Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Issiqota tumani (qirgʻizcha: Ысык-Ата району) — Qirgʻiziston Respublikasining Chuy viloyatidagi tuman.

Issiq-Ota tumani

(dan yoʻnaltirildi)
Issiqota tumani
Ысык-Ата району
tuman
Tarkibida Chuy viloyati
Maʼmuriy markazi Qand
Asos solingan sanasi 1977
Aholi (2009) 132 759 kishi
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 47,5%
ruslar — 22,1%
dunganlar — 14,5%
turklar — 3,5%
uygʻurlar — 3,1%
ozarbayjonlar — 2,6%
oʻzbeklar 1,7%
Dinlar tarkibi musulmonlar, nasroniylar
Maydoni 3028 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Xaritada
Issiqota tumani xaritada
42°53′0″N 74°51′0″E / 42.88333°N 74.85000°E / 42.88333; 74.85000

Issiqota tumani (qirgʻizcha: Ысык-Ата району) — Qirgʻiziston Respublikasining Chuy viloyatidagi tuman.

Maʼmuriy markazi - Qand

Tarixi

Issiqota tumani 1977-yilda tashkil topgan. 1998-yilda Qand tumani bilan birlashgan.

Aholisi

MillatlarAholi soniTumandagi oʻrni
Qirgʻizlar6262047.2%
Ruslar2800021.1%
Dunganlar1922314.5%
Turklar46993.5%
Uygʻurlar40913.1%
Ozarbayjonlar34862.6%
Olmonlar15241.1%
Ukrainlar13431.0%
Qozoqlar13171.0%
Tatarlar10780.8%
Balgarlar6110.5%
Koreyslar5880.4%
Tojiklar3830.3%
Kurdlar3490.3%
Qorachoylar1820.1%
Bulgorlar1080.1%
boshqalar9500.7%

Geografiyasi

Milyanfan ovulidagi kanal

Tuman Chuy vohasining markaziy qismida joylashgan boʻlib, Shimolida Qozogʻiston Respublikasi, janubida Norin viloyatining Qoʻchqor tumani, gʻarbida Olamuddin tumani, sharqida Chuy tumani bilan tutashadi. Tuman hududi shimoldan janubgacha 65 kmga, gʻarbdan sharqgacha 44 kmga choʻzilgan. Bishkek shahridan 20 km sharq tomonda joylashgan. Maydoning koʻp qismi tekkislik va adirlar egallaydi, dengiz sathidan balandligi 1000–2000 m. Shimoliy qismini Qirgʻiz Olatogʻining shimoliy qismi va uning yon bagʻridagi adirlar egallaydi. Togʻli boʻlimini toʻyit qatorida, adirlari dehqonchilikda foydalaniladi.

Qirgʻiz Olatogʻining shimoliy qismida Issiqota darasi va boshqa voha-daralar oʻrin olgan. Shimoli-gʻarbdan shimoli-shaqgacha 50 kmga oraliqga choʻzilgan. Daralarning baland nuqtasi dengiz sathidan 4500 metr, pastki qismi qismi 1000 metr balandlikda joylashgan. Tumanning shimoliy qismini Chuy vohasi egallaydi. Kon boyliklaridan polimetal, qurulish materiallari, tosh tuz bor. Issiqota darasida mineralli issiq suv chiqadi. Iqlimi kontenental Yanvardagi oʻrtacha harorat –6°…–10 °C, iyulda 18–20 °C. Tuman hududidan Chuy daryosi va uning irmoqlari - Issiqota, Qizilsuv, Norus soylari va boshqa kichik daryolar oqib oʻtadi. Yillik yogʻingarchilik 300–600 mm. ni tashkil qiladi.

Aholi punktlari

Pervomay ovulidagi Yangi Masjid
  • Oq-Quduq ovul okrugi - Kirov   Oq-Quduq   Kotovskoy  Pervomayskoy  Xun-Chi
  • Birlik ovul okrugi - Birlik   Xun-Chi
  • Ivanov ovul okrugi - Ivanovka
  • Nurmanbet ovul okrugi - Nurmanbet   Pervomayskoy   Aliaskar
  • Jeek ovul okrugi -Dmitrevka   Gagarina   Jeek
  • Ken-Bulun ovul okrugi - Ken-Bulun   Gidrostroitel   Drujba   Choʻlpon
  • Internasionalniy ovul okrugi - Internasionalniy   Jar-Boshi
  • Issiqota ovul okrugi - Almaluu   Gornaya Serafimovka   Yoqori-Ichke-Suv   Ichke-Suv  Qaragʻay-Buloq   Norus   Tosh-Boshot   Toʻqqiz-Buloq   Uch-Emchek
  • Krasnorechenskiy ovul okrugi - Krasnaya Rechka
  • Logvinenko ovul okrugi - Novopokrovka   Choʻn-Dali
  • Qoʻchqorboyev ovul okrugi - Kengash  Budennovka  Dokturbek Kurmanaliyev
  • Luksemburg ovul okrugi - Luksemburg   Kirshelk
  • Milyafan ovul okrugi - Milyafan
  • Sin-Tosh ovul okrugi - Telman   Oq-Soy   Jetigen   Oʻtoʻgon   Rot-Front   Sovetskoy   Sintosh   Qizil-Ariq
  • Novopokrovka ovul okrugi - Novopokrovka   Leninskoy   Sariq-Joʻn
  • Yurevka ovul okrugi - Yurevka   Issiqota
  • Tuz ovul okrugi - Tuz   Dayirbek   Jayalma  Nijniy Serafimovka
  • Uzun-Qir ovul okrugi - Yer-Qazar   Drujba   Nijniy-Norus

Taniqli shaxslar

Yuqori