Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alisher Abdujalilovich Otaboyev (1947-yil 17-aprel Margʻilon shahrida tugʻilgan) – Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati ho

Alisher Otaboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Alisher va familiyasi Otaboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Alisher Otaboyev
Alisher Abdujalilovich Otaboyev
Fargʻona viloyati hokimi
Mansab davri
2000-yil 15-yanvar  2004-yil 15-oktyabr
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Avvalgisi Abduhoshim Abdullayev
Keyingisi Shermat Nurmatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 17-aprel 1947-yil
Margʻilon Oʻzbek SSR SSSR bayrogʻi SSSR
Vafoti 18-iyul 2016-yil(2016-07-18)
(69 yoshda)
Fargʻona
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Raʼno Mahmudovna Qosimova (Fargʻona shahrida tugʻilgan) – Fargʻona davlat dorilfununi iqtisodiyot kulliyoti dekani.
Bolalari Mahmud (1976), Sardor (1978)
Mukofotlari (2002), medallar va koʻplab fahriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Alisher Abdujalilovich Otaboyev (1947-yil 17-aprel Margʻilon shahrida tugʻilgan) – Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Hayot yoʻli

Alisher Otaboyev 1947-yil 17-aprel Margʻilon shahrida tugʻilgan. Fargʻona politexnika oliygoxini muhandis mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan.

2000-yil 15-yanvarda Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga uning nomzodini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov koʻrsatgan va Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan edi.

Viloyat hokimi vazifasiga tayinlanguncha 1997-yildan 15-yanvar 2000-yilgacha Fargʻona viloyati hokimining 1-oʻrinbosari, undan avval esa 1997-yilgacha Fargʻona shahar hokimi lavozimida ishlagan.

2000-yil oktyabrdan 2004-yilgacha 174-sonli Beshariq saylov okrugidan 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlib saylangan. Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan.

Sovet davrida Fargʻona mexanika zavodi bosh muhandisi soʻngra direktori lavozimida ishlagan.

Oʻzbekistonning Mustaqilligini 11-yilligi munosabati bilan Alisher Otaboev Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2002-yild 27-avgustagi Farmoniga asosan, Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi va Vatan uchun qilgan mehnatlari yuksak baholanib, „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Oilasi

Xotini – Raʼno Mahmudovna Qosimova. 2 ta oʻgʻli: Mahmud (1976), Sardor (1978) va nevaralari bor.

Mukofotlari

  • „El-yurt hurmati“ ordeni (Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 27 avgust 2002 yildagi Farmoni).
Yuqori