Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Suvyorgan madaniyati – Xorazm vohasining choʻl zonasiga oid jez davri arxeologik madaniyati (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi – 1ming yillik boshlari). Amudary

Suvyorgan madaniyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Suvyorgan madaniyati
Manzilgoh Orolboʻyi hududlari, Qoraqalpogʻiston
Turi Aholi punkti
Tarix
Material Xom gʻisht
Tashkil etilgan Mil.avv. 2000—1000-yillar
Makon qaydlari
Arxeologlar Sergey Tolstov
Yahyo Gʻulomov
M.Itina

Suvyorgan madaniyati – Xorazm vohasining choʻl zonasiga oid jez davri arxeologik madaniyati (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi – 1ming yillik boshlari). Amudaryoning kad. deltasi oʻng tomondagi choʻl ichiga yorib kirgani uchun Suvyorgan nomi bilan atalgan. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi (S. P. Tolstov, Ya. Gʻulomov, M. A. Itina va boshqalar) tomonidan tadqiq etilgan (1945—46). Suvyorgan madaniyati qabilalari, S. P. Tolstovning fikricha, Oʻrta Osiyoning Janubi Gʻarbiy viloyatlaridan Xorazmga kelgan yangi etnik guruh boʻlib, ularning moddiy madaniyati Janubning oʻtroq dehqonchilik madaniyatiga oʻxshash boʻlgan. Suvyorgan madaniyati oʻz taraqqiyotida 3 bosqichni (Qamishli, Bozorqalʼa, Qovunchi) bosib utgan.

Stanislav Grigoriyev maʼlumotiga koʻra (2016), Suvyorgan madaniyati Xorazm hududi boʻlgan Orolda, Oqchadaryo (Amudaryo deltasi) yaqinida eramizdan avvalgi 2500–2000-yillarda yashagan. Suvyorgan madaniyatiga oid uylar va turar-joylar katta maydonni egallaydi, asosan daryolar boʻyida joylashgan.

Tavsifi

Suvyorgan sopollarining shakli Tozabogʻyob madaniyatida uchramaydi. Ular och qizil rang bilan pardozlangan. Bu manzara janubiy hudud qabilalarining Namozgoh VI madaniyatiga xosdir. Ammo, Suvyorgan sopoli janubning kulolchilik charxida yasalgan idishlariga oʻxshamaydi. Suvyorgan madaniyatiga oid sopol idishlar yaxshi pishirilib, sirti qizilga boʻyalgan, sirtiga toʻq qizil rang gul solingan sopol parchalari, tosh yorgʻuchoklar va dehqonchilik qurollari ham uchraydi. Ammo sopollarning sirti Janubning qadimiy dehqonchilik qabilalarining sopol buyumlaridan farq qilib, asosan, toʻrsimon chizma naqsh va sxematik boshoq tasviri bilan bezatilgan. Bu topilmalar mil. av. 2 ming yillikning oʻrtalarida Oʻrta Osiyo qabilalarining yirik koʻchishlaridan dalolat beradi. Janubiy va Janubi Sharqiy yoʻnalishlardagi 2 yirik koʻchish mil. av. 2 ming yillikning oxiri – 1 ming yillikning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu bosqichda Suvyorgan madaniyati jamoalari boʻlgan qabilalar ham faol ishtirok etgan. Arxeologik topilmalar ushbu shimolda chorvador qabilalarning Oʻzboy, Atrek, Tajan, Murgʻob, Amudaryo va Sirdaryo irmoqlari boʻylab harakat qilganliklarini koʻrsatadi. Mil. av. 1 ming yillikning boshlariga kelib, Suvyorgan madaniyati oʻrniga Amirobod madaniyati paydo boʻlgan. Suvyorgan madaniyati yodgorliklari 1945—1946-yillarda Jonbos-6 qarorgohining ochilishi bilan oʻrganila boshlandi.

Bosqichlar

Kaltaminordan keyingi madaniyat

Asosiy faoliyat – ovchilik va baliq ovlash. Turar joylar – ustunli qurilishga asoslangan. Oʻq uchlari, pichoqlar, chaqmoqtosh va kvarsdan yasalgan qirgʻichlar topilgan. Tekis taglikli sopol idishlar yasaganlar.

Qamishli madaniyati

Asosiy faoliyat – sugʻorma dehqonchilik. Qamishli madaniyati tarixan Turkmaniston hududiga (Anov arxeologik madaniyati) va Eron platosiga bogʻlangan.

Kaunda madaniyat

Asosiy faoliyat – chorvachilik. Bronza oʻroqlar va qirrali pichoqlar topilgan. Sopol idishlar pishirilgan va ehtiyotkorlik bilan relyef bezaklari bilan ishlov berilgan. 250 × 150 m (Kaunda-1) katta turar-joylar bilan tavsiflanadi. Asboblar tosh va bronzadan yasalgan. Turar joylar – toʻrtburchak shakldagi kulbalar. Tozabogʻyob arxeologik madaniyati aholisi bilan chambarchas bogʻliq.

Etnik kelib chiqishi

1. Suvyorgan madaniyatining Kaltaminordan keyingi bosqichi, baʼzi tadqiqotchilar mahalliy fin-ugro komponenti bilan bogʻlaydi.

2. Qamishli bosqichi miloddan avvalgi II ming yillikda Xurrit-mitanni qabilalarining Eron platosidan Orolboʻyiga koʻchishi bilan bogʻliq.

3. Suvyorgan madaniyatining soʻnggi – Kaunda bosqichi Suvyorgan madaniyati aholisining hind-eron qabilalari (Tozabogʻyop madaniyati) bilan madaniy va etnik aloqasi natijasidir.

Antropologik turlar

Suvyorgan madaniyatidan aholining asosiy antropologik turi – hind-dravid, soʻnggi Kaunda bosqichida Andronovo qabilalariga xos boʻlgan kichik Sharqiy Oʻrta yer dengizi antropologik tipiga ega.

Arxeologik turar-joylar

Qamishli madaniyati, Jonbos-6 Koʻkcha-2, Bozor-2, Kaunda-1 va boshqalar.

Adabiyotlar

  • Tolstov S. P., Drevniy Xorezm, M., 1948; Kddimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Gʻulomov Ya. Gʻ., Xorazmning sugʻorilish tarixi, T., 1959.




Yuqori