- Vikipediyada ismi Qilichbek va familiyasi Madaliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qilichbek Madaliyev | |
|---|---|
| Tavalludi | 1990-yil 17-yanvar |
| Kasbi | xonanda |
| Fuqaroligi | |
Qilichbek Madaliyev (1990-yil 17-yanvar, Oltiariq tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik xonanda. Oxunjon Madaliyevning oʻgʻli.
Hayoti
Qilichbek Madaliyev (1990-yil 17-yanvar; Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani) — oʻzbekistonlik honanda.
Ijodiy faoliyati
Musiqiy faoliyatini 2000-yillarning oʻrtalarida boshlagan. 2005-yilda 15 yoshida katta sahnaga chiqqan. Ilk qoʻshigʻi „Dadamning muxlislari“ boʻlib, bu asar orqali u otasiga boʻlgan hurmatini ifodalagan. Unga mashhurlik olib kelgan qoʻshiqlari orasida „Majnuntol“, „Menikisiz“, „Nilufar“, „Shohimardon togʻlari“, „Injigʻim“, „Befarq emasman“ singari asarlar bor.
Albomlari
- „Majnuntol“ (2008);
- „Menikisiz“ (2011);
- „Nilufar“ (2012);
- „Tasavvur“ (2014);
- „Oshiqligimni ayting“ (2016);
- „Jonli ijro“ (2018, 2020);
- „Shahnozaxon“ (2020);
- „Sogʻinib keldim“ (2023).
Konsert dasturlari
- „Oshiqligimni ayting“ (2016)
- „Xotira“ (2023);
- „Mehr“ (2024).
Shaxsiy hayoti
2015-yilda oʻzining bolalikdagi tanishi boʻlmish Mohira ismli qiz bilan turmush qurgan. 2017-yilda Maʼsuma ismli qiz farzandli boʻlgan. Jami 2 ta farzandi bor. Shaxsiy hayotini ommaga koʻp ochmaydi. Otasining ijodiy merosini hurmat qiladi va uni saqlashga harakat qiladi.
- 17-yanvarda tugʻilganlar
- 1990-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar