Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov (1917—1977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbe

Joʻraxon Rahmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Joʻraxon va familiyasi Rahmonov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov
Fayl:Joʻraxon Rahmonov.jpg
Tavalludi 18.08.1917
Oʻsh
Vafoti 7.04.1977
Oʻsh shahrida
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya Respublikasi → Sovet Ittifoqi
Turmush oʻrtogʻi Oyimxon (3.01.1929-20.09.1997)
Bolalari Mamir Joʻrayev (29.05.1949), Anziratxon (18.10.1951), Muyassarxon (27.07.1955), Sanjarbek hoji (4.12.1959-1.05.2012), Minuraxon (29.05.1962), Muazzamxon (2.09.1964), Anvar (13.03.1969-6.03.2004).
Otasi Rahmonberdi Madazimov - davlat arbobi, Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh oʻzbek akademik musiqali drama teatrining asoschisi va tashkilotchisi, yozuvchi.
Onasi Bibihon 1884 - 26.03.1922 Tojikistonning Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
Mukofotlari
Andoza:Медаль Двадцать лет победы в Великой Отечественной войне 1941-1945 гг.«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov (1917—1977) — sovet sanʼatkori, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschilaridan biri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1974), Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan.

Hayot yoʻli

Joʻraxon Rahmonberdiyevich Rahmonov 1917-yilda Oʻsh shahrining „Shayxlar“ mahallasida tugʻildi. Otasi Qirgʻizistonda teatr harakatining asoschisi, Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining asoschisi va birinchi direktori, badiiy rahbari va rejissori Oʻshda taniqli arbob Rahmonberdi Madazimov boʻlgan. Joʻraxon Rahmonov 20 yoshga toʻlganda, otasi tashkil etgan Oʻsh oʻzbek drama teatrida ijodiy faoliyatini 1937-yildan boshladi. 1938-yili Sovet armiyasi safiga chaqirildi. Fin va Ikkinchi Jahon Urushilarida va Leningrad qamalida ishtirok etgan. 2-Belorus frontining 9-tank korpusi 95-tank brigadasida katta serjant lavozimida xizmat qilgan. Rossiyani, Ukrainani, Bellorussiyani, Polshani, Germaniyani, Berlin va Reyxstagni ozod etishda qatnashgan. SSSR mudofaa vaziri, Sovet Ittifoqi marshali A. Grechko Joʻraxon Rahmonov nomiga Gʻalaba kuni bilan yozma tabriknoma joʻnatgan. Kommunistik partiya va Sovet hukumati Joʻraxon Rahmonovning Ikkinchi Jahon Urushidagi jasoratlarini yuksak baholab, urush davridagi koʻrsatgan qahramonliklari uchun 2-darajali "Vatan urushi" ordeni (buyruq 9-TK № 015/p 23-avgust 1943-yil) va koʻplab medallar bilan taqdirlangan.

Pochchasi Izzatullo Sultonov Yangiyoʻl tumaniga koʻchib ketadi va Shuralisoy qishloq kengashini tuzib, masʼul kotibi, soʻng raisi lavozimlarida ishlaydi va yangi yerlar oʻzlashtirishda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda faol ishtirok etadi. Ulugʻ Vatan urushi tugagach, Shuralisoyda yangi teatr ochib, unga jiyani Joʻraxon Rahmonovni chaqirtiradi va u umr yoʻldoshi Oyimxon bilan keladi. Joʻraxon Rahmonov teatrni asoschisi va badiiy rahbari boʻlgan. U teatrda qarindoshlari Zulfiya, Karomat opalar, pochchasi Toshkentboy naychilar ishlashgan. Shuralisoydagi teatrni ijodiy faoliyatini yoʻlga qoʻygandan soʻng Joʻraxon Oʻsh drama teatriga qaytib keladi. Ijodiy jamoaning va Joʻraxon Rahmonovning kamolotga erishuvida Ch. Aytmatovning „Momo yer“, K.Yashinning va M. Muhamedovning „Dilorom“, V. Shekspirning „Otello“ asarlarini sahnalashtirilishi alohida bosqich boʻldi. Teatr ellikinchi-olmishinchi yillarga kelib mustamlaka va qaram mamlakatlarda milliy ozodlik harakatining avj olishi, mazlum xalqlarning ozodlik, demokratiya uchun kurashi mavzuiga, aniqrogʻi xorijiy Sharq yozuvchilarning shu mavzudagi asarlariga murojaat etdi. Yozuvchi Sohib Jamolning „Guli siyoh“, „Afsonaviy shaxs“ asarlari asosida ishlangan musiqali dramani tomoshabinlar mamnuniyat bilan kutib oldilar.

Ijodiy jamoa va uning safida Joʻraxon Rahmonov kamolot pillapoyalaridan dadil koʻtarilib borib, jahon va rus adabiyoti klassiklarining asarlariga murojaat qila boshladi. Birdaniga uchta klassik asar: N. Gogolning „Revizor“ va „Uylanish“, Karlo Gotssining „Malika Turandot“ sahnaga qoʻyildi va Joʻraxon Rahmonov ularda bosh rollarni ijro etdi. Keyingi yillarda Sh. Rashidovning „Qudratli toʻlqin“, K. Trenyovning „Lyubov Yarovaya“, „Qizil galstuk“, F. Shillerning „Makr va Muhabbat“, K. Goldonining „Ikki xoʻjayinning bir quli“, A. Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“, N. Boytemirovning „Urqiya“, „Toʻy oldidan toʻpolon“, „Sevgi, jaz va shayton“ asarlarida Joʻraxon Rahmonov bosh rollarni muvaffaqiyatli oʻynadi. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz tilini aʼlo darajada bilgani uchun Oʻsh shahrida qirgʻiz drama teatri (1974 yili qurilgan) tuzilguncha qirgʻiz yozuvchilarining klassik va zamonaviy dramalarini Bobur nomli teatrida sahnalashtirishida faol qatnashgan. Joʻraxon Rahmonov qirgʻiz dramaturglari pesalaridagi rollarni sof qirgʻiz tilida ijro etgan. Bu bilan u mustaqil Qirgʻiziston tuzilguncha qirgʻiz tilini teatr sahnasida targʻibot-tashviqot qilgan. 1957 yili Qirgʻiziston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. 14-25-oktabr 1958 yili Joʻraxon Rahmonov teatr jamoasi bilan birga Moskva shahrida Qirgʻiziston sanʼati va adabiyoti ikkinchi dekadasida qatnashdi. 20-fevral 1961 yili Qirgʻiziston teatr jamiyati 1 sʼezdida qatnashdi. 1967 yili teatr safida Joʻraxon Rahmonov qardosh Tojikistonda gastrolda boʻldi. Gastrol muvaffaqiyatli oʻtganligi uchun jamoa Tojikiston SSR madaniyat vazirligining faxriy yorligʻi bilan taqdirlandi. 11-17-iyul 1967 yili Moskvada Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati kunlarida qatnashdi. 4-14-sentabr 1969 yili Oʻzbekistonda Qirgʻiziston adabiyoti va sanʼati dekadasida qatnashdi. 2-10-aprel 1970 yili V.Lenin 100-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati bayramida qatnashdi. 1-10-iyun 1974 yili Qirgʻiziston SSR va Qirgʻiziston Kompartiyasi 50-yilligiga bagʻishlangan SSSR xalqlari sanʼati „Olatogʻ bahori“ 5-festivalida qatnashdi.

Teatr jamoasi 1974 yili qardosh Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda gastrolda boʻldi. Teatr jamoasi ilgari bir necha marta Oʻzbekiston poytaxtida gastrolda boʻlsa-da, bu safargisi dastur koʻlami jihatidan birinchi katta gastrol edi. Toshkentlik sahna muxlislariga toʻrt spektakl — Sharof Rashidovning „Qudratli toʻlqin“ musiqali dramasi, Joʻra Mahmudovning „Sohibjamol“ lirik fojiasi, Qosimali Jontoʻshevning „Moʻylovli qiz“ musiqali komediyasi va Umarjon Ismoilovning „Rustam“ musiqali dramasi hamda katta konsert dasturi namoyish etildi. Tomoshabinlar har bir spektakl va konsertni mamnuniyat bilan kutib oldilar. Safar davomida teatr jamoasi sanʼatni targʻib qilishda muhim rol oʻynagan gastrollarni Oʻzbekistonda muvaffaqiyatli oʻtkazganligi uchun Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorligʻi bilan mukofotlandi. Hamma oʻynagan bosh rollari yuksak baholanib, teatrning yetakchi aktyori Joʻraxon Rahmonovga Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi rayosatining 5-iyul 1974 yildagi 164 sonli qaroriga asosan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ushbu faxriy unvonni qirgʻizistonlik faqat ikkita artistgina olgan.

1977 yili teatrda quvonchli voqea yuz berdi. Teatr 1977 yilning birinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha Butunittifoq sotsialistik musobaqasida Ittifoq teatrlari ichida ikkinchi oʻrinni egalladi. Teatr nomiga KPSS Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzoligiga nomzod, SSSR madaniyat vaziri P. N. Demichev va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari MQ raisi M. Pashkovdan tabrik telegrammasi keldi va teatr diplom va fahriy yorliq bilan taqdirlandi. 1992 yili avvalgi Kirov nomi oʻrniga teatrga Z. M. Bobur nomi berildi.

Joʻraxon Rahmonov teatr sahnasida 100 dan oshiq rollarni ijro etgan komik, tragik, lirik va dramatik aktyor boʻlgan. Uning teatrdagi koʻplab komik luqmalarini, hazil-mutoyibalarini va askiyalarini dramaturg Abdugʻani Abdugʻafurov „Mushtum“ jurnalida, 2000 yilda nashr etilgan „Oʻshning oqil farzandlari“ kitobining 129-130 betlarida yozilgan. Abdugʻani Abdugʻafurovning 1980-yili va fevral 2010 yilda nashr etilgan „Oʻshning akademik teatri“ kitobining 6, 45 betlarida Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrining faoliyat koʻrsatishdagi xizmatlari aks ettirilgan, 41 betda Joʻraxon Rahmonovning teatr jamoasi bilan birga tushgan rasmi chiqqan. Joʻraxon Rahmonovning Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga qoʻshgan hissasi yuksak baholanib, Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi rayosatining ikki marta (№ 44880 10-fevral 1968-yil va № 52654 28-avgust 1974-yil) fahriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Qirgʻiziston boʻyicha ushbu fahriy yorliq bilan ikki marta mukofotlangan arboblar sanoqli boʻlgan. 28-yanvar 1976 yili 9-besh yillik golibi medali bilan mukofotlandi.

1977 yil 7-aprel kuni Joʻraxon Rahmonov kasallikdan soʻng vafot etdi. Juma kuni, uni qabrga qoʻyish marosimida Oʻsh viloyati partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, keyinchalik respublika vazirlar kengashi raisi Sulton Ibraimov, Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi rahbarlari Sultanov, Sidorov va boshqa rasmiylar qatnashgan. Ular oʻzining xayrlashuv soʻzlarida Joʻraxon Rahmonov haqida iliq soʻzlar aytishgan. Joʻraxon Rahmonov vafot etgandan soʻng, qarindoshlarini Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi chaqirdi va vafot etgan teatr artistini xotirasini abadiylashtirish kerakligini va u tugʻilib oʻsgan va yashagan Alebastrova koʻchasini uni sharafiga nomlash kerakligini taklifini aytgan. Shuningdek Oʻsh viloyati madaniyat boshqarmasi shunday taklif bilan chiqqan. Lekin qarindoshlari azada edi, hech qayerga borishmadi va murojaat etishmadi. Shuning uchun boʻlsa kerak oʻsha paytda Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi Joʻraxon Rahmonov nomiga koʻchani nomlamadi. Qarindoshlari esa soddaligi, tortinchoqligi va jiddiyligi tufayli oʻzlari ushbu masalani boshqa koʻtarmadi va yelib-yugurmadi. Lekin koʻp yillar oʻtgandan soʻng, tushunib yetyapmizki, Qirgʻiziston madaniyati va sanʼati rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan arboblarni xotirasini abadiylashtiribgina, biz oʻsib kelayotgan avlodda Qirgʻiziston xalqlarining madaniyatini hurmat qilish hissini tarbiyalay olamiz. Joʻraxon Rahmonov yettita farzandni tarbiyalagan. Uyida hamisha pokizalikni talab qilgan. Joʻraxon Rahmonovning toza, ajoyib, maʼnaviy barkamol, insonparvar, yorqin siymosi bizning xotiramizda va qalbimizda abadiy saqlanib qoladi.

Joʻraxon Rahmonov Oʻsh viloyati, Oʻsh shahar, Qorasuv tumani kengashlari deputati boʻlib saylangan.

Oʻynagan rollari

Filmografiya

Yil Oʻzbekcha nomi Haqiqiy nomi Roli
1971 ru:Захар Беркут (фильм, 1971) Zaxar Berkut Epizod
1972 ru:Улица (фильм, 1972) Kocho Xoʻroz urushtiradigan
1964 ru:Джура (фильм, 1964) Joʻra Bosmachi
1939 ru:Азамат (фильм, 1939) Azamat Epizod

Artist

Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatrida ijodiy faoliyati 1937-1977 yillarda. Yuzlab rollar ijro etgan, koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan. Tomoshabinlarga quyidagi oʻynagan bosh va epizodik rollari yoqqan: „Boy ila xizmatchi“dagi batrak, „Toʻqtagʻul“dagi Toʻqtagʻul, „Revizor“dagi shahar hokimi, „Uylanish“dagi pristav, M.Rahmonning „Botir va Raʼno“, „Ravshan va Zulxumor“dagi Aynoq botir, „Momaqaldiroq“dagi Dikoy, „Toshbolta oshiq“dagi Toshbolta, „Tohir va Zuhra“dagi Boboxon, „Farhod va Shirin“dagi Yosuman, „Vatan ishqi“dagi Mavlon, „Besh soʻmlik kelin“dagi ota, „Fargʻona tong otguncha“dagi Qodirqul mingboshi, Ch. Aytmatovning „Birinchi oʻqituvchi“, F. G. Litvinskaya, M.Azizovning „Qonli kunlar“, Sohib Jamolning „Ajoyib shaxs“, „Orzigul“dagi shoh, M.Karimovning „Notanish tanishginam“dagi Jengish ogʻa, Nemis ofitseri roli, A.Qodiriyning „Oʻtgan kunlar“, „Nodira“, „Surmaxon“, „Aziz qizlar“, A.Abdugʻafurovning „Qizgʻanchiqlik“, „Aldangan qiz“, Sh. Rashidovning „Boʻrondan kuchli“ va boshqa koʻplab rollari tanqidchilarning tahsinlarini olgan va tomoshabinlarni esida koʻp yillar davomida hanuzgacha qoldi. Shuningdek koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Joʻraxon Rahmonovning Bobur nomli Oʻsh Davlat akademik oʻzbek musiqali drama teatri sahnasida rollar ijro etgan asarlar roʻyxati

God Nazvanie Originalnoe nazvanie oʻzbekcha: {{{1}}} Avtor
1937Obman i lyubovMakr va muhabbatFriedrich Schiller
1937Farhod va ShirinFarhod va ShirinSh. Xurshid
1938Sluga dvux gospodIkki xoʻjayinga bir qulK.Goldoni
1938Sablya UzbekistanaOʻzbekiston qilichiSobir Abdulla
1946Chest jenщiniAyol nomusiMuxtarov
1947VesnaNavbahorUygʻun
1947Farhod va ShirinFarhod va ShirinSh. Xurshid
1948Krasniy galstukQizil galstukK. Trenyov
1948Pesnya jizniHayot qoʻshigʻiUygʻun
1948AltinkulOltinkoʻlUygʻun
1949LepestkiGʻunchalarZinnat Fatxullin
1949SemurgʻSemurgʻHamid Olimjon
1950AdolatAdolatIsmoil Akram
1950AlpomishAlpomishSobir Abdulla
1951ToktogulToʻqtagʻulJ. Bokonbayev
1951Layli va MajnunLayli va MajnunSh. Xurshid
1952YoriltoshYoriltoshShukur Saʼdulla
1952RadostShodlikMahmud Rahmon
1952Shyolkovoe syuzaneShohi soʻzanaAbdulla Qahhor
1953Alisher NavoiyAlisher NavoiyIzzat Sulton
1953Natalka PoltavkaNatalka PoltavkaN. Lisenko
1953NurxonNurxonKomil Yashin
1954Prazdnik na poleDalada bayramShukur Saʼdulla
1954Serdechnie sekretiYurak sirlariBaxrom Rahmonov
1955OftobxonOftobxonKomil Yashin
1955Devushka reki GangGang daryosining qiziRabindranath Tagore
1956Ravshan i ZulxumorRavshan va ZulhumorKomil Yashin
1956Lyubov k RodineVatan ishqiZinnat Fatxullin
1956Sunduk sekretovSirli sandiqI. Axmedov
1957AlpomishAlpomishSobir Abdulla
1957YulduzYulduzSamad Vurgʻun
1958Oygul i BaxtiyarOygul va BaxtiyorHamid Olimjon
1958Imenem revolyutsiiRevolyutsiya nomi bilanM. Shatrov
1959OrzigulOrzigulTursun Sobirov
1959Oshiq Gʻarib va ShohsanamOshiq Gʻarib va ShohsanamAhmad Bobojon
1959TayfunTayfunAhmad Bobojon
1959Sekreti parandjiParanji sirlariHamza
1960Na visokoy zemleBaland yerdaQuvonchbek Malikov
1960Tashbalta vlyublyonToshbolta oshiqHamid Gʻulom
1960Prinsessa TurandotMalika TurandotCarlo Gozzi
1961Yesli tvoya golova krivayaBasharang qiyshiq boʻlsaRixsi Orifjonov
1961DiloromDiloromKomil Yashin
1962Dva brasletaIkki bilakuzukShukur Saʼdulla
1962Sudba otsaOtaning taqdiriBeksultan Jakiyev
1963DityaFarzandMuhammadjon Xayrullayev
1963Golos iz grobaTobutdan tovushAbdulla Qahhor
1963Meli xobbon, Nabi tovonMeli habbonu Nabi tovonYahyoxon Mamatxonov
1964Tragediya poemiGʻazal fojiasiAhmad Bobojon
1964Dorogie devushkiJon qizlarBoyseitov, Shangitboyev
1964OtelloOtelloU. Shekspir
1964Chertova devushkaShayton qizQosimali Jontoʻshev
1964NimmiNimmiPremchand
1965Guli siyoxGuli siyohSohib Jamol
1965Lyubov v molodostiYoshlikda bergan koʻngilZinnat Fatxullin
1965Gorniy berkutTogʻ burgutiQosimali Jontoʻshev
1965Polyot berkutaBurgutning parvoziIzzat Sulton
1966Neizvestniy chelovekNomaʼlum kishiIzzat Sulton
1966Gul i NavruzGul va NavroʻzSobir Abdulla
1966Materinskoe poleMomo erChingiz Aytmatov
1966ParvonaParvonaUygʻun
1967DiloromDiloromAlisher Navoiy
1967Abdulla NabiyevAbdulla NabiyevAdham Rahmat
1967SvatiQudalarOʻtkir Rashid
1967Devushka s usamiMoʻylovli qizQosimali Jontoʻshev
1968Skorpion iz altaryaMehrobdan chayonAbdulla Qodiriy
1968Stryapuxa zamujemPazanda kuyovga chiqdiAnatoliy Sofronov
1968Novaya nevestaYangi kelinMirzabek Toybaev
1968Mej dvux ogneyIkki oʻt orasidaBekniyozov, Ismoilov
1968SojaleniePushaymonAbdugani Abdugafurov
1969JenitbaUylanishNikolay Gogol
1969Strannie veщiAjab savdolarHamid Gʻulom
1969Moguchaya volnaQudratli toʻlqinSharof Rashidov
1969Kogda zarya vzoydyot nad FerganoyFargʻonada tong otgunchaMirzakalon Ismoiliy
1970Kto smeyotsya poslednimYiqilgan toyganga kularT. Abdumomunov
1970Nevesta za 5 somBesh soʻmlik kelinM. Oʻrdubodiy
1970Deshyoviy jenixArzon kuyovShuhrat
1970Trebuetsya ljesYolgʻonchi darkorDimitras Psafas
1971Priklyucheniya ChanduChanduning sarguzashtlariA. D. Ilovayskiy
1971Obman po shariatuHiylai sharʼiyGuntekin
1971RustamRustamUmarjon Ismoilov
1971Pered rassvetomTong oldidanSuorun Omolloon
1972Chertovoe pokolenieShayton avlodMuxtorov
1972Devushka AtabekaOtabekning qiziToktobolot Abdumomunov
1972Zlo ot appetitaBaloyi nafsA. Abdugafurov
1973Nachalo jizniHayotning boshlanishiAbduqaxxor Mannonov
1973GrozaMomaqaldiroqAleksandr Ostrovskiy
1973Tashbalta vlyublyonToshbolta oshiqHamid Gʻulom
1973Gornaya krasavitsaTogʻ goʻzaliSaidmurodov
1974Kuydirmagan kundoshKuydirmagan kundoshA. Abdugafurov
1974KrasavitsaSohibjamolJura Maxmudov
1974AshirboyAshirboyAali Tokombayev
1974Prestuplenie bez nakazaniyaJazosiz jinoyatRixsi Orifjonov
1974Bunt nevestokKelinlar qoʻzgʻoloniSaid Ahmad
1975OrzigulOrzigulTursun Sobirov
1975RevizorRevizorNikolay Gogol
1975Chelovek izdalekaUzoqdagi odamUmaroxunov
1975Stariki s molodimi dushamiKoʻngli yosh qariyalarXutayev
1975AdolatAdolatIsmail Akram
1976Ruka drugaDoʻstim qoʻliMehribon Nazarov
1976Nikomu ne govoriHech kimga aytmaT. Abdumomunov
1976Shutnik AliMasxaraboz AliBoboxonov
1976Sunduk sekretovSirli sandiqAxmedov
1977Perepolox pered svadboyToʻy oldidan toʻpolonPapayan
1977UrkuyaUrquyaNasirdin Boytemirov
1977Nasledstvo otsovOtalar merosiA. Abdugafurov
1977Jalost k jivotnomuArmonli jonivorAali Tokombayev
  • 1937 yil-Friedrich Schiller „Makr va muhabbat“, Sh. Xurshid „Farhod va Shirin“.
  • 1938 yil-K.Goldoni „Ikki xoʻjayinga bir qul“, Sobir Abdulla „Oʻzbekiston qilichi“
  • 1946 yil-Muxtorov „Ayol nomusi“.
  • 1947 yil-Uygʻun „Navbahor“, Sh. Xurshid „Farhod va Shirin“.
  • 1948 yil-K.Trenyov „Qizil galstuk“, M.Uygʻun „Hayot qoʻshigʻi“, Uygʻun „Oltinkoʻl“.
  • 1949 yil-Zinnat Fatxullin „Gʻunchalar“, Hamid Olimjon „Semurgʻ“.
  • 1950 yil-Ismoil Akram „Adolat“, Sobir Abdulla „Alpomish“.
  • 1951 yil-Bokonbayev „Toʻqtagʻul“, Sh. Xurshid „Layli va Majnun“.
  • 1952 yil-Shukur Saʼdulla „Yoriltosh“, Mahmud Rahmon „Shodlik“, Abdulla Qahhor „Shohi soʻzana“.
  • 1953 yil-Izzat Sulton „Alisher Navoiy“, Lisenko „Poltavalik Natalka“, K. YashinNurxon“.
  • 1954 yil-Shukur Saʼdulla „Dalada bayram“, Bahrom Rahmonov „Yurak sirlari“.
  • 1955 yil-K. Yashin „Oftobxon“, Rabindranath Tagore „Gang daryosining qizi“.
  • 1956 yil-K. Yashin „Ravshan va Zulxumor“, Zinnat Fatxullin „Vatan ishqi“, I.Ahmedov „Sirli sandiq“.
  • 1957 yil-Sobir Abdulla „Alpomish“, Samad Vurgʻun „Yulduz“.
  • 1958 yil-Hamid Olimjon „Oygul bilan Baxtiyor“, Shatrov „Revolyutsiya nomi bilan“.
  • 1959 yil-Tursun Sobirov „Orzigul“, Ahmad Bobojon "Oshiq Gʻarib va Shohsanam", A.Bobojon „Tayfun“, Hamza „Paranji sirlari“.
  • 1960 yil-Quvonchbek Malikov „Baland yerda“, Hamid Gʻulom „Toshbolta oshiq“, Karlo Gotssi „Malika Turandot“.
  • 1961 yil-Rixsi Orifjonov „Basharang qiyshiq boʻlsa“, K.Yashin „Dilorom“.
  • 1962 yil-Shukur Saʼdulla „Ikki bilakuzuk“, Beksulton Jakiyev „Otaning taqdiri“.
  • 1963 yil-Muhammadjon Xayrullayev „Farzand“, Abdulla Qahhor „Tobutdan tovush“, Yahyoxon Mamatxonov „Meli habbonu, Nabi tovon“.
  • 1964 yil-Ahmad Bobojon „Gʻazal fojiasi“, Boyseitov, Shangʻitboyev „Jon qizlar“, V.Shekspir „Otello“, Qosimali Jontoʻshev „Shayton qiz“, Premchand „Nimmi“.
  • 1965 yil-Sohib Jamol „Guli siyoh“, Zinnat Fatxullin „Yoshlikda bergan koʻngil“, Qosimali Jontoʻshev „Togʻ burguti“, Izzat Sulton „Burgutning parvozi“.
  • 1966 yil-Izzat Sulton „Nomaʼlum kishi“, Sobir Abdulla „Gul va Navroʻz“, Chingiz Aytmatov „Momo yer“, Uygʻun „Parvona“.
  • 1967 yil-Alisher Navoiy „Dilorom“, Adham Rahmat „Abdulla Nabiyev“, Oʻtkir Rashid „Qudalar“, Qosimali Jontoʻshev „Moʻylovli qiz“.
  • 1968 yil-Abdulla Qodiriy „Mehrobdan chayon“, Anatoliy Safronov „Pazanda kuyovga chiqdi“, Mirzabek Toʻyboyev „Yangi kelin“, Bekniyozov, Ismoilov „Ikki oʻt orasida“, Abdugani Abdugafurov „Pushaymon“.
  • 1969 yil-Nikolay Gogol „Uylanish“, Hamid Gʻulom „Ajab savdolar“, Sharof Rashidov „Qudratli toʻlqin“, Mirzakalon Ismoiliy „Fargʻonada tong otguncha“.
  • 1970 yil-Toktobolot Abdumomunov „Yiqilgan toyganga kular“, Oʻrdubodiy „Besh soʻmlik kelin“, Shuhrat „Arzon kuyov“, D.Psafas „Yolgʻonchi darkor“.
  • 1971 yil-Ilovayskiy „Chanduning sarguzashtlari“, Guntekin „Hiylai sharʼiy“, Umarjon Ismoilov „Rustam“, Suorun Omollon „Tong oldidan“.
  • 1972 yil-Muxtorov „Shayton avlod“, Toktobolot Abdumomunov „Otabekning qizi“, Abdugani Abdugafurov „Baloyi nafs“. * 1973 yil-Abduqaxxor Mannonov „Hayotning boshlanishi“, Aleksandr Ostrovskiy „Momaqaldiroq“, Hamid Gʻulom „Toshbolta oshiq“, Saidmurodov „Togʻ goʻzali“.
  • 1974 yil-Abdugani Abdugafurov „Kuydirmagan kundosh“, Joʻra Mahmudov „Sohibjamol“, A.Tokombayev „Ashirboy“, Rixsi Orifjonov „Jazosiz jinoyat“, Said Ahmad „Kelinlar qoʻzgʻoloni“.
  • 1975 yil-Tursun Sobirov „Orzigul“, Nikolay Gogol „Revizor“, Umaroxunov „Uzoqdagi odam“, Xutayev „Koʻngli yosh qariyalar“, Ismoil Akram „Adolat“.
  • 1976 yil-Mehribon Nazarov „Doʻstim qoʻli“, T.Abdumomunov „Hech kimga aytma“, Boboxonov „Masxaraboz Ali“, Axmedov „Sirli sandiq“.
  • 1977 yil-Papayan „Toʻy oldidan toʻpolon“, Nasirdin Boytemirov „Urquya“, A.Abdugʻafurov „Otalar merosi“, Aali Tokombayev „Armonli jonivor“.

Bundan tashqari, teatr sahnasida koʻplab konsert dasturlarida ishtirok etgan.

Olgan mukofotlari

  • 2 darajali Vatan urushi ordeni (23-avgust 1943 yil)
  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (5-iyul 1974 yil)
  • Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorligʻi (10-fevral 1968 yil)
  • 9 besh yillik gʻolibi (28-yanvar 1976 yil)
  • Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi rayosatining faxriy yorligʻi (28-avgust 1974 yil)
  • Qirgʻiziston SSR Madaniyat vazirligi faxriy yorligʻi (1957 yil)
  • Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchisi sifatida koʻplab medallar.

Oilasi

  • Otasi — Rahmonberdi Madazimov (1875-1933) din arbobi.
  • Onasi — Bibixon (1884-1922) Oʻratepa shahrida tugʻilgan.
  • Rafiqasi: Oyimxon (1929—1997).
  • Farzandlari: Mamir Jurayev (1949), Anziratxon (1951—2015), Muyassarxon (1955), Sanjarbek hoji (1959—2012), Minuraxon (1962), Muazzamxon (1964), Anvarbek (1969—2004).
  • Jiyanlari: Azizullo Izzatullayev, Anvar Qosimov, xonanda Muhammadkarim Soipov
  • Oʻriboy Rahmonovning qarindoshlari: Xoʻjanazar Huvaydo, Habib Abdullayev
  • Qudalari tomonidan qarindoshlari: Sulton va Qudrat Toirboyevlar, Boltixoji Sultonov, Izzat Sulton, Muxtor Sultonov, Mamadali Qurbonov, Mahmud Qosimov, Alisher Otaboyev, Qodir Raxmatovich Parpiyev, Ziroathon (Oyxon) Hoshimova, Erkin Komilov, Murod Zaynobiddinovich Salohiddinov — „Oʻzikkilamchiranglimetall“ OHJ sobiq raisi, Ahmadjon Davidov — Oʻsh shahar ijroiya qoʻmitasi raisi.

Adabiyotlar

  1. Энциклопедия Ошской области, Раздел "Театральная жизнь". Фрунзе (Бишкек): Глав. ред. Киргизской сов. энциклопедии, 1987 110-bet.  BBK 92ya2. (rus.)
  2. Таджихон Хасанова: Нар. артистка Киргиз. ССР. Фрунзе: Киргизгосиздат, 1958.  −20 s.: il.; 20 sm.
  3. Журнал "Театр", выпуски 7-12. Москва: Искусство, 1964 169-bet. .
  4. "Ошский узбекский музыкальный драматический театр". Фрунзе: Кыргызстан, 1980 16, 23, 33, 35, 39-bet.  21 sm, BBK 85.4. (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
  5. "Видные сыновья Оша". Ош: Ошская областная типография, 2000 129-130-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan)(oʻzb.) i (rus.)
  6. "Ошский академический театр". Ош: "Азия Принт", 2010 6, 41, 45-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan)(oʻzb.)
  7. "Qirgʻiziston ravnaqi fidokorlari" энциклопедияси. Ош: "Ризван", 2017 30-bet.  (Archive.is saytida 2018-03-08 sanasida arxivlangan) UDK 351/354. BBK 66,3(2Ki). (oʻzb.), (rus.) i (qirgʻ.)
Yuqori