Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qoʻchqor tumani (qirgʻizcha: Кочкор району) — Qirgʻiziston Respublikasining Norin viloyatidagi tuman.

Qoʻchqor tumani

Qoʻchqor tumani
Кочкор району



tuman
Tarkibida Norin viloyati
Maʼmuriy markazi Qoʻchqor
Aholi (2009) 58 267 kishi
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 98,8%%
dunganlar — 0,5%
oʻzbeklar — 0,3%
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi 03537
Pochta indeksi 722640
Xaritada
Qoʻchqor tumani xaritada
42°13′0″N 75°45′0″E / 42.21667°N 75.75000°E / 42.21667; 75.75000

Qoʻchqor tumani (qirgʻizcha: Кочкор району) — Qirgʻiziston Respublikasining Norin viloyatidagi tuman.

Maʼmuriy markazi - Qoʻchqor qishlogʻi.

Geografiyasi

Qoʻchqor tumani Norin viloyatining shimoli-sharqiy tomonida joylashgan. Shimolidan Qirgʻiziston Respublikasining Chuy viloyati, sharqida - Issiq-Koʻl viloyati bilan tutashgan. Janubida Xitoy Xalq Respublikasi bilan tutashgan. Maydoni 6300 km2

Aholisi

2009-yilgi Qirgʻiziston xalqini roʻyxatga olish boshqarmasining maʼ lumotiga loyiq, tumanda 58247 kishi istiqomat qiladi, ulardan qirgʻizlar 57582 nafar (98,8%), dunganlar 299 nafar (0,5%), oʻzbeklar 146 nafar (0,3%).

Hududiy boʻlinishi

Qoʻchqor tumani tarkibiga 11 ovul okrugi kiradi:

  • Oq-Qiya ovul okrugi — markazi Qora-Suv qishlogʻi. Yangi-Yoʻl
  • Qora-Suv ovul okrugi — markazi Mantish qishlogʻi. Oq-Tola, Qora-Moʻnoq,Qizil-Tepa,Oʻrtoq.
  • Qoʻchqor ovul okrugi — markazi Qoʻchqor qishlogʻi. Bolshevik, Tenglik.
  • Qum-Tepa ovul okrugi — markazi Qum-Tepa qishlogʻi. Oq-Jar, Bugʻuchu, Shamshi.
  • Qoʻsh-Tepa ovul okrugi — markazi Qora-Soz qishlogʻi. Qora-Kungay.
  • Sariq-Buloq ovul okrugi — markazi Oq-Qiya qishlogʻi. Sariq-Buloq.
  • Semiz-Bel ovul okrugi — markazi Qora-Togʻ qishlogʻi. Arsi, Semiz-Bel, Chekildek.
  • Tola-Buloq ovul okrugi — markazi Den-Alish qishlogʻi. Komsomol.
  • Koʻk-Jar ovul okrugi — markazi Koʻk-Jar qishlogʻi.
  • Choʻlpon ovul okrugi — markazi Choʻlpon qishlogʻi. Ora-Koʻl, Osoaviaxim, Tuz, Epkin
  • Soʻn-Koʻl ovul okrugi — markazi Telek qishlogʻi.

Taniqli shaxslar

Yuqori