- Vikipediyada ismi Islom va familiyasi Toʻxtaxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Islom Saidkamolivich Toʻxtaxoʻjayev | ||
| Tavallud sanasi | 1989-yil 30-oktyabr | ||
| Tavallud joyi | Quva tumaniFargʻona, Oʻzbek SSR | ||
| Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Andijon | ||
| Raqami | 20 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Neftchi | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2009—2011 | Neftchi | 59 | (3) |
| 2012—2019 | Lokomotiv | 191 | (19) |
| 2020 | Liaoning Shenyang | 12 | (2) |
| 2021—2022 | Qizilqum | 38 | (0) |
| 2022—2023 | Al-Garafa | 27 | (1) |
| 2023—2025 | OKMK | 51 | (3) |
| 2026— | Andijon | 7 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2007—2009 | Oʻzbekiston U20 | 15 | (2) |
| 2009—2012 | Oʻzbekiston U23 | 10 | (0) |
| 2009—2025 | Oʻzbekiston | 78 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2026-yil 18-aprel uchun) | |||
Islom Toʻxtaxoʻjayev (1989-yili 3-oktabrda Fargʻona shahrida tavallud topgan) – oʻzbekistonlik futbolchi. Andijonning „Andijon“ klubida himoyachi ampulasida oʻynaydi. Oʻzbekiston miliiy terma jamoasi tarkibida oʻynagan va 4 ta jahon chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan.
Faoliyati
Neftchi Fargʻona
Islom Toʻxtaxoʻjayev professional futboldagi ilk faoliyatini 2009-yili, tugʻilib oʻsgan shahri Fargʻonaning Neftchi futbol klubida boshlagan. Islomning potensiali yuqoriligi tufayli „Neftchi“ klubining asosiy tarkibiga jalb qilinishidan avval Oʻzbekiston Terma jamoasi safiga Mirjalol Qosimov tarafidan taklif etilgan. Neftchilar safida u to 2011-yilgacha toʻp sudi va shu mavsum oraligʻida 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini jaʼmi 3 marta ishgʻol qilgan.
Lokomotiv Toshkent
U 2012-yili Toshkentning „Lokomotiv“ futbol klubi bilan shartnoma imzaoladi. Temiryoʻlchilar safida 8 mavsum harakat qilgan Islom, „Lokomotiv“ klubini himoya qoʻrgʻonini haqiqiy mustahkam qoʻrgʻoniga aylandi. Jamoa bilan Oʻzbekiston Superligasi chempionligi, Oʻzbekiston Kubogi sohibi, Oʻzbekiston Superkubogi sohibi boʻldi va bir necha yil Osiyo chempionlar ligasida jamoa sharafini munosib himoya qildi. Toʻxtaxoʻjayev „Lokomotiv“ klubida Milliy chemoinat oʻyinlarida 191 oʻyinda 19 ta gol muallifi boʻldi.
Liaoning Shenyang Urban
2020-yil mavsum boshida Xitoy Superligasi vakili „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnoma imzoladi va faoliyatida ilk bor legionerga aylandi. Xitoyliklar safida 12 uchrashuvda ishtirok etdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi ammo 2020-yilgi Xitoydagi „Koronavirus“ kasalligi tufayli klub bilan hamkorlikni davom ettirmadi.
Qizilqum
2021-yilgi mavsum avvalida „Liaoning Shenyang Urban“ klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan soʻng Navoiyning „Qizilqum“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir yarim mavsum davomida „Oltin qazuvchilar“ safida 40 dan ortiq uchrashivda ishtirok etdi va jamoning asosiy futbolchilaridan biri boʻldi.
Al-Garafa
2022-yilning 25-iyunidan Qatarning „Al-Garafa“ klubida oʻynamoqda.
Klub faoliyatidagi statistikasi
2025-yil 30-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Liga | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Neftchi Fargʻona | 2009 | Oʻzbekiston Oliy ligasi | 20 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 20 | 1 | |
| 2010 | 22 | 0 | 2 | 0 | — | — | 24 | 0 | ||||
| 2011 | 17 | 2 | 3 | 0 | — | — | 20 | 2 | ||||
| Umumiy | 59 | 3 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 64 | 3 | ||
| Lokomotiv Toshkent | 2012 | Oʻzbekiston Oliy ligasi | 23 | 3 | 4 | 0 | — | — | 27 | 3 | ||
| 2013 | 26 | 5 | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 31 | 5 | |||
| 2014 | 23 | 1 | 5 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 29 | 1 | ||
| 2015 | 24 | 2 | 6 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 35 | 2 | ||
| 2016 | 21 | 2 | 3 | 0 | 10 | 1 | — | 34 | 3 | |||
| 2017 | 22 | 1 | 4 | 0 | 6 | 0 | — | 32 | 1 | |||
| 2018 | Oʻzbekiston Superligasi | 28 | 0 | 2 | 1 | 6 | 1 | — | 36 | 2 | ||
| 2019 | 24 | 5 | 1 | 0 | 5 | 1 | 1 | 0 | 31 | 6 | ||
| Umumiy | 191 | 19 | 29 | 1 | 33 | 3 | 2 | 0 | 255 | 23 | ||
| Liaoning Shenyang Urban | 2020 | Xitoy Superligasi | 12 | 2 | — | — | — | 12 | 2 | |||
| Qizilqum | 2021 | Oʻzbekiston Superligasi | 25 | 0 | 4 | 1 | — | — | 29 | 1 | ||
| 2022 | 13 | 0 | 3 | 0 | — | — | 16 | 0 | ||||
| Al-Garafa | 2022/23 | Qatar yulduzlar ligasi | 21 | 1 | 2 | 0 | — | 4 | 0 | 27 | 1 | |
| Umumiy | 71 | 3 | 9 | 1 | — | 4 | 0 | 84 | 4 | |||
| OKMK | 2023 | Oʻzbekiston Superligasi | 10 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | — | 19 | 0 | |
| 2024 | 16 | 1 | 3 | 1 | — | — | 19 | 2 | ||||
| 2025 | 25 | 2 | 3 | 0 | — | — | 28 | 2 | ||||
| Umumiy | 51 | 3 | 9 | 1 | 6 | 0 | — | 66 | 4 | |||
| Umumiy faoliyati | 372 | 28 | 52 | 3 | 39 | 3 | 6 | 0 | 469 | 34 | ||
Terma jamoadagi faoliyati
Islom oʻzbekistonlik yoshlar terma jamoasida ham ishtirok etgan, oʻz mamlakatini 19 yoshgacha boʻlgan yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan barcha bosqichlarda himoya qilgan. U shuningdek, kattalar terma jamoasida ham ishtirok etgan. Islom Toʻxtaxoʻjayev terma jamoadagi ilk debyut oʻyinini 2009-yili 28-yanvarda BAA milliy terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda boshlagan.
Terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Islom Toʻxtaxoʻjayevni 2015-yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga qatnashish uchun terma jamoa safiga chaqirdi va ushbu turnirning guruh bosqichida u bitta Xitoy terma jamoasiga qarshi kechgan oʻyinda qatnashdi.
Milliy terma jamoa uchun gollar
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2015-yil 31-mart | Ajinomoto Stadium, Chōfu, Yaponiya | 1–3 | 1–5 | Oʻrtoqlik uchrashuvi | |
| 2. | 2019-yil 10-oktabr | Paxtakor markaziy stadioni, Toshkent, Oʻzbekiston | 4-0 | 5-0 | 2022-yilgi jahon chempionati saralashi |
Yutuqlari
- Lokomotiv tarkibida
Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2016, 2017, 2018
Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2013, 2014, 2015
Oʻzbekiston kubogi gʻolibi: 2014, 2016, 2017
Oʻzbekiston super kubogi finalisti: 2014
Oʻzbekiston super kubogi gʻolibi: 2015, 2019
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
- 30-oktyabrda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Quva tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Fargʻona sport kishilari
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol himoyachilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Liaoning Tieren F.C. futbolchilari
- Al-Gharafa SC futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Qatardagi muhojir erkak futbolchilar
- Xitoydagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari
- Osiyo oʻyinlari 2010 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2015 futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Qatar Yulduzlar Ligasi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Xitoy Birinchi ligasi futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- „Oʻzbekiston iftixori“ unvoni bilan taqdirlanganlar