Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azimov Jaloliddin Azimovich (1938-yil, 3-oktyabr, Andijon) – zoolog, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), biologiya fanlari doktori (1986), professo

Jaloliddin Azimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Azimov Jaloliddin Azimovich (1938-yil, 3-oktyabr, Andijon) – zoolog, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), biologiya fanlari doktori (1986), professor (1988). Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini bitirgan (1958). Oʻzbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutida (1964–1969), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya institutida (1969–1978) katta ilmiy xodim, Respublika parrandachilik ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi direktorining oʻrinbosari (1978-1989), Toshkent Davlat Universiteti biologiya va tuproqshunoslik fakulteti professori (1989-1991), 1991-yildan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti direktori. Azimovning ilmiy ishlari Oʻzbekiston biogeotsenozlaridagi parazit organizmlar faunasi tarkibi, shakllanishi va biologik turli-tumanlik evolutsiyasiga bagʻishlangan. U parazit – xoʻjayin tizimi evolutsiyasi omillari, turli umurtqalilar endoparazitlarining rivojlanishi va faunistik komplekslarning paydo boʻlish qonuniyatlarini aniqlagan.

Yuqori