prezidenti etib saylandi. Bu lavozimni 2016-yil dekabr oyining oxirigacha egalladi, uning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri saylangan prezident Igor Dodon keldi.
Oilasi
- Margarita Timofti – xotini. Soroka tumanidagi Parcani qishlogʻida tugʻilgan. Moldova Davlat universitetining kutubxonashunoslik va bibliografiya fakultetini tamomlagandan soʻng Kishinyovdagi Respublika yoshlar kutubxonasida bibliograf, sektor mudiri, keyin boʻlim mudiri lavozimlarida ishlagan. 2010-yildan hozirgi kunga qadar Moldova parlamenti kotibiyati Bosh yuridik boshqarmasining Yevropa huquqi, qonun hujjatlarini yaqinlashtirish, qonunchilik axboroti boʻlimi bosh maslahatchisi.
- Aleksey Timofti (1979-yilda tugʻilgan) – toʻngʻich oʻgʻil. Aleksandru Ioan Kuza universitetining huquq fakultetida, keyin Jorj Vashington universitetida tahsil olgan. AQShda yashaydi, uning rafiqasi Nikoleta Vashingtondagi Greenberg Traurig LLP da sud ishlarida advokat boʻlib ishlaydi.
- Nikolay Timofti (1983-yilda tugʻilgan) – oʻgʻil. Yuridik fakultetni tugatgan. Bir nechta telekanal va radiolarda ishladi. U xususiy telekanallardan birida sport yangiliklari boshlovchisi sifatida shuhrat qozongan.
- Stefan Timofti (1991-yilda tugʻilgan) – oʻgʻil. U futzalga qiziqadi, mamlakatning turli futzal ligalarida ishtirok etadi.
- 22-dekabrda tugʻilganlar
- 1948-yilda tugʻilganlar
- Chutuleshtida tugʻilganlar
- Serbiya Respublikasi lentali ordeni sohiblari
- Moldova prezidentlari
- Yashayotgan insonlar
- Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari
